Oltin va kumushni uning birikmalaridan to'liq ajratib olib bo'lmasligi; 2) yomon filtrlanadigan va quyultiriladigan rudalarni qaytaishlashning qiynligi; 3) yuqori energiya sarf bo'ladigan va qimmatbaho filtr dastgohlarining ishlatilishi; 4) past sifatli mahsulotolinishi; 5) oltin va kumushni rux bilan cho'ktirish jarayonidaqo'shimcha metallar mis, mishyak, surma minerallarining jarayonni qiyinlashtirishi.Yuqorida keltirilgan kamchiliklami bartaraf qilish maqsadidahoziigi vaqtda sorbsiyali sianlash keng qo'llanilib kelinmoqda.Jarayon oltin va kumushni tanlab eritishga va eritmaga yuklangan191sorbentga yuttirishga (sorbsiya) asoslangan. Jarayonning asosiyqulay tomoni filtrlash va qarama-qarshi yo‘na!ishdagi dekantatsiyajarayonining ishlatilmasligi va bu esa o'z navbatida qiyin filtrlanadigan rudalarni qayta ishlash imkonini berishidan dalolat beradi.Jarayonning yana bir qulay tomoni ruda tarkibidagi tabiiy sorbentlarning faolligi bo'tanaga qo'shilgan kuchli sorbentlar yordamidapasaytiriladi va bu oltin hamda kumush ajratib olish darajasinioshiradi. Sorbsiya jarayonida 2 xil yig'uvchi (sorbent) ishlatilishi mumkin: 1) sun'iy ionalmashinuvchi qatronlar (smolalar) — ionitlar; 2) faollangan (aktivlangan) ko'mir. Sorbsiya usuli bilan tanlab eritiladigan bo'tana birinchi pachukka yuklanadi va eng so'nggi pachukdan tashqariga bo'shatib olinadi. - Sorbsiya usuli bilan tanlab eritiladigan bo'tana birinchi pachukka yuklanadi va eng so'nggi pachukdan tashqariga bo'shatib olinadi.
- Toza sof ionit eng oxirgi reaktorga yuklanadi. Oltin (nodirmetallar)
- bilan to'yingan smola birinchi pachukdan (reaktor) bo'shatiladi
- (chiqadi). Bir-birining oqimiga qarama-qarshi yuborilgan smola,
- bo'tana bilan yaxshi aralashib (to'qnashib), smolani nodir metallar
- bilan oz fursatda to'vintiradi.
- Chiqindiga ketadigan nodir metallar yo'qolishi juda oz bo'ladi.
- Quyidagi 15.1-rasmda sorbsiya usuli bilan eritishga mo'ljallangan
- dastgoh ko'rsatilgan. Bu dastgoh oddiy aralashtirgich agitator
- asosida, pnevmatik yo'l bilan bo'tanani aralashtiruvchi sorbsiyalash pachugi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |