Maxsus fanlarni o‘qitish Shakllarining umumiy tavsifi


Download 0.58 Mb.
bet3/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1352460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O\'. shakllari STAJ

Darsning tarbiyaviy maqsadlari talabalarda quyidagi muayyan shaxs sifatlari va xarakterini tarkib toptirishdan iborat:




  • o’z-o’zini tekshirish va o’zaro yordamni;




  • voqeliklar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash va tahlil qilish ko’nikmalarini;




  • bir sohadan ikkinchi sohaga bilimlarni ko’chirish ko’nikmalarini;




  • fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish ko’nikmalarini;




  • nutq madaniyatini;




  • vatanparvarlikni;







  • ongli intizom va yaxshi xulqni;




  • ta’lim olishga ijobiy munosabatni;

  • estetik qarashlarni;




  • ish o’rnini tashkil etish va o’z faoliyatini tekshirishni;




  • e’tiqodni.



Darsning rivojlantirish maqsadlari — dars jarayonida talabalarning psixologik sifatlarini diqqat, xotira, texnik taffakkur va bilish qobiliyatlarini shakllantirishdir.
Psixologik adabiyotlarni tahlil qilish talabalarda tafakkurni, politexnik, mehnat, bilish (anglash) va aqliy ko’nikmalarni, iroda va mustaqillikni rivojlantirish, ularni kelgusi darslarga tayyorlash zarurligini ko’rsatadi.
Agar bilimlarni shakllantirish va maqsadli tarbiyalash talabalarning bilish qobiliyatini takomillashtirsa, buni rivojlantiruvchi ta’lim deb tan olinadi.
Didaktik maqsadlar bo’yicha darsning quyidagi turlari mavjud:
Yangi materialni bayon etish darsi. Yangi materialni bayon etish darslari suhbat o‘tkazish, hikoya qilish, tushuntirish, turli ko‘rgazmali vositalardan foydalangan holda muammoli vaziyatlar yuzaga keltirish usullari bilan o‘tkaziladi. Bunday darsning asosiy maqsadi dastur materialini tushunarli ravishda bayon qilishdir. O‘qituvchi darsning ayrim mavzularini tushuntirish jarayonida ta’lim oluvchilar yangi materialni qanday qabul qilayotganini tekshirib (ta’lim oluvchilarga birma-bir qisqa savol berish yo‘li bilan), ta’lim oluvchilarni darsda faol ishtirok etishga jalb qiladi. Bu darslar, odatda, mavzuni bayon etish va darsdan ko‘zlangan maqsadni ochib berishni, yangi materialni navbati bilan bayon etish yoki ta’lim oluvchilarning o‘quv adabiyoti, texnika adabiyoti (jurnallar, byulletenlar, albomlar, chizmalar, sxemalar, texnologik jarayon kartalari va shu kabilar) yoki ma’lumotnoma adabiyot bilan mustaqil ishlashini tashkil etishni, ta’lim oluvchilarning savollariga javob qaytarishni, ta’lim oluvchilarning yangi materialni o‘zlashtirish sifatini tekshirishni, qo‘shimcha tushuntirishlarni, uyga vazifalar berishni o‘z ichiga oladi. Bunday darslar, odatda, o‘rganiladigan material tavsifiy xarakterda va o‘zlashtirish uchun engil bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling