Maxmudxo`ja Behbudiyning hayot faoliyati. - Buyuk ma'rifatparvar alloma, yozuvchi, dramaturg va jamoat arbobi Maxmudxo`ja Behbudiy 1875 yilning 19-yanvarida Samarqand shahri Siyob tumanidagi Baxshitepa qishlog`ida, ruhoniy-ziyoli oilasida dunyoga keladi. Otasi imom-xatib, o`qimishli, ma'rifatli kishi bo`lib ilm-fanga ihlos bilan qaragan. Oiladagi muhit undagi ma'rifat, adabiyot va ijtimoiy hayotga bo`lgan qiziqishning kuchayishiga imkon tug`dirdi. Behbudiyning otasi islom huquqshunosligi bo`yicha yirik mutaxassis bo`lib, bu borada ko`plab kitob va risolalar yaratgan edi. Bu, o`z navbatida, Mahmudxo`jaga ta'sir o`tkazmay qolmadi. U keyinchalik bu haqda so`zlab, maqolalaridan birida otasi yozgan "hidoya", "Islom huquqiga sharhlar" asarining o`z taqdirida katta rol' o`ynaganini alohida qayd etgan. Maxmudxo`ja 6-7 yoshlarga yetganda ziyoli tog`alari- Muhammad Siddiq va Mulla Odil yordamida xat savod chiqardi.
" Behbudiy kitob savdosi va kutubxona ishining asoschisi" - Behbudiy (1875-1919) 20 asr boshlarida Turkiston xalqlari ma'rifati, madaniyati, tarixi, iqtisodi, savdo-tijorati, kelajagi haqida juda katta g`amxo`rlik qilgan, butun xayoti-yu, faoliyatini shu xalq baxt-saodati uchun kurashga bag`ishlagan buyuk ajdodlarimizdan biridir... O`z xayoti, faoliyati bilan Turkiston xalqlari tarixida milliy uyg`onish deb atalagan mazkur jarayonga zo`r ijobiy ta'sir ko`rsatgan Behbudiy tez orada katta obro`-e'tiborga ega bo`ldi.
Turkistonda jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri - Turkistonda jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri, yangi davr milliy madaniyatining asoschisi, atoqli dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi Mahmudxo`ja Behbudiy milliy kutubxonachilik ishi, noshirligi va kitob savdosining rivojlanishiga, oddiy xalq o`rtasida ilmiy bilimlarni tarqatish ishiga ulkan hissa qo`shdi. Mahmudxuja Behbudiy xayoti davomida yuksak darajada bilimdonlik, xalqqa ma'rifat va ziyo tarqatish uchun o`zining bor kuchi va xayotini baxshida etishga intilgan. Behbudiy shunchaki ma'rifatchilikning nazariyotchisi va targ`ibotchisi emas, balki butun Turkiston zaminida axborot va bilimlar tarqatishning izchil tizimini yaratgan shaxs edi. Uning birgina publitsistik merosi har yil xisob kitoblarga qaraganda 200tadan 300 tagacha maqolani o`z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |