III BОB. JISMОNIY MADANIYAT MUTAXASSISLARINI TAYYОRLASH MEXANIZMINI MОDERNIZATSIYALASH YO‘LLARI - 2.2. Jismоniy madaniyat mutaxassislarini kasbiy faоliyatga tayyоrlash vоsitalari
- 3.3. Jismоniy madaniyat mutaxassislarini
- tayyоrlash jarayоnini mоdellashtirishning pedagоgik xususiyatlari
- Uchinchi bobda
- Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorligini ta’minlash ularning mutaxassislikni o‘qitish ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalar asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘quv-metodik ta’minotining zamonaviy talablar mos va muvofiqligiga bevosita bog‘liq. Demak, jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarni kelgusi kasbiy faoliyatga tayyorlashning muhim omillaridan biri sifatida o‘quv-metodik ta’minotini e’tirof etish mumkin. Shuningdek, o‘quv-metodik ta’minot ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya jarayonini to‘liq va samarali tashkil etish hamda o‘tkazishga asoslangan davlat ta’lim standarti, malaka talab, o‘quv reja va dasturlar, shunga muvofiq tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmualar, o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan zamonaviy yondashuvlar asosida o‘quv materiallar (darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, metodik tavsiya, didaktik materiallar, o‘quv-metodik vositalar) majmuasi tarzida taqdim etilishi lozim. Zero, qisqa qilib aytganda, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy kopetentligini oshirishda o‘quv-metodik ta’minotining jamlammasi kelgusida amaliyotda qo‘llaniladigan ta’lim jarayonining tizimli tashkil etish uchun zaruriy pedagogik shart-sharoit yaratadi.
- Maqsad: jismoniy madaniyat mutaxassislarini tayyorlash mexanizmini takomillashtirish orqali zamonaviy raqobatbardosh kadrlarni jamiyat ta’limiga yetishtirish.
- Ta’lim jarayonini amalga oshirish shartlari
- Kasbiy-malakaviy tavsif:
- -bilimlar;
- -ko‘nikmalar;
- -malakalar;
- -qiyosiy tahlil;
- -xulosa;
- -baholash.
- Mazmuni:
- -kasbga yo‘naltirilgan bilimlar;
- -ta’lim tizimida o‘quv-metodik ishlar;
- - ta’lim muassasalarida ommaviy sport ishlari;
- -jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish ishlari;
- -mutaxassislikda tarbiyaviy ishlar;
- -ilmiy-tadqiqot ishlari;
- -targ‘ibot-tashviqot ishlari.
- Shakllari:
- -muammoli seminar;
- -konsultatsiya;
- -suhbat;
- -munozara;
- -kengash;
- -binar;
- -konfrensiya.
- Talabaning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik rejasining natijalari
- Mutaxassislik faoliyatiga qiziqish
- Kelgusida mutaxassislik faoliyatda o‘sishga motivatsiyaning shakllanganligi
- Mutaxassislik faoliyatida qo‘llanadigan metodikalarni bilish
- Egallangan bilimlarni pedagogik amaliyot davrida qo‘llay olish qobiliyatini rivojlanganligi
- Talabalarda mutaxassislik sifatlarini shakllantirish
- Talabalarni o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish kompotentlarini shakllanganligi
- Mutaxassislik faoliyatini sifatli olib borish
- Talabalarning kasbiy faoliyat yuritishga ijodiy yondashishi.
- Talabalarning mutaxassislik faoliyatiga tayyorlik ko‘rsatkichi
- NATIJADA:
- . Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida mutaxassislik faoliyatini olib borish malakalariga ega bo‘ladi.
- . Mutaxassislik faoliyatida yuzaga keladigan turli muammoli vaziyatlarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga tayangan holda bartaraf etish yo‘llarini biladi.
- . O‘quv jarayonini tashkil etishda tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarning yosh-gender, fiziologik hamda psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv mashg‘ulotlariga ijodiy yondasha oladi.
- . Ta’lim tizimida mutaxassislikga oid zamonaviy yondashuvlarni ta’lim amaliyotiga singdirish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |