Maxfiy ma’lumotlar Ma’lumot turlari haqida Ma’lumot modellari
Download 51.91 Kb.
|
otoxon axborot xavfsizligi - копия (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sonli tiplar
- Butun tiplar
2. Malumot turlari
Ma’lumotlar toifasi – bu o’zgaruvchilarning turi va xotiradan qancha joy egallashini belgilab beruvchi kerakli omil. Foydalanilgan o’zgaruvchiga to’g’ri tipni belgilash muhim vazifalardan biridir. Sababi bu orqali biz, yaratayotgan dasturimizda yuzaga keladigan ba’zi bir muammolarni oldini olishimiz, eng asosiysi vaqt tejalishi va dasturning xotiradan kamroq joy egallanishiga erishishimiz mumkin. C# dasturlash tili keng ko’lamdagi ma’lumotlar toifasini o’zida mujassamlashtirgan. Quyida bir nechta ma’lumotlar toifasiga birikkan holatda o’zgaruvchilarni hosil qilishni ko’rishimiz mumkin: string stringVar = "Salom Dunyo!!"; int intVar = 100; float floatVar = 10.2f; char charVar = 'A'; bool boolVar = true; C# da ma’lumotlar toifasi asosan 2 turli bo’ladi: qiymatli(value) va ma’lumotli(reference). Value turdagi toifalarga – odatiy tiplar(sonli(int , float, double…), mantiqiy(bool), belgili(char) va matnli(string)) , enum turlari va strukturalar kabilar kiradi . Reference turdagi toifalar o’z ichiga – classlar, interfeys, delegatlar hamda massiv turlarini oladi. Klassifikatsiya C# da oldindan tashkil qilingan bir qancha tiplar mavjud. Quyidagi jadvalda ulardan ba’zilarini ko’rishimiz mumkin. // compile time error: Cannot implicitly convert type 'long' to 'int'. int i = 21474836470 Sonli tiplarSonli tiplar o’z o’rnida ikki turga bo’linadi: butun(integer) va haqiqiy(floating point). Butun tiplar – barcha butun, musbat va manfiy (52, -52, 0) sonlarni o’zi ichiga oladi. Bularga misol tariqasida – byte, short , int , long , int32, int64 larni olishimiz mumkin. Haqiqiy tiplar – o’zlarida kasr(1.2, -2.3, 10.5) sonlarni aks ettiradi. Misol uchun : float, double, long double kabi tiplar. C# dasturlash tilida sonli tiplar ko’p bo’lishiga qaramay, int(butun) va double(haqiqiy) tiplari ko’proq foydalaniladi. Quyidagi ko’rinishda sonli tiplarga doir toifalarni ko’rishimiz mumkin. Butun tiplarButun tiplar – barcha musbat va mandiy butun sonlarni o’z ichiga oladi. C# da butun tiplar oilasida 4 ta tip mavjud: byte, short, int , long. Byte byte tipi 0 dan 255 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi, xotiradan 8 bitni egallaydi hamda Byte strukturasiga tegishlidur sbyte tipi ham byte tipi bilan bir xil , lekin u -128 dan 127 gacha manfiy sonlarni ham o’zida saqlaydi. sbyte – Sbyte strukturasidan o’rin olgan . byte b1 = 255; byte b2 = -128;// compile-time error: Constant value '-128' cannot be converted to a 'byte' sbyte sb1 = -128; sbyte sb2 = 127; Console.WriteLine(Byte.MaxValue);//255 Console.WriteLine(Byte.MinValue);//0 Console.WriteLine(SByte.MaxValue);//127 Console.WriteLine(SByte.MinValue);//-128 Short short tipi -32,768 dan 32,767 gacha bo’lgan sonlarni o’zida jamlaydi, xotiradan egallanadigan joy 16 bit. Int16 stukturasini ichida joylashgan. short tipiga o’xshash ushort tipi ham mavjud. Bu tip 0 dan 65,535 gacha sonlarni qabul qiladi. UInt16 strukturasida joylashgan. short s1 = -32768; short s2 = 32767; short s3 = 35000;//Compile-time error: Constant value '35000' cannot be converted to a 'short' ushort us1 = 65535; ushort us2 = -32000; //Compile-time error: Constant value '-32000' cannot be converted to a 'ushort' Console.WriteLine(Int16.MaxValue);//32767 Console.WriteLine(Int16.MinValue);//-32768 Console.WriteLine(UInt16.MaxValue);//65535 Console.WriteLine(UInt16.MinValue);//0 Download 51.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling