ТARBIYACHI:-Oilalaringda bu bayramga kattalar tayyorgarlik ko’rib xar-xil pishiriqlar, tortlar, oshlar qilishadimi bolajonlar?
(Bolalar javoblari)
ТARBIYACHI: Judayam yaxshi. Endi diqqatimizni manabu rasmlarga qaratamiz. Rasmlarda nimalar aks etibdi kim aytib beradi?
(Bolalar javoblari)
ТARBIYACHI:To’g’ri bolajonlar, Vatanimizning mustaqillik bayrami aks etgan. Bolalar ota-onalari, aka-opalari bilan saylga chiqqan. Bolalarning qo’llarida nimalar bor ekan?
(Bolalar javoblari)
ТARBIYACHI: To’g’ri bolajonlar-bolalarning qollarida xar-xil randagi katta va kichik xavo sharlari va bayroqchalar bor ekan a?
(Bolalar javoblari)
ТARBIYACHI:Milliy bog’imizda yana qanday tomoshalar bo’ladi?
(Bolalar javoblari)
ТARBIYACHI: To’g’ri bolajonlar Dor o’yin, kurashchilar o’yini, masxarabozlar va shunga o’xshagan attraksion o’yinlar ham bo’ladi. Barakalla aziz bolajonlarim.
Bolajonlar, mustaqil Vatyanimiz to’g’risida sherlar, qo’shiqlar bilasizlarmi?
(Bolalar javoblari)
Bola:Onamdek ardoqli, azizsanVatan.
Sen menga qadrdon tug’ilganmakon.
Men seni avaylab asrayman har choq.
Vijdonimdek toza, tushurmasdan dog’.
Bola:Vatanim jonajonim, senga fido jon-tanim.
Mustaqil diyorimsan, quvonchdan yayrar dilim.
Vatan asli nimadir? Vatan-bu, onajonim.
Vatan o’zi nimadir? Vatan-bu mening o’zim.
ТARBIYACHI: Bolajonlar, hozir biz sizlar bilan mana bu rasmdagi rang-barang havo sharlari rasmini chizamiz.
Bolalar xilqalamlardan foydalangan holda rang-barang havo sharlari rasmini musiqa ostida chizadilar. Tarbiyachi bolalardan rasm bo’yicha savol-javob qiladi. Xavo sharlari haqida gapiriladi.
ТARBIYACHI:Bolalar charchab qolmadinglarmi…Bo’lmasam biz sizlar bilan jismoniy daqiqa qilib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |