2
|
I.Fanning mazmuni.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichi sifat bosqichi deb qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash sifatini esa, o’quv mashg’ulotlarining barcha shakllarini tug’ri rejalashtirish va sifatli utkazish bilan chambarchas bog’liqdir. Bu uz navbatida fanlar buyicha dasturlarni zamon talabi asosida tuzilishni va ishlab chiqilishini talab qiladi.
Hozirgi mavjud dasturlarda fanning didaktik maqsadi va vazifalari yetarli darajada aniqlashtirilmayotganligi uzgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoiti taqazo etayotgan talablarni o’zida to’la aks ettira olmayotganligi hollarining mavjudligi kuzatilmoqda.
.
Fanning maqsadi - O’qituvchilarni o’quv yurtlari uchun ishlab chiqarilgan o’quv jarayonlarining tegishli kursi bo’yicha «Ta’lim tugrisida»gi Konuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalar hamda Davlat ta’lim standartiga ko’ra qo’yilgan talablar darajasida maxsus fanlarni o’qitish metodlarining nazariy asoslari bilan izchil kurollantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – Magistrlarda maxsus fanlar bo’yicha kasbiy ta’lim metodikasining terminologik tushunish apparatini shakllantirish;
Ta’limni tashkil qilish shakllari, maqsad va vazifalarini loyihalash bo’yicha ko’nikma va malakalarni shakllantirish;
Ta’lim jarayonining tashkil etilganligini taxlil qilish va uni samarali baholay bilish;
Magistrlarning metodik ishlari tizimi bo’yicha tushunchalarni hosil qilish;
Kasbiy va umumtexnik bilim va ko’nikmalarni hosil qilish jarayonida talabalar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarishni loyihalay olish bo’yicha malakalarini shakllantirish.
|