Platformaga yillik va choraklik sotib olish jadvallarini joylashtirish
Download 138.27 Kb.
|
DAVLAT XARIDINI ELEKTRON TIZIMINI ISHLAB CHIQISH STRATEGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat xaridini elektron tizimini ishlab chiqish orqali Davlat xaridlari tizmidagi yana qanday kamchiliklarni bartaraf qilish mumkin
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI 6MM-20 GURUH TALABASI ABDUSALOMOV SAMARIDDINNING MOLIYA FANIDAN DAVLAT XARIDINI ELEKTRON TIZIMINI ISHLAB CHIQISH STRATEGIYALARI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN KEYS STADY DENOV 2023 Elektron davlat xaridlar bu- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xaridlari subyektlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish shakllaridan biri. Davlat xaridlarini elektron amalga oshirish mumkin, bunda: -Platformaga yillik va choraklik sotib olish jadvallarini joylashtirish; -Xaridlar to’g’risida e’lonlarni joylashtirish; -Buyurtmachilar va ishtirokchilar tomonidan ularning xaridlarda ishtirok etishini ta’minlovchi avans to’lovlarini kiritish. Platformada joylashtirilgan xaridlar jadvali quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak: -Xarid mavzusi; -Xarid qilish oyi; -Mijozning nomi va manzili; -Sotib olish predmetini moliyalashtirish manbalari; -Joy, tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish shartlari. Savdo o’tkazish to’g’risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar ko’zda tutilishi kerak: byudjetdan mablag’ oluvchining nomi va manzili; mablag’ bilan ta’minlanish manbai; tovarni etkazib berish shartlari va mo’ljallangan yetkazib berishni bajarish muddatlari; sotib olinadigan tovarni eng yuqori narxi (elektron savdolardan tashqari hollarda - ixtiyoriy tarzda); savdo takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati; savdo predmetining xarakteristikasi (spetsifikatsiyasi); tovarlarni etkazib berish joyi (manzili). Byudjetdan mablag’ oluvchi savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon matnini hamda savdo (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish savdolarini o’tkazishda) maqsadi bo’yicha hujjatlarni (loyiha-smeta hujjatlari va boshqalar) maxsus axborot portaliga mustaqil ravishda joylashtirish huquqiga ega. Byudjetdan mablag’ oluvchilar savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon matnini maxsus axborot portaliga mustaqil joylashtirish uchun O’zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi va uning hududiy bo’limlaridan (brokerlardan) o’rnatilgan tartibda login va parollarni olishlari lozim. Elektron do'konda joylashtirilgan taklifida ishtirokchi quyidagilarni bildiradi: -taklif etilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)nomi; -Sotish narxi; -tovarlarning maksimal va minimal partiyasi; -tovar belgisi, tovarlarning texnik parametrlari (texnik pasport yoki boshqa hujjat asosida); -mahsulot fotosurati; -tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beriladigan mintaqa (shahar yoki tuman); -ishlab chiqaruvchi va mahsulot ishlab chiqarilgan mamlakat haqida ma'lumot; -kafolat shartlari va muddati haqida ma'lumot; -mahsulot ishlab chiqarilgan yil; -mahsulotning yaroqlilik muddati; -ish, xizmat ko'rsatish muddati; -litsenziya, ruxsat beruvchi hujjat yoki sertifikat mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlar (agar kerak bo'lsa). Bugungi kunda elektron davlat xaridlaridan har bir mamlakat foydalanib kelmoqda. Bunda bir qator qulayliklar mavjud. Elektron davlat xaridlari korrupsiyaning oldini olish uchun mos vosita hisoblanadi, chunki u tender jarayonlarini kuzatishni osonlashtiradi. Elektron xaridda xatolar ham kam bo’ladi. Ya’ni bunda ma’lum platforma yaratilgan bo’lib xaridlar ushbu platforma orqali amalga oshiriladi. Davlat xaridini elektron tizimini ishlab chiqish orqali Davlat xaridlari tizmidagi yana qanday kamchiliklarni bartaraf qilish mumkin? -Tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish - Jarayonlarni elektron avtomatlashtirish qo'lda ishlov beriladigan xaridlarning turli bosqichlarini almashtirishi kerak. Bu ish haqi xarajatlarini, bosib chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi va pudratchi va etkazib beruvchi uchun aloqani ancha osonlashtirishi mumkin. - Korruptsiyani nazorat qilish - Elektron xaridlar korrupsiyani oldini olish uchun mos vosita hisoblanadi, chunki u tender jarayonini kuzatishni osonlashtirishi mumkin. Elektron vositalar, shuningdek, odamlar tomonidan qilingan xatolar yoki xatolar miqdorini kamaytiradi deb hisoblashadi. -Kirish uchun to'siqlar kamaytirish – kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining ham savdo jarayonlariga ishtiroki uchun to’siqlarning bo’lmasligi. Bu, shuningdek, tenderda takliflar miqdorini oshiradigan muhim omil hisoblanadi. - Download 138.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling