Mavzu;xx asrning 80-yillarining So’ngida Oʻzbekistonda siyosiy, itisodiy va ijtimoiy muammolar. Reja
Farğonadigi ijtmoiy iqsodiy axvol
Download 25.63 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farğona voqealari
- Foydaliligan adabiyotlar
Farğonadigi ijtmoiy iqsodiy axvol
Farg‘ona vodiysida XX-asrning 80-yillarida о‘ziga xos murakkab demografik vaziyat hukm surardi. Aholining tabiiy о‘sish darajasining tezlashuvi natijasida mintaqada siyosiy-iqtisodiy va etnodemografik muammolar keskinlashuvi ma’lum darajada о‘ziga xos chigal ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muxitni yuzaga keltirdi. Farg‘ona voqealari etnik va maishiy asosda (turli millat vakillarining restoranlarda о‘zaro mushtlashuvi) bilan boshlangan bо‘lishiga qaramasdan, fojeaning chuqur ildizlari vodiyda yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan bog‘liq edi. Markazning О‘zbekistonda olib borayotgan siyosati, bu siyosatni izchil amalga oshirgan mahalliy partiya, sovet va xо‘jalik organlarining tub aholi manfaatlariga pisandsiz qarashi, hokimiyatning boshqaruv organlarida poraxо‘rlik va korrupsiyaning avj olishi, jinoyatchilikning kuchayishi о‘n yillar davomida tо‘plangan muammolarni yana ham keskinlashtirgan edi. Ma’lumki, Ikkinchi jahon urushi davrida I.V.Stalinning 1944-yil 14-noyabrdagi qaroriga kо‘ra, 120 ming nafar mesxeti turklari Gruziyadan О‘rta Osiyo respublikalariga kо‘chirilgan edi. Deportatsiya qilingan mesxeti turklarining eng kо‘p qismi (106 ming 700 kishi) О‘zbekistonga joylashtirilgan. Shulardan 17 ming nafari Farg‘ona oblastiga joylashtiriladi. Ular viloyatning asosan, Quvasoy, Komsomolsk (hozirgi Yangi Marg‘ilon) posyolkalarida, Oxunboboyev, Quva, Rishton, Farg‘ona, Kirov (hozirgi Beshariq) rayonlarida yashar edilar. 1989-yilda Quvasoy rayonida 58 400 kishi yashagan bо‘lsa, boshqa 47 ta millatlar orasida mesxeti turklarining soni 4340 tani tashkil qilgan. Quvasoyda 1989- yil may oyida bо‘lgan bir qancha bezoriliklar, ayniqsa mesxeti turk yoshlarining tartibsizliklarni keltirib chiqarishlari Farg‘ona voqealarining boshlanishiga turki vazifasini о‘tadi. Bu xolatdan mesxeti tuklari vaziyatni keskinlashtirib, о‘z tarixiy vatanlariga qaytishni tezlashtirish yо‘lida foydalanmoqchi bо‘lishadi. Farğona voqealari Quvasoyda yashovchi mesxeti turklarining aksariyati savdo muassasalarida, maishiy xizmat va boshqa shu kabi sohalarda faoliyat olib borishar, shaharda kо‘pgina daromadli jabhalarda ham ushbu xalq vakillari xizmat qilar, natijada bu yerda juda kо‘p yer uchastkalari va qurilish obyektlari ularning xissasiga tо‘g‘ri kelar edi. Quvasoyda mesxeti turklarining iqtisodiy ahvoli boshqa millatlarnikiga qaraganda yaxshi edi. Xullas, “tadbirkor va uddaburon” mesxeti turklari mahalliy hokimiyat organlari bilan yaxshi munosabatda bо‘lib, iqtisodiy jihatdan ularni “ta’minlab” ham turishgan. Quvasoyda hukm surgan ijtimoiy tanglik bu yerda yashovchi turli millatlar, jumladan о‘zbeklar va mesxeti turklari о‘rtasida janjalni yuzaga keltirib, jiddiy tо‘qnashuvlarni keltirib chiqargan. Bu qarama-qarshilik butun may oyi davom etgan. Lekin bunga mahalliy sovet va partiya idoralari yetarli darajada e’tibor qaratishmagan. Mayda bezorilar о‘z vaqtida jazolanmagan. Voqealar tafsiloti sovet hokimiyati tomonidan odatdagidek xalqdan sir tutilgan. Voqealardan bir oy о‘tib matbuotda e’lon qilingan materiallarda esa mesxeti turklari jabrdiyda qilib kо‘rsatilgan va markaziy gazetalarda ayb о‘zbek xalqiga yuklanib ularga nisbatan notо‘g‘ri qarash shakllantirilgan. Rasmiy ma’lumotlarga kо‘ra birinchi bо‘lib mesxeti turklari mahalliy aholiga nisbatan sovuq qurol ishlatganlar. Xatto militsiya xodimlari mesxeti turklariga murojaat qilib, “о‘zbeklarga tegmanglar, ularni о‘tqazib yuboringlar” deyishlariga qaramay, ular katta tо‘qnashuvlarni keltirib chiqarishgan. Natijada 72 nafar о‘zbek, tojik, qirg‘iz millatiga mansub kishilar, bir necha militsiya xodimlari og‘ir yarador holatda shifoxonaga keltirilgan. Vaziyat 1989-yilning 24-may kuni kechqurun nihoyatda keskinlashgan. 25-may kuni Quvasoy shahriga Respublika Ichki ishlar qо‘shimcha kuchlari olib kelinadi, Respublika Ichki ishlar ministri Uchqun Raximov, DXQning о‘rinbosari va respublika prokurorlari kelishdi. Voqealar haqidagi axborotning yetishmovchiligidan har xil talqinlar paydo bо‘ladi. Tartibsizliklarning tashkilotchilari vaziyatni sun’iy ravishda keskinlashtirishdan ustalik bilan foydalandilar. Quvasoydagi “vahshiyliklar” haqida “noma’lum kishilar” tomonidan maxsus laboratoriyalarda ataylab tayyorlangan fotomontajlardan, turli vahimali mish-mishlar va bо‘htonlardan foydalanildiki, bularning hammasi kо‘p о‘tmay oblastning boshqa tumanlarida tо‘qnashuvlarning kelib chiqishiga sabab bо‘ldi. Farg‘ona oblastidagi birinchi katta qonli tо‘qnashuv Marg‘ilon shahrining shimoliy-sharqida joylashgan Toshloq rayonida yuz berdi. Toshloqda 20 ga yaqin millat yashagan bо‘lsa ular orasida mesxeti turklari 2300 nafarni tashkil qilgan. Fojealar 3-iyunda boshlangan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda bir guruh mahalliy yoshlar Internatsional kо‘chasi bо‘ylab yurib, yо‘llarida uchragan mesxeti turklarini ura boshlashgan, uylarining deraza-eshiklarini sindirishgan. 3000 nafar yoshlarning bezoriligi о‘z vaqtida bartaraf etilmadi. Tо‘qnashuvda 10 kishi (ulardan 4 nafari mesxeti turklari) о‘lgan. 3-iyunda Respublika Ministrlar Sovetining raisi G‘.Q.Qodirov raisligida hukumat komissiyasi tuzildi. Biroq 16 kishidan iborat hukumat komissiyasining tо‘liq tarkibi faqat 6-iyunda shakllantirildi. Bu vaqtga kelib fojealar Farg‘ona viloayining Boshqa rayonalriga ham tarqalib ulgurgan edi.4-iyun kuni Qо‘qon shahridan militsiya xodimlari Toshloqqa tashlandi. Bu paytda rayonda vaziyat boshqarib bо‘lmaydigan darajada izdan chiqib ketdi. Turli xil narsalar bilan qurollangan bezorilar kо‘chalarda faollik qilishardi. Raykom binosi oldida tо‘plangan 1000 nafar odam raykomga 2 qismdan iborat quyidagi talabnomani topshirishgan:1.Ushlanganlar ozod qilinsin. 2. Mesxeti turklari Farg‘onadan zudlik bilan kо‘chirilsin. Talabnoma rad qilingach, olomon raykom binosiga hujum qiladi. Militsiya xodimi olomonga qarata avtomatdan о‘q uzadi. 2 kishi xalok bо‘lgan 5-6 kishi yaralangan va olomon chekingan. Lekin olomon shaharning boshqa joylarida tо‘palonlarni davom ettirishgan.Toshloqdagi fojealar oqibatida 5-iyunga qadar tumanda 16 nafar kishi (11 nafari mesxeti turklari va 5 nafar о‘zbek), keyinroq yana 2 nafar kishi xalok bо‘ldi. 46 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan, 57 ta uy yondirildi va 121 ta uyga shikast yetkazildi. Rayon xо‘jaligiga 0,5 mln. rubl zarar yetkazildi.4-iyunda О‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan Farg‘ona oblastining mesxeti turklari zich yashaydigan hududlarida kommendantlik soati joriy qilinadi. Hukumat komissiyasinig raisi G‘.Qodirov komissiya a’zolari bilan maslahatlashmasdan Farg‘ona viloyatida harbiy holat joriy qilish tо‘g‘risida iltimosnoma bilan Markazga murojaat qiladi. U о‘zining bu qarorini ekstremistlarning Farg‘ona oblastidagi harakatlari sovet hokimiyatini qulatishga qaratilgan deb asoslamoqchi bо‘ldi. Markaz butun bunyo nigohi Moskvada о‘tayotgan SSSR xalq deputatlari 1-syezdiga qaratilgan paytda Farg‘onada harbiy holat joriy etishga jur’at qilmagan bо‘lsada, SSSR Ichki ishlar ministrligiga bо‘ysunuvchi general-polkovnik Y.Shatalin boshchiligida IIVning ichki qо‘shinlarini Farg‘onaga jо‘natdi. Iyun oyi davomida Farg‘onaga ittifoqning markaziy rayonlaridan jami 13 000 nafar harbiylar keltirildi.5-iyunda Marg‘ilon shahrida О‘zbekiston KP MK birinchi sekretari R.Nishonov, О‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi M.Ibrohimov, О‘zSSR Ministrlar Soveti raisi G‘.Qodirov, SSSR Ichki ishlar ministri V.Bakatin, О‘zSSR Ichki ishlar ministri U.Raximov, Farg‘ona obkomi SH.Yо‘ldoshev ishtirokida yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.Yig‘ilishda R.Nishonov quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “Fojealar natijasida 93 kishi xalok bо‘ldi. Shundan 64 kishi mesxeti turklari, 17 nafar о‘zbek, qolganlari millati aniqlanmoqda. Ichki ishlar ichki qо‘shinlarining 178 harbiy xizmatchisi, 57 nafar militsiya xodimi yarador bо‘ldi. 1 ta militsiya xodimi vafot etdi. Oblastda 700 dan kо‘proq uy va boshqa imoratlarga, 168 ta transport vositasiga о‘t quyildi”.6-iyunda Marg‘ilon shahrida ruxsat berilmagan 2 ta miting bо‘ldi. Bu mitingda “Birlik” harakati raisi Abduraxmon Pо‘latov, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi Muhammad Solih va diniy ulamolar qatnashib aholini tinchlantirishga harakat qilishdi. Miting qatnashchilari mesxeti turklarini tarixiy vatanlariga qaytishini hamda hibsga olingan namoyishchilarni ozod qilishni talab qildilar. Shu kuni Quvasoyda ham shu talablar bilan miting bо‘lib о‘tdi. Xulosa Xulosa ornida shuni aytib otishim keraki Ozbekiston mustaqillika erisish davrida juda koplab muommo va qiyincliklarga yoliqdi Bu 30 yil davomida Ozbekistonda juda koplab eski tuzumda iqsodiy ijtmoy muommolar xal bolib kelmoqda Bu 30 yil ózbek xalqi uccun juda qiyincliklar boldi Bulardan biri Farğona vodiysidir bu voqealar muommolar barchasi eskilk sarqiti bolmish sovet ittifoqidan qolib ketkan muomolartufayli vujudga keldi Birinchi przizentimiz I.A.Karimov Farg‘ona fojialari haqida shunday degan edi: “Farg‘ona voqealari, shuningdek, keyingi paytlarda rо‘y bergan boshqa tartibsizliklar bularning barchasi turli millat odamlarida bir-biriga ishonchsizlik paydo qildi. Shunday bо‘lishiga kim sababchi? Men hozir aniq-ravshan qilib aytaman: jamiki noma’qulchiliklar respublikamiz chegarasidan tashqaridadir”.deganlar mustaqillogimizni asraylik Foydaliligan adabiyotlar. 1.Xalil Matyoqubov-”O’zbekistonning Eng Yangi Tarixi”(O’quv qollanma) TOSHKENT-2021-yil. 2. https://arxiv.uz/uz/ sayti. 3.Vikipediya. http://fayllar.org Download 25.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling