Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi


Magistrlik dissertatsiyasining metodologik asosi


Download 92.76 Kb.
bet3/8
Sana20.08.2023
Hajmi92.76 Kb.
#1668726
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Лексикографик манбалар 1 ва 2 боблар

Magistrlik dissertatsiyasining metodologik asosi. Mazkur tadqiqot ishida induktiv, statistik va tahlil metodlaridan foydalanildi. “O‘zbek tili izohli lug‘atining ikki jildlik (1980) va besh jildlik (2006) nashrlaridagi qisqartma so‘zlar (abbreviatura), qisman jonli tilimizdan va ular ishtirokida matn misollar to‘planilib, ular morfologik hamda semantik jihatdan tahlil qilindi. Qisqartma so‘zlar (abbreviatura)ni topish, yig‘ish, klassifikatsiya qilish ishlarida tilshunoslikda shu paytgacha bajarilgan nazariy ma’lumotlarga asoslanildi. Ushbu masalaga deduktiv yondashildi hamda yig‘ilgan qisqartma so‘zlar (abbreviatura)ning morfologik, sintaktik va semantik tahlilida induktiv metoddan foydalanildi, oddiydan murakkab tomon borildi, xususiylikdan umumiylikka o‘tildi, amaliy misollarga tayanildi va shaxsiy(nazariy) fikr-mulohazalar bildirildi.
Magistrlik dissertatsiyasining yangiligi: Ishdagi asosiy yangilik milliy tilimizning lug‘at tizimi tarkibiy qismlaridan bo‘lgan qisqartma so‘zlar (abbreviatura)ning qo‘llanish masalalariga dunyo tilshunosligi nuqtai nazaridan turib va ular ta’limotini dasturulamal qilingan holda nazariy ta’limotlarni yanada oydinlashtirish hamda iloji boricha, imkon qadar konkretlashtirishga harakat qilindi. Mazkur magistrlik dissertatsiyasida qisqartma so‘zlar (abbreviatura) haqida nafaqat ilmiy ma’lumotlar berildi, balki ular tilimizning ifoda qudratini oshiruvchi muhim leksikologik vosita ekanligi konkret misollar asosida talqin qilindi. Olingan ma’lumotlar qisqartma so‘zlar (abbreviatura) mohiyati haqidagi bilimlarni kengaytirishga imkon beradi. Oʻzbek tilini oʻqitish amaliyotida qisqartma so‘zlar (abbreviatura) boʻyicha darslik va oʻquv qoʻllanmalarni yaratish, ma’ruza va seminar mashgʻulotlarini olib borish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishlarini bajarish, shuningdek, talabalar bilan oʻtkaziladigan darsdan tashqari ishlarda va toʻgaraklarda foydalanilishi mumkin. Dissertatsiyani yozish jarayonida o‘qish mobaynida olgan bilimlarimizning natijalarini ilmiy ravishda aks ettirdik. Tanlangan mavzu bo‘yicha muammolar ko‘rsatildi, uning yechimlari tahlil qilindi.

Download 92.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling