Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi


Download 92.76 Kb.
bet1/8
Sana20.08.2023
Hajmi92.76 Kb.
#1668726
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Лексикографик манбалар 1 ва 2 боблар




Leksikografik manbalarda qisqartmalarning amaliy ahamiyati


MAVZUSIDAGI


MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI
Bajardi:
Ilmiy rahbar:
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………….
I BOB. QISQARTMALARNING PAYDO BO‘LISHI VA QO‘LLANILISH AHAMIYATI
1.1-§. Jahon tilshunosligida qisqartmalarning shakllanish asoslari va rivojlanish omillari………………………………………………………………………………
1.2-§. O‘zbek tilshunosligida qisqartmalarning yuzaga kelishi, qo’llanilish o’rinlari
II BOB. O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATIDA QISQARTMALAR TALQINI……………………………………………………………………………
2.1-§. O‘zbek tili izohli lug‘atlarida qisqartmalarning qo’llanilish o’rni va ularning leksikografik xususiyatlari …………………………………………………………..
2.2-§. Ona-tili darslarida qisqartmalarni o’rgatishning ilmiy amaliyahamiyati ………...….
III BOB. MATNDA QISQARTMALARNING O‘RNI VA AHAMIYAT……
3.1-§. Turli kasb hunarlarni o’qitish jarayonida qo’llaniladigan qisqartmalarning o’rni ………………………………………………………………………………
3.2-§.Ilmiy, rasmiy va publisistik matnlarda qisqartmalarning qo’llanilish zarurati va o’rinlari xususida ……………………………………………………………………
UMUMIY XULOSA……………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ......................................


KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan O‘zbekiston yoshlаri, umumаn, ilm-fаn sоhаsi хоdimlаri, оlimlаri taraqqiy topgan davlatlar ilmiy jamoatchiligining e’tibor markazida turgan, eng ilg‘or, istiqbolli ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarini yurtimizda rivojlantirishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va oliy o‘quv yurtlari tarkibida yangi laboratoriyalarni tashkil qilish, ularning rivojlangan mamlakatlardagi ilm-fan markazlari bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatishi zаrurligi muhim vazifa sifatida belgilanmoqda. Yuqori malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini barpo etish sirategiyasi hamda asosiy yo‘nalishlarini, uning komponentlari: shaxs, jamiyat va davlat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishning vazifalarini hal etish masalalariga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda. Eng muhimi, jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ladigan, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yuksak bo‘lgan yosh avlodni voyaga yetkazishga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi1. Bu esa o‘z navbatida, yangi Oʻzbekistonning barcha sohalarida yangicha yondashuv va me’zonlarning ishlab chiqilishiga xizmat qilmoqda. Mana shunday dolzarb vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda xorijiy tillarni oʻrganish bilan bir qatorda, tilshunoslikni, xususan, o‘zbek tilini tub mohiyatini o‘rganish ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Jahondagi eng qadimiy hamda eng boy tillardan biri hisoblangan o‘zbek tili milliy davlatchiligimizning timsoli, xalqimizning bebaho maʼnaviy boyligi, buyuk qadriyatidir. Ona tilimizning go‘zalligini, latofatini, jozibasini hamda taʼsir kuchini o‘zbek ayoli tomonidan xonish qilingan allalarda, bir necha ming yillar davomida sayqallanib, rivojlanib kelgan dostonlarimizda, milliy maqomlarimizda, baxshilarning sehrli qo‘shiqlarida yaqqol aks etib turadi. Ona tilimizda, ya’ni o‘zbek tilida adabiyotimizning eng yirik namoyondalari Rabg‘uziy2, Yusuf Xos Hojib3, Mahmud Qoshg‘ariy4 asarlar yaratishgan. Ushbu asarlari orqali til tarixi bayon etilgan va ta’riflangan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy5 bir qator dek bebaho va shoh asarni yozib, so‘z mulkining sultoniga aylangan.
O‘zbek tilini o‘rganish, o‘rganganda ham jahon andozalariga mos ravishda o‘rganish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanlini qayd etish lozimdir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda yurtdoshlarimizni, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘zbek tiliga o‘qitish, uning tarixini mukammal darajada o‘rgatish umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim vazifaga aylangan.
Shu bois, milliy tilimizni rivojlantirish borasida Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qator farmon va qarorlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori shular jumlasidandir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyundagi 118-son yig‘ilish bayoniga asosan, o‘zbek tilini targ‘ib qiluvchi ijodiy izlanishlarni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” respublika tanlovining o‘tkazishni belgilangan.
Endi shu o‘rinda, har bir maqsad va unga erishish uchun qilingan har bir ish muayyan mavzuga asoslanishini ham qayd etishimiz joizdir. Magistrlik dissertatsiyasida qisqartma so‘zlar (abbreviatura) ularning qo‘llanilish o‘rni va semantik jihatlari tadqiq qilingani tilimiz uchun hali yangilik kasb etishiga ham bevosita aloqador ish hisoblanadi. Chunki qisqartma so‘zlar (abbreviatura) yoki so‘z birikmalarining kundalik hayotning barcha sohalarini qamrayotganligini uchratish oddiy holga aylanib bormoqda. Agar ushbu yo‘nalish bo‘yicha turli tadqiqotlar amalga oshirilsa, uning qanchalik hozirgi globallashuv jarayonida rivojlanayotganini, dunyoda keng tarqalgan tillarda jadal qo‘llanilayotganligi, ayniqsa, yangi texnologiyalardagi qisqartma atamalarining kirib kelishi, mahalliy tillar tomonidan o‘zlashtirilishini kuzatish mumkin. Mazkur tadqiqot ishimizda bularning barchasini o‘rganishga harakat qilganmiz.

Download 92.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling