Mavzy №1. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


Mavzuni takrorlash uchun savollar


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/44
Sana18.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1099115
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Mavzuni takrorlash uchun savollar: 
1.Hayotning mazmunini izohlang. 
2.Inson falsafiy mushohadasini teranlashtiruvchi vositalarni keltiring. 
3.Ijod falsafasini izohlang. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya etiladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar: Esse yozish
aqliy hujum, BBB texnologiyasi. 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1.Falsafa. Ахмедова М. Тахрири остида.-Т.:УФМЖ,2006. 
2.Falsafa.MamashokirovS.Tahriri ostida.-Т.:Sharq,2005. 
3. Шермухамедова H.A. Фалсафа.-Т.: Ношир, 2012. -1207 б 
4 Мирзиёев L1J.M. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистон давлатини биргапикда барпо этамиз. Т.: 
Узбекистон, 2016.-536.2 
5. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан курамиз. Т.: Узбекистон, 2017 -
484б. 
6. Мирзиёев Ш.М. Конун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш-юрт тараккиёти ва хагж 
фаровонлигининг гарови. Т.: 2017. -28 6. 
www. Ziyo net.uz 
www.favlasuf.uz
 


Mavzy №2. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: SHarq falsafasi 
Reja: 
1. Qadimgi Sharq falsafasining vujudga kelishi va xususiyatlari. 
 
2. Islom dininig vujudga kelishi va falsafiy talimoti . 
3. Temuriylar sulolasi davri. Jomiy va A. Navoiy falsafasi . 
4. XX-XXI asr ozbek falsafasi. 
I. Qadimgi Sharq falsafasining vujudga kelishi va xususiyatlari. 
 
 Talaba 1- masalani yoritib berishi uchun o’zbekiston tarixi, dinshunoslik fanlaridan olgan bilimlariga tayanadi. 
Qadimgi Hindiston, Qadimgi Hitoy, Markaziy Osiyo davlatlarida vujudga kelgan mifalogik diniy dunyoqarashga 
etibor qaratiladi.
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. Sharq qadimiy
madaniya o`chog`i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta`riflanmagan. G`arb madaniyati tarixini 
o`rganishjarayonida Ovrupasentrizm nazariyasi og`ib ketish g`ayriilmiy bo`lgani kabi, masalaning Sharq bilan
bog`lik jihatining tahlil etganda ham Osiyosentrizm g`oyalari ta`siriga tushmaslik lozim.
Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida 
vujudga kelgan. Mifologiya inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq 
tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar 
harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham 
qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k.
Ikkinchidan, Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo’lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga 
kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari 
shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish 
jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va 
siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling