1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixini jahon madaniyati va san’ati tarixida tutgan o’rni
Download 276.07 Kb.
|
1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O’zbekiston madaniyati va san’ati va me’morchiligini o’rganishning asosiy ilmiy manbalari
1-MAVZU: KIRISH. QADIMGI DAVR MADANIYATI VA SAN’ATI, UNING TARAQQIYOT BOSQICHLARI REJA 1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti 2. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixini jahon madaniyati va san’ati tarixida tutgan o’rni 3. O’zbekiston madaniyati va san’ati va me’morchiligini o’rganishning asosiy ilmiy manbalari Fanni o’rganishdan maqsad bo’lg’usi mutaxassislarini O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixidagi taraqqiyot bosqichlari an’analarini o’rganish, saqlash hamda rivojlantirish, zamonaviy jarayonlarga malakaviy baho bera olish, yaratilayotgan badiiy asarlar ta’sirchanligini anglash, xis etish va ularning badiiy g’oyasini oshirish, rivojlantirish yo’nalishlarini ko’rsata olish hamda mavjud jarayonlar va tarixiy faktlarga tayanib nazariy bilimlarni yozma va og’zaki tarzda o’rtaga tashlay olish malakasini shakllantirishdan iborat. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, malaka va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi rivoji: asosiy bosqichlari- ibtidoiy, antik, o’rta asrlar, yangi va eng yangi davr: madaniyati va san’ati jarayonlari xususiyatlari va taniqli namoyondalarini, jahon sivilizatsiyasi tarixida o’zbek madaniyati va san’ati madaniyatini o’rnini bilishi kerak. - O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi rivoji xususiyatlarini va taniqli namoyondalari asarlari xususiyatlarni bir biridan ajratgan xolda qiyosiy tahlil yo’llarini topish va amalda qo’llay bilish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak. - bilim va tushunchalarini, borliqqa, san’atga bo’lgan munosabatlarini og’zaki va yozma tarzda bayon etish asarlarni taxlil etishi va shular haqida ilmiy, ilmiy ommabop maqola va tadqiqodlar olib borish va yozish usullari malakasiga ega bo’lishi kerak. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi asosiy ixtisoslik fani xisoblanadi. Mazkur fanni o’rganishda o’quv rejasida ko’rsatilgan Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar(O’zbekiston tarixi, Madaniyatshunoslik), Umumkasbiy fanlar(Jahon va o’zbek adabiyoti tarixi, Umum madaniyati va san’ati tarixi) San’atshunoslik asoslari fanlardan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi. Fanni san’at tizimidagi o’rni. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani san’atshunosligining ajralmas qismi bo’lib shu yo’nalishdagi fanlarni yanada mukammal va chuqurroq o’zlashtirilishiga ko’maklashadi. Talaba shu san’at ichida yashaydi va san’at mohiyatini uni ichidan o’rganadi. Bu xol uni o’zgalar madaniyati va san’atini yanada yaxshiroq va to’g’ri tushunishiga xizmat qiladi. San’atshunoslik fanlarini chuqur o’zlashtirilishi esa mamlakat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojida alohida o’rinni egallab O’zbekiston madaniyatini jahon hamjamiyatidagi o’rnini belgilashda, uning salohiyatini ko’tarishga xizmat qilib badiiy ta’lim, ekologiya, turizm rivojida muhim o’rinni tashkil etadi. O’zbekiston Prezidentining O’zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqidagi farmoni, muzeylar faoliyatini yaxshilash, xalq xunarmandchiligini rivojlantirishga qaratilgan tadbir va ko’rsatmalari shundan dalolat beradi. 1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi kursining maqsadi, vazifasi va mazmun-mohiyati Ma’lumki, har bir xalqning o’tmishi, o’tmishdagi madaniyati va san’ati, fani, madaniyati, urf-odati, ahloq-odobi va diniy e’tiqodi bu xalqning ma’naviyatini ifoda etadi. Shu boisdan bo’lajak mutaxassislarga o’z xalqining madaniyatini, madaniyati va san’atini va ma’naviyatini o’rgatish, o’qitish, bildirish va shular asosida kelajak dunyo ma’naviyatini ifodalab berish yangi jamiyat taraqqiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, « O’zbekiston tarixi va madaniyati » kursi mutaxassislikning bosh o’quv fani hisoblanib, u bo’lajak rassomlar va rassom-pedagoglarni o’z mutaxassisligi tarixi bilan tanishtiradi va bu sohada atroflicha bilim va malakalar beradi. Bu kurs bo’lajak mutaxassislarga O’zbekiston xalqlarining madaniyati va san’ati, fani, ma’naviy dunyosini eng qadimgi davrlardan boshlab, bugungi kungacha bo’lgan tarixiy taraqqiyotini o’rgatish bilan birga, o’z ota-bobolarini bu sohada erishgan yutuqlarini ham evolyusion tarixiy taraqqiyotini o’rgatib boriladi. Shunga ko’ra kurs o’z oldiga: bo’lajak rassomlar va rassom-pedagoglarga O’zbekiston xalqlari madaniyati va san’ati va me’morchiligini paydo bo’lishi, shakllanishi, rivojlanishini har bir jamiyat davri nuqtai-nazaridan o’rgatish, ularni rivojlanish qonun-qoidalari, shart-sharoitlarini ilmiy jihatdan asoslab berish, ulardan tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va milliy istiqlol ruhida tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Ana shu maqsaddan kelib chiqilgan holda kurs: 1. O’zbek tasviriy madaniyati va san’atini nazariy va amaliy jihatlari va uning bugungi maqsadi, mazmun-mohiyati bilan tanishtirish; 2. O’zbek rassomchiligi, me’morchiligining badiiy tomonlarini tahlil qilishga o’rgatish; 3. O’zbek rassomchiligi, me’morchiligi madaniyati va san’atining shakllanishi, rivojlanishi tarixiy taraqqiyotini o’rganib chiqish; 4. O’zbek xalqining eng qadimiy ilm-fani, madaniyati, diniy qarashlari, ahloq-odobi, mehnatga va ijodga munosabati, shuningdek, ma’naviy dunyosini ham shakllanishidan boshlab, uni evolyusion tarixiy taraqqiyotini ilmiy asosda o’rganish; 6. O’zbek xalqining ijodiy yaratuvchilari bo’lmish Buyuk allomalar, san’at, madaniyat va me’morchilikning atoqli ustozlari hayoti va ijodini o’rganish; 7. Qadimiy ajdodlarimiz tomonidan bizga me’ros bo’lib qolgan badiiy-ijodiy boyliklarni ilmiy asosda tahlil qilish, ularni asrab-avaylashga o’rgatish, ulardan kelajak uchun foydalanish va ularni keyingi avlodlarga etkazish yo’l-yo’riqlarini o’rgatish; 8. Ijod qilish, ijodiy tahlillar o’tkazish, san’at asarlarini ilmiy asosda o’rganish, ular ustida ilmiy tadqiqotlar olib borish, san’at nazariyasi va tarixi bo’yicha ilmiy-ijodiy izlanishlarning metodologik asoslari bilan tanishtirish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Kurs o’zining maqsadi va vazifasini amalga oshish va uni bajarish uchun o’z mazmunini quyidagicha belgilaydi. O’zbekiston hududlarida yashagan eng qadimgi xalqlar madaniyati va san’ati, madaniyati va me’morchiligini tosh asridan (mezolit davri – er.avv.VII-VI ming yillik) boshlab, ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va bugungi kun madaniyati va san’ati, madaniyati va me’morchiligining eng so’nggi yutuqlarigacha bo’lgan davrlar tarixini o’rganadi. Har bir davrning o’z madaniyati bo’lgani kabi ibtidoiy jamoa tuzumining ham o’ziga xos madaniyati bo’lgan. Kishilik madaniyatining boshlang’ich davri va asosiy poydevori uzoq zamonlarga borib taqaladi. Shu o’rinda madaniyatning o’zi nima degan savol tug’iladi. Madaniyat-bu jamiyatning, kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy-siyosiy va manaviy hayotida qo’lga kiritgan yutuqlari majmuidir. U bir biri bilan bog’langan moddiy va ma’naviy madaniyatga bo’linadi. Moddiy madaniyat deyilganda imorat, suv inshootlari, uy-ro’zg’or asbob-anjomlari, aloqa vositalari, mexnat, aslaha, jangovar qurollar, kiyim bosh va inson uchun kerak bo’ladigan barcha buyumlar tushuniladi. Ma’naviy madaniyat deyilganda esa til, tafakkur, ahloq, fan, san’at, adabiyot, musiqa, o’yin, bilim, huquq va din kabi tushunchalar tushuniladi. Moddiy madaniyat avvalo ibtidoiy odamlarning mehnat qurollari, turar joylari, ust-boshlari, jangovar qurollari va uy-ro’zg’or buyumlarida ko’zga tashlanadi. Ibtidoiy odamlar eng avval oddiy toshva yog’ochdan qurol sifatida foydalanganlar. Keyinchalik esa yog’ochdan so’yillar, nayzalar, kamon va uning o’qlarini yasashgan. Tosh parchalaridan esa cho’qmoqlar, qirg’ichlar, tosh boltalar, kamon o’qi va nayza uchlariga paykonlar yasashgan. Ular hayvon suyaklaridan ham nayza, kamon o’qining uchlari, teshgich, bigiz, sanchqi va boshqa quroolar yasashni o’zlashtirganlar. Odamlarning ongi rivojlanib, bilim darajasi oshgani sari mehnat qurollari ham takomillashib borgan. Ular yetmirni kashf etganlaridagn so’ng undan qishloq xo’jalik qurollari-omoch tishi, ketmon, tesha, uy-ro’zg’or buyumlari va jangovar qurollar yasay boshlaganlar. Yog’ochdan esa omoch, mola, o’g’ir, hovoncha, arava va boshqa buyumlar yasaganlar. Ibtidoiy odamlar dastlab ochiq joylarda, g’orlarda, daraxt kovoklarida yashaganlar. Keyinchalik esa yerto’la, atrofi va usti qamish yoki teri bilan yopilgan chaylalar, panalar qurib yashaganlar. Bundan 8-10 ming yillar muqaddam paxsa va guvaladan yasalgan uylar, poleolit va jez davrlarida esa xom g’ishdan qurilgan uylarda paydo bo’lgan. Novdalar, xodalar, qag’ozlar, chim, loy, toshva boshqalar uy-joylar qurish uchun xom ashyo hisoblangan. Uy-ro’zg’or jihozlari novda, qayin po’stlog’i, bambuk, kokos, yong’oq po’chog’i, qovoq, yog’och, toshbaqa zirhi, loy, teri, suyak va boshqa narsalardan yasalgan. Oziq-ovqat xom ashyosi va tayyor ovqat ana shu narsalardan yasalgan idishlarga solingan. Oaqat dastavval qizitilgan toshlar yordamida yog’ochdan o’yilgan idishlarda pishirilgan. Ammo go’sht uzoq vaqt homligicha iste’mol qilingan, keyinchalik esa u tabiiy olovda pishirilib iste’mol qilingan. Yer yuzining ba’zi joylarida odamlar go’shtni qaynoq suvli tabiiy buloqlarda ham pishirib yeganlar. Kulolchilikning paydo bo’lishi ibtidoiy jamoa tuzumi davrining eng katta kashfiyotlaridan biri edi. Shu davrdan boshlab odamlar go’sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sopol qozonlarda pishirib yeganlar. Kiyim-kechak moddiy madaniyatning bir shakli bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzimining ancha keyingi davrida paydo bo’lgan. Ungacha esa odamlar yalang’och va yarim yalang’och holda yashaganlar. Qadimgi odamlar deb atalmish kishilar turli iqlim sharoitiga ko’ra barg, poxol, qamish, parranda patlari va hayvon terilaridan belbog’, peshband, yoping’ich sifatida foydalanib kelganlar. Odamlar jun va zig’ir kabi tabiiy toladan mato tayyorlaganlaridan so’nggina asl ma’nodagi kiyim-kechak paydo bo’lgan. Ayniqsa, odamlar shimol tomon siljib borishar ekanlar, badanni isitish, sovuqdan saqlanish uchun ehtiyoj sezib, katta-kichik mo’ynali va mo’ynasiz hayvon terilaridan issiq kiyimlar tayyorlaganlar. Chorvachilik rivoj topib, ularning junidan ip yigirish kashf etilgach, undan mato to’qilgan. Matodan esa zaruriy kiyim-kechak tayyorlangan. Ip yigirish, mato tayyorlash ibtidoiy jamoa tuzimining poleolit davriga to’g’ri keladi. Shu davrda ip yigirish charxi, kulolchilik dastgohi kashf etilgan. Bu to’qimachilik va kulolchilikning rivojiga katta turtki bo’lgan. Shunday qilib, uy-ro’zg’or buyumlari, mehnat, jangovar qurollar, uy-joy, kiyim-kechak va boshqa zaruriy narsalarning kashf etilishi ibtidoiy odamlarning kundalik mehnat faoliyati va amaliy bilimlarning natijasi bo’lgan. Moddiy madaniyat ma’naviy madaniyatga nisbatan juda qadimiydir. U kishilikning eng qadimgi davriga borib taqaladi. Kishilikning ma’naviy madaniyati moddiy madaniyatga nisbatan keiynroq paydo bo’lgan. Ma’naviy madaniyat ham dastlab juda sodda bo’lib, o’sha davr kishilarining mehnat faoliyati bilan chambarchas bog’liq edi. Ayrim olimlar ibtidoiy davr kishilarini vahshiy, nodon deb hisoblaydilar. Bu to’g’ri emas, albatta. Ibtidoiy odamlarning bilim darajasi dastlab ancha cheklangan edi. Ammo yashash uchun kurash jarayonida ular hayotni kuzatadilar va tajriba orttira boradilar. Ana shuning natijasida yangidan-yangi tasavvurlar va tushunchalar paydo bo’ladi. Tafakkur ham, til ham rivojlana boradi. Bu esa jamiyatning ma’naviy rivojlanishini tezlashtirib yuboradi. Qurol-yaroqlar tayyorlash, temirchilik, ovchilik, baliqchilik, chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik bilim va tajribaning to’rlanishi natijasida ularda o’simliklar haqidagi botanik bilimlar to’plangan. Ayni paytda ibtidoiy kishilar yovvoyi hayvonlarni ovlash jarayonida hayvonlarning qayerda ovqatlanishi, suv ichishi, yashashi, ko’payishi ham kuzatganlar. Bu bilan ular dastlabki zoologiya bilimiga asos yaratganlar. Chunonchi, hozirgi eng qoloq qabilalar ham o’zlari yashab turgan joyni va uning tevarak-atroflarini, hayvonlar va o’simliklar dunyosini yaxshi biladilar. Jahonning barcha ibtidoiy kishilari o’zlari yashab turgan joyni, u yerdagi o’simlik va hayvonlarni ancha yaxshi bilganlar. Chunki u yerdagi o’simliklarni yaxshi bilmay va hayvonlarning xulq-atvorini o’rganmay turib, tirikchilik qilish ancha qiyin bo’lur edi. Ibtidoiy kishilar ham tez-tez kasalikka chalinib turganlar. Bu davrda ham kasalliklarni davolash uchun o’sha zamonning o’ziga xos sodda tabobati bo’lgan. Ibtidoiy odamlar qadim-qadimdan boshlab kasalliklarni davolashda o’simliklar, mevalar shuningdek hayvonlar va mineral jismlardan foydalanganlar. Xalq tabobati deb ataladigan hozirgi zamon tibbiyotining negizlari qadim zamonlarda paydo bo’lgan. Ibtidoiy kishilar silash, uqalash usuli bilan ba’zi kasalliklarni davolashda frolbinlik, sehrgarlik va jodugarlik usullari ham qo’llanilgan. Ibtidoiy kishilar mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda tabiatni kuzatib, ob-havoni oldindan aytib berish qobiliyatiga ham ega bo’lganlar. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida tarbiyaga ham alohida e’tibor berilgan. Bolalarning yoshlikdagi birinchi tarbiyachisi onalar bo’lgan. Ular katta bo’lishgach qizlar, ayollar, bolalarga esa erkaklar tarbiyachilik qilganlar. Tarbiya o’sha davrdagi mehnat va hayot bilan chambarchas bog’liq edi. Ammo yoshlar hamisha kattalarning nazoratida bo’lganlar. Ibtidoiy san’at ma’naviy madaniyatning bir ko’rinishi bo’lib u ham ibtidoiy davrda kelib chiqqan. Ibtidoiy san’atning kelib chiqishi ham odamning mehnat faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lgan. Eng qadimgi va qadimgi odamlar ham san’atning nima ekanligini bilishmagan. Ibtidoiy san’at urug’chilik jamoasidan boshlab paydo bo’ldi va rivojlana boshladi. Ibtidoiy san’at xilma-xil bo’lib bir necha turga bo’linadi. Ularning bir turi suyak, tosh parchasi, shox, kulolchilik buyumlariga chizilgan belgilar, odam, hayvon va har xil narsalarning tasvirlaridir ibtidoiy san’atning ikkinchi turi gor devorlari va shiplariga qora, qizil ko’k sariq jigar rang oq bo’yoqlar bilan ishlangan har xil hayvonlar, chunonchi, sher, yo’lbars, qoplon, bug’i, karkidon, arxar, tog’ echkisi, yovvoyi buqa odam va boshqa narsalarning tasvirlaridir.Ibtidoiy san’atning ikkinchi turi g’or devorlari va ishlariga qora, qizil, ko’k, sariq, jigarrang, oq bo’yoqlar bilan ishlangan har xil hayvonlar, chunonchi, Sher, yo’lbars, fil, qoplon, bug’i, karkidon, arxar, tog’ echkisi, tur, yovvoyi buqa, shuningdek odam va boshqa narsalarning tasvirlaridir. Bunday tasvirlar Turon, Sahroi Kabir, Markaziy Osiyo va G’arbiy Yevropada ko’p uchraydi. Undagi ov, mehnat, jang va boshqa manzaralar kishi diqqatini o’ziga tortadi. Qoya toshlarning silliq sirtiga o’rib-o’yib, chizib, ishqalash usuli bilan ishlangan qoya tosh tasvirlari ham ibtidoiy san’atning bir turidir. Ular asosan yer yuzidagi tog’li joylarda ancha keng tarqalgan. Ularning ko’pchiligini ham hayvon, buyum, jangovar, mexnat qurollari va odamlarning tasvirlari tashkil qiladi. Qoya tosh tasvirlarida ibtidoiy kishilarning kundalik mehnat bilan bog’liq manzaralar keng urin olgan. Qoya tosh tasvirlarining ajo-namunalari Osiyo, Afrika va Yevropada ko’p uchraydi. Ibtidoiy san’atning yana bir turi haykaltaroshlik bo’lib, u ham urug’chilik jamoasining rivojlangan davrida paydo bo’lgan. Unda ko’proq ayollar, ozroq erkaklar, har xil hayvon va narsalarning haykal tasvirlari ham ko’pchilikni tashkil etgan. Ibtidoiy davrga mansub bunday haykalchalar, toshdan, suyakdan va boshqa buyumlardan ishlangan. Bu haykal-tasvirlar ham o’sha davr kishilarining mehnat faoliyati va e’tiqodi bilan chambarchas bog’liqdir. Sopol va boshqa buyumlarga chizilgan turli rasmlar ham ibtidoiy san’at turlaridir. Ibtidoiy san’atning turlaridan Yana biri niqoblardir. Uning kelib chiqishi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Niqoblar xozirgi zamon qoloq qabilalarda ham keng tarqalgan. Ibtidoiy odamlar va hozirgi qoloq qabilalar niqob tutash bilan ov paytida hayvon qiyofasiga kirishgan, dushmanlarini qo’rqitishgan va shu yo’l bilan o’zlarini himoya qilishgan. Musiqa, ko’shiq va o’yin ham ibtidoiy san’at turlaridan. Dunyoda biror halq yo’qki. Unda musiqa, ashula va o’yin bo’lmasin. Ibtidoiy davrda xalq og’zaki ijodiyoti keng rivojlangan edi. Uning dastlabki turi o’tmish haqidagi rivoyatlar va afsonalardir. Ammo doston, topishmoq va maqollar ibtidoiy jamoa tuzimining ancha keyingi davrida paydo bo’lgan va rivojlangan bo’lsa kerak. Shunday qilib, ibtidoiy san’at kishilarning dastlabki umumiy ijodiy bo’lib, u odamlarining mehnat faoliyati, ichki ruhiyatini va hatto diniy e’tiqodi bilan ham uzviy bog’langandir. Ibtidoiy kishilar dastlabki hyech qanday diniy tasavvur va e’tiqodni bilmaganlar. Diniy tasavvur va e’tiqod ibtidoiy jamoa tuzimining ancha keyingi davrlarida, bundan 50-40 ming yillar burun shakllangan. Ibtidoiy kishilar tevarak atrofdagi ayrim va voqyealarning sabablarini tushuna olmaganlar. Tabiatdagi turli hodisalar – quyosh va oyning chiqishi, ularning harakati, kun bilan tunning almashinuvi, qor, do’o, yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq, chaqmoq, o’simliklarning o’sishi, yer qimirlash va boshqa hodisalarning sir-asrorlari ibtidoiy odamlarga ma’lum bo’lmagan. Ibtidoiy odamlar bu hodisalarning negizida sirli, Gayritabiy kuchlar yashiringan deb o’ylaganlar. Ular ana shu g’ayritabiiy kuchlarga e’tiqod qilishgan. Ibtidoiy kishilar yer yuzi bo’ylab tarqalib, turli mintaqalarda istiqomat qilganlar. Ularning tirikchiligi ham har xil bo’lgan. Tabiatdagi xodisalar va tirikchilikning xilma-xilligi turli e’tikodlarning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Tabiat va jamiyat hodisalari bilan bog’langan ayrim tabiiy kuchlarga ishonish ibtidoiy e’tiqod deb ataladi. Uning totemizm, animizm, sehrgarlik, fetishizm kabi shakllari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ancha keng tarqalgan. Ibtidoiy e’tiqod shakllaridan biri totemizm tirikchilikning ovchilik va termachilik rivojlangan davrida paydo bo’lgan. Totemizm bu odamlar guruhi, jamoasining biror xayvon yoki o’imlik turi bilan g’ayritabiy qarindoshlik aloqasiga ishonishdir. Shunga muvofiq totem hayvon va o’simlik niholi darajada hurmat qilingan. Totemizmning ilk bosqichida totem hayvonni o’ldirish va go’shtini istemol qilish mann etilgan. Ular muqaddas hisoblangan. Bu hayvonning go’shti faqat urug’ning urf-odat marosimlari vaqtidagina iste’mol qilingan. Ko’pgina ibtidoiy qabilalarda totem hayvon sharafiga bayramlar o’tkazilgan. Totemizm sarqitlari ko’pgina halqlarda yaqin vaqtlargacha saqlanib qolgan. Ibtidoiy e’tiqod shakllaridan yana biri animizm bo’lib, u «ruh», «jon» degan ma’nolarni bildirgan. Animizm bu dunyoda ruhlar, jonlar shaklidagi g’ayritabiy kuchlarning borligiga ishonishdir. Odam, yer, o’rmon, suv, uy va boshqalarning ruhlari shular jumlasidandir. Urug’chilik jamoasining rivojlanishi munosabati bilan urug’ a’zolari, urug’ boshliqlari, jangchilari ruiga sig’inish kabi ajdodlarga sig’inish paydo bo’lgan. Rivojlangan ona urug’i davrida ayollarning martabasi oshadi. Tabiatning g’ayritabiy kuchlari ayollar nomi bilan ataladi. Ilk dehqonchilikning rivojlanishi munosabati bilan ona yerga sig’inish rivoj topadi. Ko’p xalqlarda oy, quyosh va yulduzlarga sig’inish ham kuchayadi. Ibtidoiy odamlarda sehrgarlik – odamning o’zining g’ayritabiy kuchlari ta’sir ko’rsata olish qobiliyatiga ishonishiga asoslangan amallari bo’lgan. U ibtidoiy odam hayotining hamma tomonlariga ta’sir o’tkazgan. Bu ibtidoiy davrga oid tasviriy san’atda ham o’z ifodasini topgan. Chunonchi, o’sha davrga oid bo’lgan bo’yoqli va qoya tosh tasvirlarida nayza sanchib yaralangan hayvon tasvirlari buning dalilidir. Bu bilan ovchilar bo’lg’usi ovning baroridan kelishini ko’zlab, o’zlariga u yoki bu hayvonni sehrlaganlar. Shunday qilib, e’tiqod ibtidoiy jamoa tuzumining ancha keiyngi davrida vujudga kelgan va jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlana borgan. Ma’lumki, O’zbekiston hududlarida odam zoti paydo bo’lganiga 1 million yil bo’ldi. Odam zoti mehnat qilish ko’nikmasini egallashi bilan san’at ham shakllana boshlagan. Yozuv paydo bo’lganiga IV-V ming yillarcha bo’ldi. San’at tarixi kursida O’rta Osiyoliklar madaniyati va san’atini paydo bo’lishi er.avv. XI-X ming yilliklardan boshlanadikim, bu qadimgi tosh davri – Paleolitdan boshlanib, mezolit, neolit asrlari uni qadimgi dunyosi madaniyati va san’ati sifatida o’rganiladi. So’ngra, O’rta Osiyoliklarni er.avv. III-I ming yilliklardagi madaniyati va san’ati, madaniyati va me’morchiligi o’rganiladi. Shundan so’ng, Osiyoning eng qadimiy davlatlaridan bo’lmish «Sug’d» va «Xorazm» madaniyati va san’ati va madaniyati tahlil qilinadi. Yana kurs mazmuniga O’rta Osiyo hududlarida shakllanib borgan Yunon-Baqtriya, Kushon, Afrosiyob, Samoniylar, Temuriylar va O’rta Osiyoda paydo bo’lgan Xeva, Buxoro, Qo’qon xonliklari madaniyati va san’ati kiradi. Kursning eng so’nggi mavzulari O’rta Osiyoga ruslarni bosib kelishi va ular bilan evropa madaniyati va san’atini kirib kelishi, uni 100 yildan ortiqroqdavrdagi milliy madaniyati va san’ati va madaniyat ustidan hukmronligi, bu davrdagi o’zbek madaniyati va san’ati madaniyati va me’morchiligining ahvoli o’rganiladi. Hozirgi zamon o’zbek madaniyati va san’ati, madaniyati va me’morchiligi o’rganilganda O’zbekiston mustaqilligi davridagi 10 yillik o’zbek madaniyati va san’ati, madaniyati, me’morchiligida erishilgan ulkan yutuqlar, mustaqillik yillarida yaratilgan san’at, me’morchilikning nodir asarlari misolida tahlil qilinadi. San’at tarixi belgilagan mazmunini o’rganish uchun bugungi kunda ancha materiallar va ilmiy-ashyoviy manbalar mavjuddirkim, ularni sistemali o’rganib borilsa, kurs o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishgan va o’z vazifasini bajara olgan bo’ladi. Ma’lumki, O’zbekiston madaniyati va san’atini shakllanishi qariyb X-XII ming yillargacha davrni ifoda etib, bu jahondagi eng qadimgi xalqlar madaniyati va san’atini o’rganishda asosiy manba bo’lib hisoblanadi. O’zbek arxeologiyasi izlanishlari va ular topgan ashyoviy dalillar o’rta tosh asri – mezolit (er.avv. X-VI minginchi yillar) davriga to’g’ri keladi. Bunga O’rta Osiyo territoriyasidan topilgan eng qadimiy suratlar, buyumlar, tosh va qoyalardagi bitiklar guvohlik beradi. Bunday topilmalar, suratlar va bitiklar Obshir, Mochay, Tutkalla, Jaytun, Kaltaminor, Zarao’tsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Zaramishsoy, Chadaksoy kabi manzilgoh va g’or, qoyalardan ko’plab topilgan. Bularning barchasi jahon xalqlari madaniyati va san’ati, madaniyatini o’rganishda ilmiy manbalar bo’lib xizmat qiladi. O’zbeklarning ota-bobolari yashagan qadimiy manzilgohlari Farg’ona, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent vohalaridan topilgan bo’lib, ularni tarixi yaqin 1 million yillargacha etib bormoqda. Bas, shunday ekan, bu o’lka jahon xalqlari yashagan eng qadimiy o’lkalardan bo’lib qolaveradi. So’nggi yillardagi arxeologik tadqiqotlar O’zbekiston territoriyasida odam zoti million yillarcha avvaldan yashab kelgan holda, ularning madaniyati va san’ati va madaniyati ham shunga ko’ra 10 ming yilarcha muqaddam shakllanganligi hyech kimda shubha uyg’otmaydi. Shuningdek, «Jaytun», «Kaltaminor», «Chust madaniyati», Amudaryo boyligi qadimgi dunyoning yaqin tarixiy davri er.avvalgi ming yilliklari madaniyati va san’ati va madaniyati o’rganiladi. Bu tadqiqotlar va topilmalar er.avv. IV-III ming yilliklarda O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekistonda tasviriy va amaliy san’atning turli buyumlari, kulolchilik, dizaynerlik va me’morchilik rivojlanganligidan dalolat beradi. Yer.avv. 1-ming yilliklarni boshlanishida O’rta Osiyoda san’at va madaniyat beqiyos o’sganligi isbot etuvchi yozma manbalar ham juda ko’pki, bular orasida «Ovesto»dek ilmiy manbalarni borligi bu davrlar madaniyati va san’ati va madaniyatini o’rganishda ulkan manba bo’lib xizmat qiladi. Yeramiz boshlariga va uning keyingi davrlariga oid manbalar Misr, Yunon, Xitoy, Mo’g’ul, Arab va evropada ko’plab topiladiki, ular orasida O’zbekiston madaniyati va san’ati va madaniyatini, shuningdek, jahon xalqlari madaniyati va san’ati va madaniyatini o’rganishga oid juda katta manbalar mavjud. O’rta Osiyo – O’zbekistonning o’rta asrlar davri madaniyati va san’ati ham jahon madaniyati va san’atini eng asosiy qismini ifoda etadikim, bu davrga oid Qadimgi Xorazm, Kushon, Samoniylar davri, Temur va Temuriylar davri alohida ahamiyat kasb etib, uni o’rganishga butun jahon san’atshunoslari bugungi kunda astoydil kirishganlar. Xullas, O’rta Osiyo – O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi jahon madaniyati va san’atining ajralmas qismi bo’lgan holda, unda alohida o’ringa va salmoqqa qurildi. O’zbekiston madaniyati va san’ati va me’morchiligini o’rganishning asosiy ilmiy manbalari. Ma’lumki, O’rta Osiyo er yuzining juda qadimdan madaniyati va san’ati, madaniyati rivojlangan mintaqalaridan biri bo’lgan. Chunki, bu mintaqada odam zotining ilk ajdodlari yashaganiga 1 minllion yil bo’lganligi haqida arxeologlar isbotiy materiallar topishgan. Ko’plab ilmiy-badiiy manbalarda ham O’rta Osiyoda juda qadimdan ibtidoiy odamlar yashagani, ularni madaniyati va san’ati, madaniyati ravnaq topganligi haqida ma’lumotlar beriladi. Ilmiy manbalar O’rta Osiyoda yozuv paydo bo’lganligiga 3-4 ming yillar bo’lganligini ham isbotlab beradi. Tarixiy ma’lumotlar va manbalarga ko’ra O’rta Osiyoliklarning buyuk asari «Avesto»ni yozilganiga 2700 yil bo’lib, u Xorazm tilida, oriy yozuvida bunyod etilgan. Tarix shohidkim, «Avesto» asarini yozilishi qadimgi Xorazmda yozuv paydo bo’lganligini to’la asoslab beradi. Shundan ko’rinib turibdiki, Xorazmda yozuv «Avesto» yozilmasdan avval ham mavjud bo’lgan. Bu yozuv oriy – oromiy yozuvi, - deb yuritilgan. Lekin bu yozuvda bitilgan ko’plab manbalar bizgacha etib kelmagan. Tarix shohidkim, O’rta Osiyoga bosqinchilik siyosati bilan kirib kelgan Makedonskiydan tortib, arab lashkarboshisi Qutayba, mo’g’ul xoni Chingizlar O’rta Osiyo xalqi yaratgan barcha manadiy boyliklar bilan birga ilmiy manbalarni yoqib, kulini ko’kka sovurganlar. Shunga qaramay o’lkamiz va xalqimizning o’tmish tarixi haqidagi ma’lumotlar qadimgi Yunon, Xitoy, eron, Mo’g’ul, Arab, Hind, hatto evropaning ko’plab qo’lyozma manbalarida saqlanib qolgan. Shuningdek, o’lkamizning ko’plab qadimiy manzilgohlarida qoya toshlarga o’yib, tabiiy ranglar bilan yozilgan qadimiy bitiklar va tasvir-rasmlar bizga juda qadimgi avlod va ajdodlarimiz haqida ilmiy-asosli ma’lumotlar beradi. Ularni barchasi O’rta Osiyo va bizning qadimiy ajdodlarimizning madaniyati va san’ati, madaniyati haqida anchagina keng tasavvurlar bera oladi. VIII-XI asrlarda yashab ijod qilgan Muhammad al-Farg’oniy (750-865), Muso al-Xorazmiy (780-850), Abu Nosir Farobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Ulug’bek (1394-1449) kabi fan allomalarimiz tomonidan yozilgan bir qator ilmiy asarlar bizning qadimiy san’at va madaniyatimizni, me’morchiligimizni o’rganishga imkon beradi. Shuningdek, O’zbekiston hududlarini arxeologik jihatdan tadqiq etgan o’zbek va evropa olimlari o’zbek xalqining qadimiy madaniyati va san’ati, madaniyati va me’morchiligi tarixi bo’yicha ko’plab ilmiy manbalarni ochib beradilar. Ma’lumki, O’rta Osiyo madaniyati va san’ati, madaniyati va me’morchiligi tarixini ilmiy asosda o’rganish XIX asrning II-yarmidan boshlanadi. Bunda ko’plab evropa arxeologlari, tarixchilari va san’atshunoslari qatnashadilar. V.Bertold, V.Jukovskiy, N.Vsespovskiy, A.Kun, V.Vyatkin, I.Poslavskiy, N.Ostroumovlar va eng birinchi mahalliy arxeologlardan A.Asqarov, M.Mirmuhamedovlar O’zbekistonda dastlabki arxeologik tadqiqotlar o’tkazadilar va qator ilmiy xulosalar beradilar. So’nggi yillarda O’zbekistonda o’zbek xalqining qadimiy tarixi, madaniyati va san’ati, madaniyatini o’rganish bo’yicha S.Tolstov, M.Masson, A.Okladnikov, M.Gerasimov, A.Yakuboaskiy, Ya.G’ulomov, A.Bernshtam, B.Latinin, V.Shishkin, G.Pugachenkova, L.Relpen kabi ko’plab mashhur arxeolog, tarixchi, san’atshunoslarning xizmatlari katta bo’ldi. So’nggi yillarda o’zbek arxeolog olimlardan A.Asqarov, U,Islomov, A.Muxammadjonov, R.Sulaymonov, N.Ne’matov, I.Axrorov, X.Oltmishboyev, O.Berdiyev, M.Kosimov, T.Mirsoatov, M.Jo’raqulov, B.Matboboyev, A.Anorboyev, T.Shirinov kabilar o’zbek madaniyati va san’ati, madaniyati va tarixini o’rganishda yangidan-yangi ilmiy manbalarni bunyod etmoqdalar. Xulosa qilish mumkinki, o’zbek xalqining ko’xna tarixi, uning qadimiy madaniyati va san’ati, madaniyati va me’morchiligi tarixini o’rganish uchun bizga moziydan meros bo’lib qolgan «Ovesto» asaridan boshlab, juda ko’plab ilmiy-yozma manbalar mavjud. Bu manbalar mustaqilligimiz sharofati bilan obyektiv haqqoniy, to’g’ri o’rganishga imkon yaraldi. Shuningdek, bu ilmiy manbalar yangi tadqiqotlar asosida to’ldirilib, kengaytirilib borilmoqda. Bularning barchasi o’zbek xalqi tarixini, madaniyati va san’ati va madaniyatini uning paydo bo’lishi davridan boshlab o’rganish imkoniyatini beradi. O’zining yana qayta rivojlanish davriga kirib bormoqda. Ayniqsa, Toshkent binolarini bezatilishida juda katta talab bo’lmoqda. Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmualari qurilishi va beza-tilishida yog’och va ganch o’ymakorligi keng-ko’lamda ishlandi. Naqqoshlik gumbazlar, intererlar, shiftalrni bezatishda keng qo’llanilmoqda. Eshik, deraza, ustun va peshtoqlarni bezatishda yog’och o’ymakorligidan foydalanilmoqda. Mustaqillik yillarida Toshkentda, viloyatlarning markazlarida qurilayotgan ma’muriy va jamoat binolarini bezatishda asosan naqsh yog’och va ganch o’ymakorligidan keng foydalanilmoqda. O’zbek naqqoshligi madaniyati va san’ati bilan bugungi kunda M.To’rayev, A. Ilxomov, S.Maxmudov, X.Nuraliyev, S.Shukurov, A.Akparov, R.Zoxidov kabilar shug’ullanib kelmoqdalar. Mustaqillik yillarida amaliy san’atning kandakorlik, zargarlik sohasi ham juda sermazmun rivojlandi. Kandakorlik madaniyati va san’atini chuqur o’ymalash, sayoz o’ymalash, kesma uymalash uslublari qayta tiklanib, chiroyli servizlar, qumg’on, obdasta, choynak, chashkilarin bezatishda keng qo’llanilmoqda. Kandakorlik bugungi kunda Toshkent, Buxoro, Marg’ilon, Xorazm shaharlarida yaxshi rivojlanmoqda. Buxoroda bugungi kandakorlik ustaxonasida 200 dan ortiq ustalar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Bu sohada A.Madaliyev, Z.G’ofurov, D. Xolidova, G.Raxmatova, U.Aliyev, B. Bobojonov, U. Masharipovlar o’zbek kandakorligiga o’zlarini munosib ulushlarini qo’shib kelmoqdalar. O’zbek zargarligi ham o’zining uzoq tarixiga ega bo’lib, bu san’atni bugungi kunda qadimiy an’analar asosida G.Yo’ldasheva, R. Muxametishin, M.Nazirxonov, Sh.Nizomov, I.Olimov, G.Tosheva kabi rassom-ustalar ijod qilib kelmoqdalar. Mustaqillik yillarida amaliy san’atni badiiy matolar to’qish, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, do’ppido’zlik, pichoqchilik kabi turlari ham qayta tiklanib, rivojlanish yo’liga kirib bormoqda. Download 276.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling