Maxsulot sifatini nazorat qilish. 149-20mss dalimova munojat
Mahsulot sifati va uni boshqarish axamiyati va putur etkazib va putur etkazmasdan nazorat qilish
Download 19.84 Kb.
|
Maxsulot sifatini nazorat qilish-fayllar.org
Mahsulot sifati va uni boshqarish axamiyati va putur etkazib va putur etkazmasdan nazorat qilish.
Laboratoriya sharoitida mahsulot sinovi qanchalik batafsil rejalashtirilmasin, real ekspluatasiya sharoitidagi tashqi ta`sirlar, rejimlar va sharoitlar turli tuman birikmasini hamda turli qiymatliligini amalga oshirib bo`lmaydi. SHuning uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi uchun sinalayotgan mahsulotni ekspluatasiya vaqtida kuzatishlar natija sifatida belgilangan ma`lumot juda zarur hisoblanadi. Mahsulotni ekspluatasiya sharoitida ishlashi to`g`risida tezkor malumot yig`ish va qayta ishlashni tashkil qilish ishlab chiqaruvchi mahsulotning kelgusi partiyasiga zarur o`zgartirish kiritishi, texnologik jarayonni takomillashtirilishi va yangi yaxshilangan model ishlab chiqish imkoniyatlarini beradi. Mahsulotlarlarni sinash va sinovlar turlari GOST 16 504-81 ga muvofiq sinflarga ajratiladi. 1. Sinovlar mo`ljallanganligiga qarab: tadqiqod uchun, nazorat uchun, solishtirish uchun, qiymatini aniqlash uchun amalgam oshirilishi mumkin. Tadqiqod qilish sinovlari namunaviy buyumni tajribaviy qayta ishlash jarayonida konstruktorlik hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. Bu sinovning maqsadi – ob`ekt xususiyatinig malum xarakteristikalarini (parametrlarini, xususiyatlarini va sifat ko`rsatkichlarini) o`rganishdan iborat bo`ladi. Sinov ob`ekti sifatida haqiqiy namuna ham ishlatilishi mumkin. Shu sinovlarda material yoki buyum xususiyatlari haqida maьlumot olinadi. Bu ma`lumot aniqlangan xususiyatdan yanada samarali foydalanish uchun zarur hisoblanadi. Nazorat sinovlari mahsulot sifatini nazorat qilish, ya`ni amalda erishilgan sifat ko`rsatkichini belgilangan qiymatga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida o`tkaziladi. Bu sinovlar mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarida o`tkaziladi. Bu sinovlar natijasida aniqlangan nomuvofiqlik sabablari aniqlanadi va bartaraf etilib hamda sifatini yanada yaxshilash bo`yicha tavsiyanoma ishlab chiqiladi. Bu xil sinovlar faqat haqiqiy namunalarda amalga oshiriladi. Nazorat sinovlari mahsulot mustahkamligi haqida etarlicha ma`lumot berilmaydi. Mustahkamligini aniqlash uchun qo`shimcha ravishda maxsus sinovlar masalan – zahiraviy (uzoq muddatlilik), buzulmasdan ishlash, saqlanuvchanlik va boshqa sinovlardan o`tkazilishi kerak. Nazorat sinovlari natijalari mahsulotni yaroqsizliligini aniqlash uchungina emas, balki nazorat sinovining statistik qayta ishlangan natijasi – texnologik jarayonlar sifatini aniqlash va uni yanada yaxshilash yo`llarini topish imkonini beradi. Nazorat sinovining har bir parametrlari texnologik jarayoninig maьlum qismi holatini xarakterlaydi. 1.3. Solishtirish sinovlari – xarakteristikalari bo`yicha o`xshash yoki bir xil ob`ektlarini ularning xususiyatlarini sinash maqsadida bir xil sharoitda sinash. 1.4. Aniqlash sinovi – obekt xarakteristikasini avval maьlum bo`lmagan qiymatlarini belgilangan aniqlik va (yoki) ishonchlilik bilan, zarurat bo`lganda esa tasodifiy kattalik taqsimlanish qonuniy qiymati bilan aniqlash sinovi. 2. Mahsulotni ishlab chiqish bosqichlari bo`yicha: - o`lchamiga etkazish, dastlabki, qabul qilish va topshirish sinovlariga sinflanadi. 2.1. O`lchamga etkazish sinovlari – mahsulotni ishlab chiqish jarayonida unga kiritilayotgan o`zgarishlar uni belgilangan sifat ko`rsatkichi qiymatlariga etishi uchun qanday ta`sir qilganini aniqlash maqsadida o`tkaziladigan sinovlar. 2.2. Dastlabki sinov – tajribaviy ilk namunalarni va (yoki) ilk partiya mahsulotni qabul qilib olish sinovlariga topshirish mumkinligini aniqlash maqsadida sinashdir. 2.3. Qabul qilish va topshirish sinovlari – ilk namunani mahsulotni seriyali ishlab chiqarishga qo`yishga va (yoki) mo`ljallanganligi bo`yicha qo`llashga yaroqliligini aniqlash maqsadida sinash. 3. Tayyor mahsulotni sinash quyidagicha sinflanadi. 3.1. Malakaviy sinov – korxonani muayyan mahsulotni belgilangan hajmda ishlab chiqarishga tayyorligini baholash maqsadida mahsulotning birinchi sanoat ishlab chiqarish partiyasini sinash (ya`ni, yangi mahsulot ishlab chiqilgan va u ishlab chiqarishga qo`yiladimi yo`qmi shu hal qilinmoqda). 3.2. Taqdim etishdan oldingi sinov – ishlab chiqaruvchi korxona texnik xizmati tomonidan mahsulotni buyurtmachiga, istemolchiga yoki boshqa qabul qilib olish idorasiga taqdim etishdan oldin o`tkaziladigan sinov. 3.3. Qabul qilish – topshirish sinovni qabul qilib olish sinovida mahsulotning nazorat sinovidir. 3.4. Davriy sinov – me`yoriy texnik hujjatda belgilangan hajm va vaqtda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni nazorat sinovi, bunda mahsulot sifatining turg`unligi va uni ishlab chiqarish mumkinligi tekshiriladi. 3.5. Inspeksion sinov – maxsus vakolatki idora tomonidan belgilangan turdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tanlab sinovdan o`tkazish, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining turg`unligi nazorat qilinadi. 3.6. Mahsulot turi sinovi – ishlab chiqarilayotgan mahsulot konstruksiyasiga, xususiyatiga, yoki texnologik jarayoniga kiritilgan o`zgarishni samarali va maqsadga muvofiq bo`lganligini tekshirish maqsadida sinash. 3.7. Attestasion sinov – mahsulot sifat darajasi bo`yicha attestasiyadan o`tayotgan payitdagi sinov. 3.8. Sertifikasiya sinovi. 4. Sinov sharoiti va joyi bo`yicha: 4.1. Laboratoriya (tajriba xonasi) – laboratoriya sharoitida amalga oshiriluvchi sinov. 4.2. Sinov stendida sinash – sinov qurilmasida o`tkaziladigan sinash. 4.3. Poligon sinash – ob`ektni sinov poligonida sinash. 4.4. Tabiiy sinov – ob`ektni uni qo`llanish sharoitiga muvofiq sharoitda sinash, bunda bir vaqtning xarakteristikalari baholanadi yoki nazorat qilinadi. 4.5. Modellar yordamida sinash. 4.6. Ekspluatasion sinov – tayyor mahsulotni ekspluatasiya vaqtida sinash. Bu sinovlar o`tkazilish maqsadiga ko`ra tadqiqod olib borish sinovlariga taalluqli bo`ladi. Laboratoriya sharoitida mahsulot sinovi qanchalik batafsil rejalashtirilmasin, real ekspluatasiya sharoitidagi tashqi ta`sirlar, rejimlar va sharoitlar turli tuman birikmasini hamda turli qiymatliligini amalga oshirib bo`lmaydi. Download 19.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling