Ma’vzusini o`rganishda interfaol usullardan foydalanish
Interfaol grafik organayzerlar
Download 94.18 Kb.
|
Rovshan kurs ishi
Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.
Interfaol ta’lim metodlarini ko’pincha turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo’llanmokda. Bu metodlarni qo’llash mashg’ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo’yicha hozirgi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi 8-jadvalda keltirildi. Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi bir muncha shartli va aslida muayyan o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana ko’p interfaol metodlarni aniq maqsadlar yo’lida qo’llash mumkin ekanligini alohida ta’kidlash zarur. 2. 1918-1939-yillarda Xitoy 2.1Xitoyning urushdan keyingi ahvoli Birinchi jahon urushidan so‘ng ham Xitoy qoloq, yarim mustamlaka davlat edi va unda 450 mln dan ortiq xalq yashardi. Uni buyuk davlatlar ta’sir doirasiga bo‘lib olgan edilar. Mamlakat sanoati, transporti, banklari va tashqi savdosining asosiy qismi chet el kompaniyalari qo‘lida edi. Bu omillar Xitoyni rivojlangan davlatlar ekspansiyasiga qarshi kurashda ojiz qilib qo‘ygan edi. 1911—1913-yillarda bo‘lib o‘tgan inqilob 4asosiy masalalardan biri — Xitoyni yagona davlatga birlashtirish masalasini hal eta olmadi. Bu masalani hal etmay turib Xitoyni yarim mustamlaka sirtmog‘idan qutqarish nihoyatda og‘ir edi. 1918-yilda Xitoyda inqilobiy kurashning ikki yirik kuchi mavjud edi. 7 — Jahon tarixi Xitoyning urushdan keyingi ahvoli www.ziyouz.com kutubxonasi 98 Ularning biri milliy-ozodlik kurashining yirik vakili, tan olingan yo‘lboshchi Sun Yatsen (1867—1925) boshchiligidagi Gomindan (Xitoy milliy partiyasi) bo‘lsa, ikkinchisi Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) edi. Versal shartnomasi qarorlariga qarshi mamlakatda «4-may harakatlari» nomli xalq noroziligi bo‘lib o‘tdi. 1921-yilda Sun Yatsen mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Biroq buyuk davlatlar bu saylovni va Sun Yatsen hukumatini tan olmadilar. Sun Yatsen «Xitoyni qutqarish» dasturini ilgari surdi. Bu dasturni chet davlatlarning yordamisiz amalga oshirib bo‘lmas edi. Buyuk davlatlar esa yordam berishdan voz kechdilar. Vashington konferensiyasida qabul qilingan «9 davlat kelishuvi» bo‘yicha, Xitoyda o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. Shunday sharoitda Sun Yatsen moddiy va harbiy yordam so‘rab Sovet Rossiyasiga murojaat qildi va muzokara uchun general Chan Kayshini Moskvaga jo‘natdi. 1923-yilda Sun Yatsen Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlik yo‘liga o‘tdi. Shunday qilinganda Sovet Rossiyasidan yordam olish oson kechishini u yaxshi bilardi. 1924-yil yanvarda Gomindan va XKP umummilliy birlashgan inqilobiy front tuzdilar. Frontning maqsadi Xitoyning shimolida joylashib olib, xorijiy bosqinchi davlatlar bilan hamkorlik yo‘lini tutayotgan ichki kuchlarga hamda Xitoyni yarim mustamlaka holatiga tushirgan imperiyachi buyuk davlatlar ta’siriga qarshi kurash edi. Bunda Sun Yatsenning uch tamoyili: «milliylik, demokratiya va xalq farovonligi» katta rol o‘ynadi. 2.2. Buyuk milliy inqilob. 1925-yil bahorida Shanxay shahrida talabalar namoyishga chiqdilar. Biroq ingliz politsiyasi bu namoyishni o‘qqa tutdi. Bu hodisa Xitoyda xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi kuchli harakat boshlanishiga turtki bo‘ldi. Bu harakat Xitoy tarixiga «30-may harakati» nomi bilan kirgan. Shu tariqa Xitoyda chet el bosqinchilariga qarshi milliy inqilob boshlandi. Ularning asosiy shiorlari — Xitoy suverenitetini tiklash, mustamlakachi davlatlar bilan hamkorlik qilayotgan militaristik katta yer egalari hukmronligini ag‘darish va Xitoyning demokratik milliy harakat hokimiyati ostida siyosiy butunligini ta’minlash edi. Inqilob rahbarligi Gomindan qo‘lida edi. 1925-yilda Sun Yatsen vafot etgach, bu partiya rahbarligi Chan Kayshi qo‘liga o‘tdi. Inqilobda Xitoy jamiyatining barcha tabaqalari ishtirok etdi. 1925-yilning oktabr-dekabr oylarida Chan Kayshi hukumati mamlakat shimoliy qismining Guandun provinsiyasida joylashgan militaristlar hukumatiga qarshi harbiy yurish boshladi. Shu tariqa Xitoyda fuqarolar urushi boshlandi. 1926-yilda 7 ta provinsiya egallab olindi. 1927-yil martda Angliya va AQSH Chan Kayshiga yordam berish uchun Xitoyga qurolli kuch yubordi. 18-aprelda Nankinda Chan Kayshi hukumati to‘la qaror topdi. 5Yurishning birinchi bosqichi 1928-yilda yakunlandi. Buning oqibatida shimoldagi militaristik kuchlarga qattiq zarba berildi. Jumladan, Shanxay Buyuk milliy inqilob 99 va Nankin shaharlari bosib olindi. Chan Kayshi hukumati qarorgohi Nankin shahriga ko‘chirildi. Barcha buyuk davlatlar bu hukumatni tan oldilar. Markaziy hokimiyat qo‘lga kiritilgach, inqilobning asosiy yetakchi kuchlari — Gomindan va XKP o‘rtasida bo‘linish yuz berdi. Bunga Xitoy inqilobiy vazifalariga Gomindan va XKP ning turlicha qarashlari sabab bo‘ldi. Chunonchi, Gomindan markaziy hokimiyat egallanishi bilan inqilob o‘z vazifasini bajardi, deb hisobladi. Endigi vazifa mo‘tadil islohotni zo‘ravonliksiz o‘tkazishdan iboratligini e’lon qildi. XKP esa inqilobni davom ettirish, hali Xitoyda kam sonli bo‘lgan proletariat gegemonligini o‘rnatish, agrar inqilobni avj oldirish, mulkdorlarning mulkini musodara qilish, barcha banklarni, konlarni, temir yo‘llarni, yirik korxonalarni milliylashtirishni talab etdi. Bu ikki siyosiy kuch o‘rtasidagi nizo 20 yil davom etgan fuqarolar urushini (1949-yilgacha) keltirib chiqardi va shu tariqa birlashgan umummilliy inqilobiy front barham topdi. Milliy buyuk inqilob natijasida Gomindanning yakka partiyaviy hokimiyati qaror topdi. Gomindan Xitoyda iqtisodiyot bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish tarafdori edi. Shuning uchun ham Gomindan hukumati xususiy mulkni himoya qildi va bunday mulkni tugatishni targ‘ib etuvchi XKP ga qarshi kurashdi. Milliy bozor rivojiga g‘ov bo‘layotgan ichki boj to‘siqlari bekor qilindi. Chet el sarmoyadorlariga ijaraga berilgan 33 ta korxonadan 20 tasi qaytarib olindi. Gomindan markaziy hokimiyatni kuchaytirishga urindi, iqtisodiyotga davlat aralashuvini joriy etdi. Iqtisodiyotda davlat sektorini vujudga keltirdi. Bundan tashqari, ichki siyosiy barqarorlikka erishish maqsadida qator ijtimoiy islohotlar o‘tkazildi. Mehnat to‘g‘risida qabul qilingan ijobiy ruhdagi qonun kam sonli ishchilar sinfining ahvoli yaxshilanishiga xizmat qildi. Biroq agrar masala hal etilmadi. Qishloqda yirik yer egalari hukmronligi saqlanib qola berdi. Tashqi siyosatda esa Xitoyning chet davlatlar bilan imzolangan noteng shartnomalarini bekor qilish yo‘li tutildi. 1928-yilda chet el tovarlari uchun boj to‘lovi tartibi tiklandi. Bu bilan ichki bozor ham himoya qilindi. Gomindan bilan XKP o‘rtasidagi umummilliy birlashgan front barham topgach, Xitoyda fuqarolar urushining ikkinchi bosqichi boshlandi. Gomindan «XKP ga qarshi urushga tayyorlana boshladi» va ko‘p o‘tmay uning qurolli kuchlariga qarshi hujum boshlandi. 1930—1934-yillarda 5 marta yurish qilindi. AQSH 90 mln dollar yordam berdi. 300 ta samolyotdan foydalandi. Xitoyga nemis generali Fon Sekt keldi va harbiy operatsiyalarga boshchilik qildi. Bu davrda XKP qurolli kuchlarining soni 300 mingni tashkil etardi (XKP qurolli kuchlari Qizil Armiya deb atalgan). XKP 1927-yildan 1936-yilgacha Xitoyda sovetlar shaklidagi proletariat va dehqonlar inqilobiy diktaturasini o‘rnatish uchun Chan Kayshi hukmronligining kuchayishi 1927—1937- yillardagi fuqarolar urushi www.ziyouz.com kutubxonasi 100 kurash olib bordi va o‘zi egallagan provinsiyalarda hokimiyatning shunday shaklini o‘rnatdi. 1931-yilning noyabr oyida Szyansi provinsiyasida o‘tkazilgan sovet tumanlari vakillarining 1-Butunxitoy syezdi Xitoy Sovet Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Davlat boshlig‘i etib Mao Szedun saylandi. Shunday qilib Xitoy uchga bo‘linib ketdi. 1934-yilda Gomindan hukumati XKP armiyasiga qattiq zarba berdi. Biroq uni tor-mor eta olmadi. Armiyaning bir qismi qurshovni yorib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. 2.3. .Xitoy tarixi darsida interfaol metodlarning qo’llanishi. Tarix fanlarida foydalaniladigan metodlar orqali ijodiy yondashuv, fikrlash, tasavvurni kengaytirishga erishish. Ushbu metodlarni Xitoytning 1918-1939 yildagi siyosiy hamda iqtisodiy holatini kengroq tushuntirib berishda informatsion texnologiyalar bilan birgalikda qo’llash samaradorligi. T.A.R.I.X usuli va videoroliklarning afzalliklari. Kalit so’zlar: tasavvurning kengayishi, ijodiy yondashuv, nutqiy rivojlanish, interaktiv metodlar, tarixiy voqealar yoritilgan videoroliklar, test savollari, T.A.R.I.X usuli, ta’limdagi samaradorlikASOSIY QISM Bunda asosiy vazifa o’qituvchining zimmasiga tushmoqda. Xususan, O’zbekiston ta’lim tizimida ham bu borada keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O’quvchini har tomonlama ijodiy yondashadigan, mustaqil fikrlash qobiliyatini, nutqini ta’sirchan qiladigan metodlardan foydalanish hamda ularni ommalashtirish ta’lim sistemasining asosiy maqsadiga aylanib ulgirdi. Xo’sh, qanday qilib o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, ijodiy ishlashga o’rgatish mumkin? Hammamizga ma’lumki, bu ishni amalga oshirish uchun, avvalo, o’qituvchining o’zi ijodiy ishlaydigan, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga va ijodiy ishlashga o’rgatishning uslub va usullarini egallaganbo’lishi zarur. Keyingi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarning asosini jahon ta’limi standartlariga javob bera oladigan ilg’or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonida kam jismoniy kuch sarflab, yuqori samaradorlikka erishish yo’lida amaliy faoliyat olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifa o’quvchilarning ilm olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, ularning tasavvurlarini kengaytirishdan iborat. Bu ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlarda muhim jihat hisoblanadi1 . Ana shu ishni amalga oshirish uchun bugungi kungacha bir qator tadbirlar bajarildiki, natijada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi ta’lim samaradorligining muvaffaqiyatiga zamin yaratildi. Dars samaradorligining muhim shartlaridan biri bu -o’qituvchi va o’quvchilarning haqiqatni birgalikda izlashi va o’quvchilarning butun dars jarayonida faol ishtirok etishidir. Tarix fanlarida obrazli tasavvur qilish orqali o’quvchining ichki dunyosi, tasavvur doirasi kengayadi hamda voqeani bayon qilish orqali nutqiy savodxonligi oshib boradi. Albatta,bu o’rinda o’qituvchiga yangi pedagogik texnologiyalar yordamga keladi. Sababi bir xil an’anaviy usullardan doimiy foydalanish o’quvchini fanga nisbatan qiziqishini so’ndiradi, darsni zerikarli bo’lishi to’g’risida oldindan xulosasi shakllanib qoladi. Hozirgi zamon har bir fan o’qituvchisi zimmasiga inson, uning jamiyatdagi o’rni va roliga har tamonlama qarash vazifasini yuklaydi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim-tarbiyaning yangi shakllari,vositalari va usullarini egallashi va shu bilan birga o’zi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratishga, shaxsni tarbiyalashning yangi an’anaviy, samarali usullarini tanlashga harakat qilishi hamda ijodkor bo’lmog’i lozim. Maktab dasturidagi tarix fanlari orqali o’quvchi kishilik jamiyati bosib o’tgan yo’lni, ularning chet el bosqinchilariga qarshi, o’z ozodligi va baxt-saodati, porloq kelajagi uchun olib borgan kurashlari haqidagi asosiy ma’lumotlarni tarix darslaridan bilib oladi. Shu bilan birga tarix darslari o’quvchining hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to’g’ri anglashga yordamlashadi, har bir davrga xos vaziyatlar ustidan tahliliy yondashuvini shakllantiradi. Bizga ma’lumki tarix-juda qadimiy fanlardan biri hisoblanadi.Tarix fanini kelajakni ko’rsatuvchi „Ko’zgu” desak bo’ladi va bu ko’zguga qarab har qanday inson, jamiyat, xalq o’z kelajagini belgilab olishi mumkin. Hozirgi kunda O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin egallashi onson kechgani yo’q. Shuning uchun tarixni o’qitish jarayonida o’quvchilar bugungi kunning qadriga yetishini, o’tmishda yo’l qo’yilgan xatolarni takrorlamaslikni, o’tmishdagi xatolardan xulosa chiqarib olishini o’rgatish lozimdir. Qolaversa maktabda tarix fanini o’qitish orqali o’quvchilarda o’zlari mustaqil va ijodiy fiklashini rivojlantirishga, miliy ong va tafakkurni o’stirishga, eng asosiysi ma’naviy barkamol shaxsni, haqiqiy vatanparvar insonni tarbiyalab voyaga yetkazishga ahamiyat berish lozim .Ta’lim-tarbiya jarayonidamazkur vazifalarni amalga oshirish uchun bugungi kunning pedagog hodimlari har bir darsda qiziqarli, samarali bo’lgan yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish kerak. Bizga ma’lumki, tarix fanining asosini ma’lumotlar tashkil etadi. Ularni to’liq eslab qolishi o’quvchilar uchun bir oz qiyinchilik tug’dirishi mumkin (ayrim past o’zlashtiruvchi o’quvchilar). Bu kabi ma’lumotlarni o’quvchilar xotirasida bir umrga esda qolishi, turli xil sahnali ko’rinishlar, qiziqarli o’yinli usullar, krossvordlar, guruhlar bilan ishlash, baxs-munozaralar olib borishiga bog’liq. Bunda “T.A.R.I.X”2 metodini samarasi e’tiborlidir. T- test savollar, A-anagrammalar, R-raqamlardagi voqealar, I-ikki tarixiy voqelikni taqqoslash, solishtirish, X-xulosa qismlariga bo’linadi. Ushbu usul orqali bir darsda erishish mumkin bo’lgan ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishish mumkin. Taklif etilayotgan “Mavzuga zamin”, “T.A.R.I.X.” o’yinli usullar tarix darslarni qiziqarli va samarali o’tishiga yordam beradi. Ushbu usullarning yana bir afzallik tomoni shundaki, bir vaqtning o’zida informatsion texnologiyalarni ham qo’llash mumkin. Usullarni qo’llash jarayonida voqeliklarni turli videoroliklar orqali ko’rsatish, o’quvchilar diqqatini ekranga qaratish orqali bir joyga jalb qilishga erishiladi va ayni shu paytda xulosada aqliy hujum, test savollari orqali esa mavzuni mustahkamlashga doir savollar bilan murojaat qilinadi. XULOSA Informatsion texnologiyalarga bo’lgan qiziqish har bir o’quvchi bilan muloqotga kirishishning eng samarali usuli bo’lganligi uchun bu usulni har bir sinflarda qo’llash imkoni mavjud. E’tiborli jihati shundaki, voqealar va test savollari tanlanayotganda o’tilayotgan mavzu ko’lami va sinfdagi o’quvchilarning bilim darajasi inobatga olinadi. Biz interfaol usullardan Mavzuga qollashni ko`rib chiqamiz. Download 94.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling