Maxam-chirchiq


Download 22.95 Kb.
bet4/6
Sana13.11.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1771309
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YAKUNIY TAQDIMOT

Beshinchidan-yoshlar siyosatida ommaviy targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish, bunda, korxonada olib borilayotgan yoshlar siyosatini ochiqligi va shaffofligini ta’minlash deb bilaman. Chunki bugungi kunda insoniyat ongiga ta’sir ko’rsatishning eng oson yo’li bu, ommaviy targ’ibot vositalari, asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali. Bundan maqsad korxonada olib borilayotgan siyosat, tashkillashtirilayotgan har qanday tadbir, tanlov, uchrashuvlar, korxonadagi muammolar va boshqalar haqida hammaga bir xil ma’lumot yetkazish. Sababi bu narsalarni bekitishdan foyda yo’q, aksincha ommaga yetkazishimiz kerak. Shundagina chin ma’nodagi shaffoflikga erishish mumkin va shu qatorda har qanday vaziyat va muammolar haqida barchaning birdek xabardor bo’lishi, uning yechimini qisqa muddatda hal bo’lishiga asos bo’la oladi deb o’ylayman.
7. Tashkilot yetakchisi sifatida amalga oshiradigan vazifalarim shulardan iboratki:
Birinchidan-korxona yoshlarini qo’llab-quvvatlash, bunda, korxonaning har bir yosh hodimlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularda o’zlariga bo’lgan ishonchni uyg’otish, mehnat faoliyatini olib borishda ularga sharoit yaratish, rahbariyat tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash, muammolarini hal qilishda amaliy yordam berish va ommaviy tadbirlarda faol bo’lishlarini ta’milash kerak deb bilaman.

Ikkinchidan-Iste’dodli va iqtidorli yoshalarni izlash, buning uchun yoshlar yetakchilari bilan birgalikda har bir yosh mutaxassislarni ish faoliyatini nazoratga olgan holda ular orasida iqtidorli yoshlarni aniqlab, “Iqtidorli yoshlar” guruhiga a’zo qilishimiz kerak. Ularning dunyo qarashini kengaytirishimiz kerak. Bu har ikkala tomonga foyda deb o’yliman, sababi korxonada qancha yosh va yetuk mutaxassislar faoliyat yuritsa, shunchalik ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo’ladi.


Uchinchidan-rahbariyat va yoshlar o’rtasida ochiq muloqotlar o’tkazish, bundan asosiy maqsad, nafaqat yosh hodimlarimiz balki barcha ishchi hodimlarimizni fikrlarini, taklif va e’tirozlarini bilishimizga yordam beradi. Ularning rahbariyatga bo’lgan ishonchalarini uyg’otishga va rahbariyat tomonidan ularga bo’lgan e’tiborsizlikni oldini olishga va ancha muammolarimizni ham xal bo’lishida juda katta yordam beradi deb o’ylayman.



Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling