Maxsus fanlarni o‘qitish Shakllarining umumiy tavsifi


Download 0.58 Mb.
bet8/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1352460
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O\'. shakllari STAJ

O‘quv laboratoriyalarini jihozlash. O‘quv laboratoriyalari ta’lim oluvchilar fan dasturi talablariga muvofiq topshiriqlarni bajarishlari uchun zarur bo‘ladigan, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan yakka va ommaviy foydalanishga mo‘ljallangan asosiy hamda yordamchi asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.
Jihozlarni o‘quv laboratoriya xonalariga joylashtirish. Jihozlarni o‘quv ustaxonalariga joylashtirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • o‘qituvchiga o‘z ish o‘rnida turib ta’lim oluvchilar guruhiga jamoaviy yo‘riqnoma berish imkoniyatini;

  • ta’lim oluvchilarning ishlashlari uchun eng qulay va xavfsiz sharoitni;




  • ishlash va ta’mirlash vaqtida, shuningdek materiallar, detallar, chiqindilarni tashishda har tomondan kelishning qulayligini. Bunda dastgoh orasidan o‘tish joylarining kengligi 0,5-0,8 m, dastgohlar qatori orsidagi o‘tish yo‘lining kengligi eng kamida 1,2 m, aravacha, elektrokar va boshqa taransport o‘tadigan joyning kengligi kamida 2 m dan qilib belgilanadi.

O‘quv laboratoriya xonalarilarining muhitiga qo‘yiladigan talablar



Maydoni bo‘yicha qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga mosligi
(bir ta’lim oluvchiga) Dastgohlarda – 6-12 m2
CHilangarlik, elektr montaj va h.k. – 4,0-4,5 m2
Elektr, gaz payvandlash ishlari – 7,5- 9,0 m2
Duradgorlik, mexanik ishlar – 10-12m2
Ish sharoitining maqbulligi:

Hajmi – bir ta’lim oluvchiga 13 m3 dan kam emas;


Harorati – 16-20 0S;
SHamollatish – bir ta’lim oluvchiga 20m3/soat;
SHovqin darajasi – 70 DB gacha


Jihozlarni me’yorida o‘rnatish va ishlatish shart-sharoitlariga muvofiqligi:
Dastgohlar, temirchilik, mashina yig‘ish, qurilish-pardozlash va h.k. – 1 qavatda;
CHilangarlik, elektrmontaj, tikuvchilik va h.k.- 2 va 3 qavatlarda.
Sanitariya, gigiena va mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqligi: yong‘in va portlashga xavfli bo‘limlar izolyasiyasi; chang va gaz ajraluvchi xonalarni izolyasiyalash; zaruriy ko‘tarma-mexanik qurilmalarning mavjudligi; eshiklarning etarli o‘lchamga egaligi; yong‘inni o‘chirish vositalari va yong‘in holatida chiqish joylarining mavjudligi.


Me’yorda yoritilganligi:


Tabiiy-derazalar maydoni pol maydoning 1/6 dan kam bo‘lmasligi; yorug‘ ton beruvchi bo‘yoqlarni qo‘llash; to‘siqli joylarda derazadan yoritilishi bilan chiroqli yoritishni uyg‘unlashtirish.
Sun’iy-umumiy 100-150 lk; maxsus 400 lk gacha.

Ishlab chiqarish estetikasi talablariga muvofiqligi:


Devor, shift va jihozlarning rangi va toni (qurilish me’yorlari va qoidalariga mos ravishda); yagona uslubda jihozlash va mebellarni joylash; deraza va pollarni yaxshilab tozalash imkoniyatining mavjudligi.

4.3-rasm. O‘quv laboratoriyalarining o‘quv-ishlab chiqarish muhitiga qo‘yiladigan talablar.



Barcha turdagi jihozlarning xavfli joylari to‘r, kojux yoki to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yiladi.
Ko‘pincha turli maqsadlarga mo‘ljallangan, maydonining shakli turlicha bo‘lgan binolarga o‘quv laboratoriya xonalari joylashtiriladi. O‘quv jihozlarini joylashtirish ko‘p jihatdan bino shakliga, shuningdek, binoning yoritilishi holatiga (bir tomonlama, ikki tomonlama va aralash) bog‘liqdir. Bu omillarni e’tiborga olib, o‘quv laboratoriya xonalarida asbob-uskunalarni frontal (4.2-a rasm) yoki qatorasiga (4.2-b rasm) o‘rnatish mumkin.
Qatorasiga joylashtirish qulay bo‘lib bunday jihozlar ishlab chiqarish ta’limi ustasining ish o‘rniga qaratib uch-to‘rt qator qilib joylashtiriladi, bu esa o‘qituvchiga butun guruh ishini kuzatib turish imkonini beradi. Bundan tashqari, jihozlarni qatorasiga joylashtirish binoning bir tomonlama yoritilishida ham ikki tomonlama yoritilishida ham tabiiy yoritilishidan yaxshiroq foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, jihozlarni qatorasiga joylashtirish binoning bir tomonlama yoritilishida ham tabiiy yoritilishdan yaxshiroq foydalanish imkonini yaratadi.

4.4-rasm. O‘quv laboratoriya xonasida jihozlarni joylashtirish tartibi.


Dastgohlarni laboratoriya xonalariga joylashtirishda dastgohlar orasida, dastgohlar bilan devor orasida hamda qatorlar orasida tegishli masofa bo‘lishini ta’minlash zarur. O‘rta guruhdagi dastgohlar qatorasiga joylashtirilganda old tomondan ularning oralig‘i 0,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘rtacha kattalikdagi dastgohlar ko‘ndalangiga joylashtirilganda ularning oralig‘i 0,9 m dan kam


bo‘lmasligi kerak. Agar ta’lim oluvchining ish o‘rni orqa tomondan dastgohlar qatori bilan emas, balki kolonna yoki devor bilan cheklansa, bu oraliq 0,8 m gacha qisqartirilishi mumkin.
Dastgohlar devor bo‘ylab o‘rnatilganda dastgohlarning orqa gabarit nuqtasi bilan devor oralig‘i (o‘rta guruhdagi dastgohlar uchun) 0,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Bu oraliqlar ba’zan etarli bo‘lmaydi, shuning uchun dastgohni tuzatish va tekshirish vaqtida elektryuritgichni olish hamda o‘rnatish, boshqarish shkafi eshigini ochish va shu kabi ishlarni bajarish imkoniyatini yaratish uchun oraliqni kengaytirish zarur bo‘ladi.
Har bir dastgohni o‘quv ustaxonasiga o‘rnatish jarayonida uning barcha konstruktiv va texnologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. Dastgohlar tabiiy yorug‘lik ish zonasiga o‘ng tomondan yoki old tomondan va o‘ngdan tushadigan qilib o‘rnatilishi kerak. Mahalliy yoritishda dastgohning derazaga nisbatan joylashuvi ixtiyoriy bo‘lishi mumkin.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling