Maxsus fanlarni o'qitish mazmuni


Maxsus fanlarni o'qitish metod va vositalari


Download 12.59 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi12.59 Kb.
#1555192
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Maxsus fan 5mavzu

Maxsus fanlarni o'qitish metod va vositalari

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga maxsus fanlardan ta’lim jarayoni turli


shakllarda tashkil etiladi.
Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, ta’lim beruvchi va ta’lim
oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda
o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va
yakka tartibda o‘qitishning har xil ko‘rinishda qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda
ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, ta’lim oluvchilarning o‘qishga
o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. O‘qitishni tashkil etish
shakllarini tanlash ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bilan belgilanadi va o‘quv ishining
mazmuni hamda metodlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni tashkil etishning tarixan
mavjud bo’lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko’rinishi bo’lib, unga
muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter, ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o’tkazishning muayyan tartibi mavjudligi
xosdir.
Ta`lim metodi deganda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi
faoliyat yo’llari tushuniladi. Bularning yordamida ta’lim oluvchilar bilim,
ko’nikma, malaka, kasbiy mahoratlarni egallashga erishadilar, aqliy va jismoniy
kuch va ijodiy qobiliyat rivojlanadi.
Pedagogikada ta`lim metodlarini tasniflanishiga va belgilashga bir xil
yondashuv mavjud emas. “Ta`lim metodi” tushunchasining mazmunini ochish
to’g’risida munozaralar hozirgi vaqtda ham davom etib kelmoqda. Ba`zi olimlar
metodni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar,
boshqalari ta’lim oluvchilarning tafakkuridagi ijodiy faollik va mustaqillik, ba’zi
olimlar esa ta’lim oluvchilar faoliyatida ta`limning turli bosqichlaridagi tavsifini
muhim deb hisoblaydilar.
Ta’lim berishda uning ikki tomoni: o’qitish va o’qish tomonlari hamma vaqt
aniq ajralib turadi.
O’qitish – ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga bilim, ko’nikma va
malakalar tizimi berish, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
borasidagi faoliyati
O’qish – ta’lim oluvchilarning o’quv fani materialini o’zlashtirish borasida
qiladigan tizimli va ongli mehnatidir.
O’qitish jarayoni murakkab va ko’p qirrali bo’lib, nihoyatda xilma-xil va
turli xarakterdagi omillarga bog’liq. O’qituvchi o’qitish metodlarining
bitmastuganmas xazinasiga ega.
Ta’lim metodlari o’quv jarayonining amalga oshirish, ya’ni o’qitish va
o’qish metodlari bo’lganligidan, har bir metodga o’qituvchi faoliyati va talabalar
faoliyati nuqtai nazaridan qarash lozim. Shuning uchun ham, ta’lim metodlarini
o’quv materiallarini uzatish va idrok etish manbalari bo’yicha quyidagicha
guruhlash mumkin.
O’quv materiallarini uzatish va idrok etish manbalariga ko’ra: Ko’rgazmali
metodlar: Og’zaki metodlar: Amaliy metodlar.
O’qitishda talabaning harakatlari tavsifiga ko’ra: Faol (aktiv metodlar) Sust
(passiv metodlar).
O’quv ishining turlariga ko’ra: Bilimlarni o’zlashtirishning dastlabki metodi;
Bilimlarni takomillashtirish metodi; Bilimlarni tekshirish va baholash metodi.
Og’zaki metodlar. Agar talabalar asosiy o’quv axborotini o’qituvchining
o’quv mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik mavzulari asosida olsalar,
bunday metodlar og’zaki metodlar jumlasiga kiradi (tushuntirish, hikoya, suhbat va
h.k.). Og’zaki metodlarga o’quv materialining o’qituvchi tomonidan og’zaki bayon
qilinishiga, hikoya, tushuntirish, suhbat ta’lim oluvchilarning texnik adabiyoti
bilan mustaqil ishlashi yozma instruktsiya berish, ovoz yozuvchi televidenie
kabilar kiradi.
Ko’rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo’llaniladigan
ko’rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko’p darajada bog’liq bo’lgan o’quv
materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi.
Amaliy metodlar Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba-sinov
ishlari asosida o’quv materialini egallash shakllari ta’limning amaliy metodlari
jumlasiga kiradi. Ana shu metodlar yordamida amaliy ko’nikma va malakalar
shakllantiriladi. Bunday ko’nikmani shakllantirish jarayoni o’quv faoliyatida hal
qiluvchi rol o’ynaydi. Ko’nikmalarni egallashning muvaffaqiyati uni shakllantirish
sharoitiga bog’liq.
Download 12.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling