Ma’vzusini o`rganishda interfaol usullardan foydalanish


Download 94.18 Kb.
bet3/6
Sana15.03.2023
Hajmi94.18 Kb.
#1268963
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rovshan kurs ishi

1-shakl. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida ‘edagogik texnologiyalarni qo‘llash zaruriyatining mohiyati.
Demak, ‘edagogik texnologiyalarning markaziy muammosi – talaba shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, «‘edagogik texnologiyalar» fanining asosiy maqsadi – kasb ta’limi (ma’naviyat va g’oya-’edagog) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni fanni o‘rganishda qo‘llanadigan ta’lim-ning zamonaviy texnologiyalari bilan tanishtirish va kelajakda o‘z faoliyat-larida interaktiv usullar qo‘llashni o‘rgatishdir.
‘edagogik texnologiyalarning vazifalari – ‘edagog-o‘qituvchilarni zamonaviy ‘edagogik texnologiyalarning mohiyatidan xabardor qilish hamda ularni maxsus fanlar asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘u-lotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etishga, ta’lim jarayonini mukammal modul asosida loyihalashga erishish, ta’lim jarayonini loyi-halash texnologiyasidan oqilona foydalana olish ko‘nikma va malakalari-ga ega bo‘lishga, ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning ‘uxta, chuqur o‘zlashtirilishi va ularda amaliy ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lishining kafolati bo‘la olishga o‘rgatishdan iborat.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy ‘edagogik texnologiyalarni kiritish va ularni qo‘llashda quyidagi vazifalar belgilanadi va hal etiladi:

  • pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy ‘edagogik texnologiya asoslari bilan tanishtirish –ma’ruza, adabiyotlar tavsiya etish;

  • zamonaviy ‘edagogik texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi fidoyi o‘qituvchilarnianiqlash. Ular orqali ‘edagog-o‘qituvchilarga za-monaviy ‘edagogik texnologiyalarni qo‘llashdan ko‘zda tutilgan maq-sadni, uning mohiyatini yetkazish;

  • zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida ishlamoqchi bo‘lgan ‘eda-gog-o‘qituvchilarnizamonaviy ‘edagogik texnologiyalar qo‘llash jarayoni-ga tayyorlash yuzasidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish: ta’lim (tarbiya) jarayonining umumiy, yaxlit loyihasini ishlab chiqish, ta’lim (tar-biya) jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan aniq maqsad va vazifalarni belgi-lash, ta’lim (tarbiya) jarayoni mohiyatini bashoratlash (taxmin qilish) va uning samaradorligini ta’minlashga yordam beruvchi eng samarali, maqbul shakl, usul hamda texnik vositalarni tanlash, ta’lim jarayonida talabaning er-kin, mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish, ularda ma’lum ko‘nikma hamda malakalarning shakllanishi uchun vaqt o‘rnini belgilash, ularning bilimlari darajasini avvaldan tashxislash, talabalar faoliyatini yo‘naltirish, nazorat qilish hamda baholashni tashkil etish bilan bog‘liq individual maslahatlar berish, seminarlar, treninglar, ko‘rgazmali darslar tashkil etish;

  • zamonaviy ‘edagogik texnologiyalar asosida ishlovchi ‘edagog-o‘qituvchilarning ta’limjarayonini tashkil etishga ijodiy yondashuvi sa-maradorligini baholashning ishonarliligini ta’minlash uchun uning moni-toringini olib borish, kuzatuv va tahlillar o‘tkazish, metodik yordamlar ko‘rsatish va ularning hisobotlarini eshitib borish;

  • zamonaviy ‘edagogik texnologiyalar asosida ishlovchi ‘edagog-o‘qituvchilar tomonidan ishlabchiqilgan ‘edagogik texnologiya loyihasini mashg‘ulotlar jarayonida sinash, maqsadning natijalanganlik darajasini tah-lil etish va zamonaviy ‘edagogik texnologiyalar bo‘yicha ishlashning af-zalliklarini innovator o‘qituvchilarni kafedra yig‘ilishlaridagi ilmiy-uslubiy seminarlarda, oliy o‘quv yurtlari ilmiy kengashlarida chiqishlarini tashkil etib, ‘edagogik jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;

  • oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan zamonaviy ‘edagogik texnologiyalar bo‘yichaishlovchi innovatsion (‘edagogik texnologiya) markazlar zarur didaktik va metodik materiallar, texnika vositalari bilan ta’minlanishi zarur;

  • pedagogik texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish bo-rasidagi nazariy va amaliybilimlarga ega bo‘lgan ilg‘or ‘edagog-o‘qituv-chilardan innovator pedagogik jamoani shakllantirish va h.k.

Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muayyan samaradorlikka erishish bilan bir qatorda barkamol shaxs va raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tarbiyalashga imkon beradi.
«Pedagogik texnologiyalarning» boshqa fanlar bilan munosabatlari. «Pedagogik texnologiyalar» ta’lim-tarbiya sohasida sifat ko‘rsatkichiga va yuksak samaradorlikka erishish, o‘quv jarayonini takomillashtirish maqsadidan kelib chiqib, ijtimoiy-gumanitar fanlar majmuyi falsafa, ‘e-dagogika, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ‘sixologiya, tarix, huquqshunos-lik, etno’edagogika, ‘edagogika tarixi, ‘edagogika ‘edagogika, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, kibernetika hamda ‘edagogika nazariyasi va amaliyotining barcha sohalari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan o‘qitish shakl-lari, usullari, vositalari bilan fanlararo o‘zaro birikib, yagona majmua tarzida uzviy aloqada ish olib boradi.

1.3. Darsida interfaol metodlarning qo’llanishi.


Har bir yurtning buguni va kelajagi tom ma’noda, mamlakat ta’lim tizimining qay darajada rivoj topgani bilan belgilanadi. Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda voyaga yetayotgan o‘g‘il-qizlar kamoli bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugungi kunda xalq ta’limi tizimidagi eng muhim vazifalardan biri ta’lim sifati va mazmunini yangi bosqichga ko‘tarish, ma’naviy jihatdan barkamol, axloqan pok, shaxsiy va kasbiy fazilatlarga boy, mustaqil fikrlaydigan, tashabuskor, faol yoshlarni shakllantirish, o‘qituvchilarning bilimi va kasbiy mahoratini rivojlantirish, ularga amaliy metodik yordam berish, xususan, yosh o‘qituvchilarning tanlagan kasbiga nisbatan ishtiyoqini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdir. O’quvchilarning ijodkorligini rivojlantirishi, yangiliklarni ko’ra bilishi, fan- texnika yutuqlarini amalda qo’llashni o’rganish, o’quv dargohida “o’qish, o’rganish va amalda qo’llash, natijalarni tahlil qilib, yanada samaraliroq ishlash” muhitni yaratib, yangi zamonaviy metodlarni izlab topish yo’lida tinmay mehnat qilish bugungi kun pedagoglari oldidagi katta vazifadir.Darslarni iloji boricha qiziqarli va samarali bo’lishi uchun o’qituvchi doim izlanishda, yangiliklar yaratishda, o’quvchi tafakkurida mavjud yashirin imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish uchun, eng avvalo, mahorat sohibi, o’quvchi qalbini teran tushunadigan ruxshunos, xalq pedagogikasi va zamonaviy o’qitish uslublaridan xabardor mutaxassis bo’lishi, mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqib ishlashi lozim. 
Izlanuvchan pedagog o’qituvchi darslarda “Ortiqchasini top”, “Begona so’zni top”, “Kim chaqqon?”, “Blits-so’rov” , “Rost-yolg’on”, “Bilmaganingni o’rgan, o’rganganingni –o’rgat”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, FSMU, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Xotira mashqi”, “Debatlar”, “Ta’rif egasini toping”, “Zanjirli savol-javob” kabi zamonaviy interfaol usullaridan foydalanadi va bu usullar o’quvchilarni chuqur bilim egallashiga hissa qo’shmoqda. Darslarni ko’rgazmali tashkil etish o’quvchilar bilimini yanada mustahkamlashga omil bo’ladi. O’quvchi o’rganayotgan materialni ko’rgazmali tashkil etilishi 70-90% ni o’zlashtirishga erishiladi. Shu bois ham o’qituvchi darslarni AKT dan foydalanib, turli qo’lda yasalgan ko’rgazmalar asosida o’tishga harakat qiladi. Xalqimizda “Beshikdan qabrgacha ilm izla” degan naql bor, o’qituvchi xalqi bir daqiqa ham izlanishdan va o’qishdan to’xtamasligi lozim. O’quv rejalarni, to’garaklar uchun, uslubiy birlashma faoliyati uchun ish rejalarini, iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash rejalarini va unga kerakli bo’lgan metodik tavsiyalarni va darslar uchun qo’shimcha ma’lumotlarni ziyonet.uz, uzedu.uz, kitob.uz, ziyouz.uz, ijod.uz, multimedia.uz, rtm.uz kabi saytlardan muntazam olib o’z pedagogik faoliyatiga moslab kelmoqda.Eng faol o’qituvchilarning ishlarini o’rganib, maktabda tashkil etilgan o’quv kurslarida, metod birlashma yi’g’ilishlarida ularning ijodiy-taqdimoti o’tkazilib kelinmoqda. Ayniqsa, fan oyliklarini tashkil qilishda haftaliklar, turli kechalar tashkil etilib, “Eng faol o’quvchi”, “ Eng namunaviy ochiq dars”, “Qo’lda yasalgan ko’rgazmali-qurollar” ko’rgazmalari tashkil etilib kelinmoqda.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi.
Pedagog-olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida «Nega o‘qitamiz?» «Nimani o‘qitamiz «Qanday o‘qitamiz?» savollariga javob izlash bilan bir qatorda «Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin?» – degan savoliga ham javob qidirdilar.
Bu esa, olim va amaliyotchilarni o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o‘qitishni ishlab-chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi.Bunday fikrning tug‘ilshi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi.Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, zamonaviy metodlar shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, zamonaviy metodlar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, zamonaviy metodlar o‘qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To‘rtinchidan, zamonaviy metodlar yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari – interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.Zamonaviy metodlar va ularning ta’limda qo‘llanilishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Zamonaviy metodlarda pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.Bugun ta’lim tizimida interfaol, pedagogik texnologiya, texnologiya, innovatsiya kabi tushunchalarni qo‘llab kelmoqdamiz. Demak, bular qanday tushunchalar ekan?Yosh pedagoglarga esa biz bu so‘zlarning ma’nosini sharhlab o‘tamiz:
Innovatsiya – ingliz tilidan «innovation» – yangilik kiritish, yangilash, yangilanish.
Texnologiya – bu o‘quv jarayonini to‘liqligicha egallovchi loyiha, yaxlitlik, natija.
Pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini inson va texnik imkoniyatlarni hisobga olgan holda aniq maqsad, natijaga yo‘naltirilgan jarayon.
«Interfaol» («interaktiv») – inglizcha so‘z bo‘lib, «interact» – «inter» – bu «o‘zaro» «act» – bu «harakat qilmoq», umumlashtirganda esa «Interfaol» – «o‘zaro harakat qilmoq» ma’nosini anglatadi. Interaction – hamkorlikni (boshqalar bilan) bildiradi.
Har bir texnologiya biron bir g‘oyani, ilmiy fikr yoki nazariyani amaliyotda hayotga tadbiq etib uni amalga oshirishga yo‘naltirilgan, shu bois pedagogik texnologiya fan va amaliyot oralig‘idagi o‘rinni egallaydi. Shunday ekan, u yoki bu zamonaviy metodni amaliyotga yoki o‘quv jarayoniga qo‘llashdan avval uning barcha xususiyatlari va imkoniyatlarini (nimaga yo‘naltirilgan, nima maqsadda qo‘llanilayapti, qaysi pedagogik konsepsiyaga mos keladi, muayyan bir sharoitda qanday vazifalarni yechishga yordam beradi va h.k.) o‘rganib chiqib keyin uni qo‘llash kerak. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.
Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Ta’lim samarasi yuqoriroqbo’lgan o’qish-o’rganish;
Ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;
Ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
Ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
Ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;
Amalda bajarish orqali o’rganilishi;
Ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Shunday qilib, fanlarni o’qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o’rganish va amalda qo’llash o’quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to’g’ri echimini topishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o’quvchi-talabalarning bilim, ko’nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.
Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma’lum bo’ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltiramiz.
Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:
Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.
Interfaol ta’lim strategiyalari. “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.

Download 94.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling