Maxsus fanlarni o'qitish mazmuni
Maxsus fanlarni o'qitish mazmunini belgilab beruvchi meyoriy hujjatlar
Download 12.59 Kb.
|
Mavzu Maxsus fan 5mavzu
Maxsus fanlarni o'qitish mazmunini belgilab beruvchi meyoriy hujjatlar
Ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti ikkita (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qismdan iborat bo‘ladi. Me’yoriy hujjat turlari. Quyidagilar oliy ta’limning me’yoriy hujjatlari hisoblanadi: oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv fanlari dasturlari; Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda quyidagi asosiy tamoyillarga alohida e’tibor berish lozim: Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorida kadrlarni ildam tayyorlash, jahon tajribalari, mamlakat va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini tegashli sohalarga muvofiqlik nuqtai nazaridan imkon darajasida unifikatsiyalash; bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ularning negizidagi magistratura mutaxassisliklarining DTSlari bir vaqtda ishlab chiqilishi va birgalikda ekspertizadan o‘tkazilishiga amal qilish; DTSlarni ishlab chiqishda ta’limni demokratlashtirish insonparvarlashtirish, globallashuv sharoitida o‘ziga xoslikni saqlash va jahon ta’lim makoniga integrallashtirish tamoyillariga amal qilish; har bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy talablar mamlakatda va xorijda mavjud tajribalarni inobatga olgan holda diqqat bilan qayta ishlab chiqilishi, hamda uni tegishli sohalar bo‘yicha amaliyotchi mutaxassislar bilan muhokamadan o‘tkazish; malakaviy talablarda keltirilgan sifatlarni shakllantiruvchi eng zarur fanlarning kiritilishi, ularning hajmlari va ketma-ketligi uzluksiz ta’lim turlari bilan uzviyligini inobatga olgan holda ilmiy asoslash; bakalavriat va magistratura DTSlaridagi bloklar bo‘yicha fanlar tarkibi, ularning o‘zaro nisbatlari bitiruvchilarning tanlagan yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasini kuchaytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish; bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar hamda tabiiy-ilmiy fanlar tarkibi va mazmunini shakllantirishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi fanlari bilan uzviilikni ta’minlash; fanlar uchun belgilangan vaqt byudjetining nazariy, amaliy, tajriba, mustaqil ishlar uchun taqsimoti bitiruvchining nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliyotda muvaffaqiyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishga qaratish; o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar sonini bir semestrda 5-7 tadan ortmaslik shartini inobatga olib belgilash; ajratilgan auditoriya o‘quv yuklamalarini semestr haftalariga qoldiqsiz taqsimlanishiga rioya etish; kichik hajmli fan auditoriya soatlarini bir semestr davomida mumkin qadar haftasiga kamida ikki akademik soatdan belgilash; DTSlarda belgilangan attestatsiya va nazoratlarga muvofiq bir fan yoki mavzu bo‘yicha takroriy sinovlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik; malakaviy amaliyotlar soni, muddatlari va belgilanish davri ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanayotgan sohadagi ishlab chiqarish jarayoni va texnologiyalarining o‘ziga xosligini inobatga olish, DTSlarda malakaviy amaliyot sifati va nufuzini oshirish hamda ishlab chiqarish va ularning mazmunini byurtmachilar talablari bilan muvofiqlashtirish; DTSlar, o‘qitiladigan fanlar tarkibi va ularning mazmuniga qo‘yiladigan talablar muayyan yo‘nalish, mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanayotgan kadrlarning asosiy buyurtmachi va iste’molchisi bo‘lgan vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar bilan kelishish nazarda tutilgan. Download 12.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling