Maxsus fanlarni o‘qitishda texnik va informatsion vositalarni qo‘llash
Masofaviy ta'limni rivojlanish bosqichlari
Download 0.63 Mb.
|
Aziza
Masofaviy ta'limni rivojlanish bosqichlari
Biologlar to’qima, organ va hujayralarni suyuq azotda, ya’ni selsiy bo’yicha 196 gradusda qattiq muzlatish usullarini ishlab chiqishga kirishadi, bunday usul moddalar almashinuvini butunlay to’xtatib qo’yishdan tashqari, saqlash muddatining boshidan oxirigacha qanday bo’lmasin biror sezilarli molekulyar o’zgarishlarning bo’lishiga ham yo’l qo’ymaydi. Biroq bu o’rinda ham o’ziga yarasha mushkulliklar bor. Masalan, muzlatish – muzdan tushirish vaqtida bo’ladigan osmotic stresni har xil darajada yengil o’tadigan (yoki yemiradigan) hujayralarning o’ziga xos xususiyatlari, shular jumlasidandir. Ana shuning uchun ham maxsus tayyorgarlik ko’rish – to’qima, organ va hujayralarni “mashq qildirish” kimyolovchi birikmalarni (krioprotektorlarni)izlab toppish, saqlash metodlarini har bir tur uchun boringki , uning ayrim formalari uchun optimal holga keltirish zarur bo’ladi.
Buning iqtisodiy ifodasi yaqqol ko’rinib turibdi: sigirlarni sun’iy urchitishda bitta buqaning muzdan tushurilgan spermasidan foydalanib yiliga 10 ming boshgacha buzoq olinadi. Muzlatilgan spermani istalgan masofadagi joyga yetkazib berilishi mumkin. Odam hujayralarining o’sishidan meditsinada irsiy kasalliklarni aniqlash, patogenezni o’rganish va uning davolash usullarini topishda foydalanadi. Mana shuning uchun hozir ko’pgina normal va mutant hujayralari kolleksiyalari (muziylari, banklari, repozitoriylari) yaratilmoqda va ulardan keng foydalanilmoqda. Jahondagi eng yirik repozitoriy Koliden (AQSH) dagi meditsina tadqiqotchilari institutining “odam mutant hujayralari repozitoriysidir. Uning kolleksiyasida 3600 tadan ko’proq namuna bor. Hujayralardan boshqa amaliy ishlarda tekshirish va o’rganish maqsadlarida: hujayra tuzilishini genetik nazorat qilish, genetik shikastlarni mutagenezni bartaraf etish (reparasiyalash, tiklash) va genetik “injenerlar” ning ishlarida ham foydalanadi.Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling