Maxsar o’simligining- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi


Download 18.7 Kb.
bet2/5
Sana07.03.2023
Hajmi18.7 Kb.
#1246146
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maxsar -sistematikasi, morfologiyasi Efirmoyli ekinlar morfologiyasi

O‘g‘itlash. Maxsar o‘g‘itlashga juda talabchan. Lalmikorlikda nambilan ta’minlangan mintaqada N30R60 kg/ga solish hosildorlikni 4-5ts/ga oshiradi.
Ekish. Ekish uchun tozaligi 95 %, unuvchanligi 85 % dan kam bo‘lmagan urug‘lardan foydalaniladi. Maxsar juda erta bahori don ekinlari bilan bir vaqtda ekib boshlanadi. Maxsarni qator oralari 30 va 45 sm qilib ekish keng tarqalgan.
Ekish me’yori 10-12 kg/ga. Ekish chuqurligi 5-8 sm.Parvarishi maysalarni ko‘ndalangiga boronalash, qator oralarini3-4 ishlashdan iborat. Sug‘oriladigan yerlarda 3-4 sug‘oriladi. Sug‘orishme’yori 600- 800 m3 / ga.
Hosil bir fazali usulda, to‘la pishish fazasida qayta jihozlangankombaynlarda o‘rib yanchib olinadi.Kunjut nam tuproqqa, urug‘ ekiladigan qatlamga 15-160S qiziganda,qator oralari 45,60,70 sm qilib ekiladi. Ekish me’yori 5-8 kg/ga. Ekishchuqurligi 2-3 sm. Urug‘lar ekilgandan keyin tishli g‘altaklar bilang‘altaklanadi. O‘suv davrida qator oralari 3-4 marta ishlanadi. Qalinbo‘lsa 6-7 sm ga bir tup o‘simlik qoldiriladi, yagona qilinadi.
Sug‘oriladigan yerlarda kunjut ikki marta shonalash va yoppasigagullash fazalarida sug‘oriladi. Tuproq iqlim sharoitiga qarabsug‘orishlar soni uchtaga yetkazilishi mumkin. Sug‘orish me’yori 700-1000m3/ga. Ekish oldidan tuproq qurigan bo‘lsa ekish oldi sug‘orishio‘tkaziladi.
Kunjut urug‘lari yetilganda to‘kiladi. Shuning uchun hosilniyig‘ishtirish pastki ko‘sakchalar qo‘ng‘ir rangga kirganda, ammo hali yorilmaganda, urug‘lar o‘zining haqiqiy navga xos rangiga kirganda boshlanadi. Hosilni ikki fazali usulda yig‘ishtirish eng samarali.
Saralangan, tozalangan urug‘lar namligi 9 % dan ortiq bo‘lmaganholda saqlanadi.
Yeryong‘oq o’simligining- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi Yeryong‘oq– Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekistonda keng tarqalgan qimmatli moyli ekin. Uning moyi konserva, margarin, sovun sanoatida, meditsinada ishlatiladi. Kunjarasida 45 % oqsil, 8 % yog‘ saqlanadi.
Urug‘laridan turli sharq shirinliklari, shokoladlar, holvalar, konservalar, tortlar va boshqa konditermahsulotlari tayyorlanadi. Dukkaklari qovurilib bevosita iste’molqilinadi.
Urug‘ida 60 % yog‘, 35 % oqsil saqlanadi. Shuningdek, urug‘ida vitaminlardan A, Ye, K, D saqlanadi.
Poya va barglari qimmatli oziqa. Dukkagining po‘chog‘idan izolyatsiya materiallari tayyorlashda hamda yonilg‘i (o‘tin) sifatida foydalaniladi. O‘zbekistonda araxis dehqon xo‘jaliklari, tomorqalarda ko‘p ekiladi. Dunyo bo‘yicha 22 mln gektar maydonni egallaydi. Eng ko‘p Hindiston, Xitoy, Indoneziyada ekiladi. U Amerikaning tropik hamsubtropik mamlakatlarida, Afrikada keng tarqalgan.
Yer yong‘oqning vatani Janubiy Amerika, u yerdan Fillipinga, keyin Yaponiyaga va Xitoyga tarqalgan. Yevropaga Xitoydan keltirilgan, shuning uchun uni Xitoy yong‘og‘i deb ham atashgan.
O‘zbekistonda asosan sug‘oriladigan yerlarda ekiladi, hosildorligi 30-40 ts/ga, Andijon nav sinash uchastkasida hosildorligi 61 ts/ga ga yetgan.

Download 18.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling