Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi
Musobaqalarga saralashni tashkil qilish usullari
Download 1.97 Mb.
|
Дилдора БМИ
1.3. Musobaqalarga saralashni tashkil qilish usullari
Ko‘pgina futbolga layoqatlilar ichidan istiqbolilarini tanlash maqsadida bolalar va o‘smirlarni o‘rganish jarayonida quyidagi savollarga javob berish lozim: jismoniy qobiliyatlar rivojida bolalar va o‘smirlarning ehtimoldagi imkoniyatlari qanday, har bir o‘smir o‘spirin yoshiga kelib qanday ishchanlik qobiliyati darajasiga ega bo‘ladi; har bir o‘smir ta’lim jarayonida shaxsiy iqtidor xususiyatlarini qanchalik tez va samarali qo‘llay oladi; musobaqa sharoitlarida guruhli texnik-taktik harakatlarga nisbatan individual harakatlarni dasturlash va amalga oshirish, o‘yin vaziyatlarini baholashda o‘smirlarning orttirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini qanchalik samarli qo‘llay oladilar; raqiblar va sheriklar harakati, voqealar ehtimolini bashorat qilishda o‘smirlarning qobiliyatlari qay darajada; har bir o‘smir qanday funksional imkoniyatlar darajasiga erishishi mumkin va ularning har birini ulardan keyin tiklanish muhim bo‘lgan jismoniy, ruxiy yuklamalarni uddalay olish qobiliyatlari qanday; o‘smirlarning shuxratparastligi qanchalik. Futbolga nisbatan qiziqishi qanchalik chuqur va barqaror. Shaxsning psixofiziologik sifatlarini rivojlanishiga nisbatan istiqbollari qanchalik; mashg‘ulot va musobaqa jarayonida vujudga keladigan turli noxush omillarga o‘smirning qarshi kurash qobiliyatini qanchalik rivojlangan va takomillashadimi; o‘smirda mashg‘ulot va musobaqa vazifalarini ijodiy hal qilishga intilishi rivojlanadimi; o‘smirda o‘quv va o‘yin faoliyatiga shaxsiy tanqid qobiliyati va intilishi rivojlanadimi; bilim va ko‘nikmalarni orttirishda o‘smirning faolligi qanday; mashg‘ulot, musobaqa jarayonida o‘smirning harakat faolligi va tajovuzkorligi qanday; o‘smirda oxirgi daqiqalargacha har bir raqib bilan kurashish va g‘alabaga intilish hissi qanchalik rivojlangan. Bolalar va o‘smirlarning individual qobiliyatlarini baholash, ularning futbolga loyiqligini va istiqbolini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kompleksiga tayangan bo‘lishi kerak. Saralash jarayonida shaxsniy muhim sifatlari holatidan kelib chiqib, har bir o‘smir kanday o‘zgarayotganiga e’tibor bermaslikni iloji yo‘q. Saralash samaradorligi ko‘p jihatdan futbol mashg‘ulotga layoqat, qobiliyatlarni bashorat qilish uslubiyatlari va albatta uslubiyatlarning bashorat qiymati ishochliligiga bog‘liqdir. Bundan kelib chiqadi, har bir uslubiyat aniq sifatlarni tavsiflashi kerak. Har bir o‘smirning qobiliyati haqida foydali va iloji boricha aniq ma’lumot olish uchun tadqiqotning kompleks uslubiyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Saralashda alohida qimmatga ega: o‘smir shaxsining sifatlari va xususiyatlarini baholash, futbolga nisbatan qobiliyati haqida mulohaza yuritish imkonini beruvchi pedagogik kuzatuv. o‘smirlar salomatligi, organizm tizimlaridagi funksional qo‘zg‘alishlar, jismoniy rivojlanish dinamikasi haqida mulohaza yuritishga yordam beruvchi tibbiy tekshiruvlar; o‘smirlarning jismoniy qobiliyatlarini va ularning rivojlanish tempini tavsiflovchi nazorat sinovlari; psixologik zo‘riqish faoliyatida jismoniy ishchanlik qobiliyatini va yuklamadan keyin tiklanish qobiliyatini baholash uslubi; psixofiziologik sifatlar va shaxs xususiyatlarini baholash uslubi; maxsus qobiliyatlarni ularning rivojlanish tempini baholash uslubi; o‘yin faolligi va tajovuzkorlikni baholash uslubi; harakat ko‘nikmalarini so‘ndiruvchi omillarga nisbatan barqarorlik haqida mulohaza qilishga imkon beruvchi uslublar. Deyarli barcha bolalar futbolga loyiqligiga qaramay, ularning deyarli har biri o‘yin asoslarini o‘zlashtirish holatida mashg‘ulotlarga jiddiy munosabatga kelganda, xammasi ham futbolni o‘rganishda yuqori iste’dod va iqtidorni namoyon eta olmaydi, o‘yin vaziyatlarida еtarli darajada kurashuvchanlik va beqarorlikni ko‘rsatadilar. Aynan shunday bolalar va o‘smirlar mezoni murabbiy e’tiborini tortishi lozim. Saralash vazifalaridan kelib chiqib, futbol amaliyotida qisqa vaqtli kabi davomli saralashlar qo‘llanilishi mumkin. Uzoq vaqt davom etuvchi saralash, avval tanlash maqsadida, so‘ng futbolga qobiliyatlilarni layoqat bo‘yicha taqsimlash va eng iste’dodlilarni omma ichidan aniqlash maqsadida maxsus sinflarda, maktablarda, maxoratlilar jamoasida tayyorgarlik guruhlari, BO‘SM da o‘tkaziladi. Qisqa vaqt davom etuvchi saralash, “Charim to‘p” va boshqa klub musobaqalarida ishtirok etish uchun maktablarda, lagerlarda terma jamoaga nomzodlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Saralash davomiyligi bir necha kundan bir yoki ikki xafta orasida tebranishi mumkin. Dastlabki bosqich saralashning birinchi pag‘onasi hisoblanadi. U bir yil davom etadi va o‘z ichiga ikki davrni oladi. Birinchi davr -qisqa. Uning asosiy vazifasi maxsus tashkil etilmagan (bino xovlilari, plyajlar) va tashkil etilgan mashg‘ulotlar, sinovlar (maktab, lager, stadion) turli ommaviy musobaqalar va o‘yinlar jarayonida bolalarni kuzatish va futbolga layoqatli nomzodlarni tanlab olish maqsadida o‘tkaziladi. Dastlabki bosqichning ikkinchi davrida nomzodladagi kuyidagi hislatlar o‘rganishda davom etadi: maktab davomati, psixofiziologik sifatlar va shaxs xususiyatlari, jismoniy qabilyatlarning rivojlanish tempi, texnik-taktik harakatlarni o‘rganish qobiliyati va ularni o‘yinda qo‘llash; kasalliklarga barqaror. Aniqlovchi bosqich saralashning ikkinchi pag‘ona hisoblanadi. Uning davomiyligi bir yildan kam bo‘lmasligi lozim. U futbol uchun istiqbolli, iste’dodli nomzodlarni ajratib qobiliyatlariga ko‘ra o‘smirlarni taqsimlash bilan yakunlanadi. Bu bosqichda quyidagilar o‘rganiladi; bolalar va o‘smirlarning umumta’lim maktablaridagi davomati, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, kuvvatni differensiyalash qobiliyati, harakatlarning muhitdagi vaqt tavsifi, asosan to‘p bilan harakatlanganda,o‘yin texnikasi va taktikasini o‘rganish va takomillashish qobiliyatlari, jismoniy ishchanlik fobilyati va yuklamadan keyingi tiklanish tezligi, tanqid tahlil qilishga talab, mashg‘ulot jarayonida ijodiy faollikka intilish hamda yosh sportchilarning kommunikabelligi va ularning hujum va himoya vazifalarini hal etishda sheriklar bilan o‘zaro munosabat qobiliyati. O‘smirlarni futbolda qobiliyatlar va istiqbollari bo‘yicha taqsimoti saralashning yakuni hisoblanadi. O‘smirlarni shaxsiy sifatlari holatidan kelib chiqib, ularning qobiliyatlari tavsiflarini bashoratlash, saralash a futbol mashg‘ulot jarayonida eng muhim zveno hisoblanadi. Nazorat sinovlarini ochkolarda, ballarda yoki boshqa birliklarda aks ettirilishi, murabbiylarga saralash xulosasini to‘g‘ri chiqarishga, unda ishtirok etganlar imkoniyatlarini to‘g‘ri baholashga, ko‘p sonli bolalar ichidan eng isste’dodlilarni ajratib olishga yordam beradi. Futbolga hos iste’dod alomatlari quyidagilar hisoblanadi: yuqori darajada rivodlangan jismoniy qobiliyat; vaqt muhitini, mushak kuchini his etish, o‘yinning texnik-taktik usullarini egallash tezligi; musobaqalarning murakkab vaziyatlarida to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati; musobaqaning o‘yin paytdagi holatlariga ta’sir qiluvchi maxsus harakatlar tezligi; yuqori o‘yin faolligi va tajovuzkorlik, o‘yinning taktik vazifalarini orginal va samarali hal qilishga imkon beruvchi alohida usullarni bajarlish texnikasiga yuqori rivojlangan qobiliyat; qobiliyatlarni yuqori tempda rivojlanishi. Iste’dodli o‘smirlar guruhga qabul qilinishlari uchun, futbolda istiqbollarini aniqlovchi sinovlarda maksimal ochko to‘plashlari lozim. Qobiliyatlilar mezoniga saralashda ishtirok etayotganlarning ko‘pchiligi kiradi. Qoida bo‘yicha ular turli layoqat egalaridir va futbolga nisbatan qobiliyatlari ham hilma-hil. shaxsiy sifatlar tavsifi, to‘plangan ochkolardan kelib chiqib – ular o‘quv-mashg‘ulot va msobaqalarni davom ettirish uchun guruhlarga qobiliyatlari bo‘yicha bo‘linadilar. Lekin murabbiylar, o‘smirlarning futboldagi istiqbollarini o‘rganishdi davom ettiraveradilar, chunki guruh tarkibida o‘zgarishlar sobir bo‘lishi mumkin – bir guruhdan boshqasiga o‘tish. Agar saralash mumammosi mingtadan yuztani ajratishga to‘g‘ri kelgan vaziyatlarda va har bir o‘smirni har tomonlama o‘rganib chiqishning ilojisi bo‘lmasa, nazorat mashqlar, sinovlarning bajarilish ko‘rsatkichlari, tibbiy tekshiruv ma’lumotlarini qat’iy hisobi juda zarur. U, sinovlar majmuasini qo‘llanilishi bo‘yicha natijalarda o‘smir o‘rnini aniqlaydi. Bunda, ushbu aniq guruhlarda o‘smir o‘rnini belgilovchi ayrim nisbiy baholar hamda rang ko‘rsatkichlarini aniqlash bilan qoniqish hosil qilinadi. Masalan: A, B va V futbolchilar oltita sinovda 3,45,21,38.40,14 – o‘rin; 2,7,11,42,37,12 – o‘rin va 5,49,41,39,42,15 – o‘rinlarni egalladilar. O‘smirlar egallagan o‘rinlar summasi 161 (A), 111(B), 191(V) futbolchilarning rang ko‘rsatkichlarini tashkil qildi. Bu usul (ranjirovka) saralash qatnashchilarini egallagan o‘rin bo‘yicha taqsimlashga yordam beradi. Ranglarga ajratish usuli juda oddiy bo‘lib, afzalligi ham shundadir. Lekin bunday ranjirovkaning ayrim kamchiliklari ham mavjud. Ularda futbolni tez o‘rganish, musobaqalarda yuqori natijalar ko‘rsatish, jamoaga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan alohida sifatlar va qobiliyatlar ahamiyati hisobga olinmaydi. Ikkinchi usul, o‘yin faoliyati uchun futbolchiga zarur bo‘lgan sifat va xususiyatlarni namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq sinovlarda yuqori o‘rinni egallagan o‘smirlarni mukofotlashga asoslangan. Variant. 75-100 ta o‘smirlar musobaqasida qo‘llanladi (1-jadval). 1-jadval.
Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling