Maxsus fanlarni o‘qitish Shakllarining umumiy tavsifi


Download 0.58 Mb.
bet12/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1352460
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O\'. shakllari STAJ

Ko’rgazmali metodlar




Ko’rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko’p darajada bog’liq bo’lgan o’quv materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi.
Ta’limning ko’rgazmali vositalari bilimlarni o’rganish va o’zlashtirish xarakterini belgilaydi. Masalan, tikuv mashinasi detallarining namunalari ko’rsatilganda, mexanizmlarning ishlashini virtual model orqali yoki tikuv mashinasida bajariladigan texnologik jarayonnming videotasviri namoyish qilinishi orqali tushuntirish mumkin,
Ta’limning bunday usullaridan foydalanilganda talabalarning bilish faoliyati ko’rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy obrazlarga, tasavvurlarga bog’liq bo’ladi. Ko’rgazmali qurollar bilimlarni bir tizimga solish va boyitishda, shuningdek, talabalarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishda yordam beradi.
Ta’limning ko’rgazmali usullari talabalarning bilish faoliyatida obrazli va mantiqiy, konkret va abstrakt, hissiy va aqliy jihatlarning nisbatini chuqur tushunishni talab etadi.
Ko’rgazmali vositalarni namoyish qilish (ko’rsatish) yordamida talabalarda mashina va mexanizmlar tuzilishini, texnologik jarayonlarni, mehnat harakatlarini muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular unga taqlid qiladilar va o’z harakatlarini qiyoslaydilar. Mazkur metodning qo’llanilishi maxsus fanlarni o’qitishda ko’rgazmalik tamoyilining yaqqol namunasi bo’lib hisoblanadi. Maxsus fanlar darslarida ko’rsatmali qurollarning turli xil va shakllaridan foydalanish o’qituvchining tushuntirishlarini yaxshi idrok qilish hamda o’zlashtirishlarga, malakalarning mustahkam shakllanishiga yordam beradi. Slaydlar, rlakatlar, sxemalar, modellar, maketlarni namoyish qilish bilan bir qatorda harakatdagi ish quroli, asboblar, moslamalar xom-ashyolar, buyumlarning haqiqiy namunalari va hokazolarni ko’rsatish ham katta ahamiyatga ega.

      1. Download 0.58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling