Maxsus fanlarning mazmunini yorituvchi me’yoriy hujjatlar
Download 48.5 Kb.
|
2-savol
Maxsus fanlarning mazmunini yorituvchi me’yoriy hujjatlar. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi — ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratishdir. Bu tizim dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan, ishning ko‘zini biluvchi, vaziyatni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqarib, qaror qabul qiluvchi, kelajakni mustahkam poydevorini quruvchi va jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi kadrlar tayyorlashni eng muhim va mas'uliyatli vazifa sifatida amalga oshirishi lozim. Bu vazifani amalga oshirishda ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni o‘qitishda o‘quv-uslubiy majmua va uning o‘quv jarayonini tashkil etishda qo‘llash muhim rol o‘ynaydi. Biz eng avvalo, kimni, qanday kadrlar tayyorlashni aniq tasav-vur qilishimiz kerak. Bu maqsad davlat ta'lim standartlarida o‘z aksini topadi. Standart (inglizcha «Standard»—norma, namuna) mahsulotni sifati, tarkibi jihatidan qa‘tiy belgilangan parametrlardan tashkil topgan, mahsulot, qoida, ko‘rinishdir. Standart keng ma'noda bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan obyektlarni solishtirish uchun qabul qilingan namuna, etalon, modeldir. Standartlar texnik normativ hujjat sifatida ishlab chiqilib, qabul qilingan ma'lum me-zonlar, qoidalar, talablar kompleksidan iborat. Ular vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi. Standartlar moddiy shaklda mahsulot etaloni, namuna sifatida bo‘lishi yoki turli normativ, qonun-qoida, talablar tarzida bo‘lishi mumkin. Standartlarni qo‘llashdan maqsad, mahsulotni, bajarilgan ishni sifatini ta'minlash. Ta'lim tizimida kadrlar tayyorlashning davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqilishidan maqsad tayyorlanayotgan kadrlarimizni zamon talabi darajasida bo‘lishini ta'miniashdir. Bu standartlarda ta'lim dargohini bitirib chiqayotgan talabalar qanday bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ularning qo‘lidan nima ish kelishining minimal darajasi belgilab qo‘yiladi. Ta'limni standartlashtirish bu butun dunyo miqyosida ta'limni isloh qilishdagi eng asosiy tendensiyalardan biri.3 Unga bozor iqtisodiyoti talablari nuqtayi nazaridan yondashiladi. Jamiyat bilan ta'limning o‘zaro moslashishini ta'minlash bugungi kunning nihoyatda jiddiy masalasidir. Ayniqsa, ikki mustaqil bozor, ta'lim va mehnat bozorlarini bir-biriga yaqinlashtirish, shu asosda talab va taklif muvozanatiga erishish nihoyatda muhim va dolzarb masala. Jamiyatda sodir bo‘layotgan yangiliklar, farmasevtikadagi o‘zgarishlar ta'lim tizimiga yangicha yondashishni taqozo etadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi va amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalaridan biri, ta'lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga talablarni, ularning madaniy va ma'naviy-ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish va uni tatbiq etishdir. Xalqaro talablarga javob beruvchi davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish: O‘zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda ta'lim ekvivalentligini, turli ta'lim muassasalari diplomlarini taqqoslab, mamlakatimiz ishchi va mutaxassislarini xalqaro mehnat bozorida to‘siqlarsiz ishtirok etishini ta'minlaydi. Ta'lim xizmatlari sifatiga aniq qa‘tiy talablarni belgilab qo‘yilishi kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi. Ta'lim muassasalari ishi samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga soladi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan so‘ng uning talablarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 5-yanvarda «Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim standartlarbni ishlab chiqish va joriy etish to'g‘risida»gi Qarori qabul qilindi va shu qaror asosida «Davlat ta'lim standartlari to‘g‘risida» gi Nizom ishlab chiqildi. Nizomning 1.1 bandida: O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida» qonunining 7-moddasida, Kadrlar tayyorlash milliy das-turiga muvofiq respublikada idoraviy bo‘ysunish va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ta'lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo‘lgan davlat ta'lim standartlari (DTS) belgilanadi. DTSda kadrlar tayyorlash sifatiga, ta'lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar, ta'lim oluvchilarning tayyoigarlik darajasi hamda ta'lim muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari, o‘quv yuklamasining zarur hajmini, ta'lim muas-sasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilash .qayd etilgan. Nizomda davlat ta'lim standartlarining maqsad va vazifalari ko‘rsatilgan. Davlat ta'lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi: ta'limning yuksak sifatini ta'minlash hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur farmasevtika va ijtimoiy islohotlar asosida rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta'minlash; mamlakatning ijtimoiy va farmasevtika taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; ta'limning demokratlashuviga insonparvarlashuviga, ijtimoi- yligiga ko‘ra, ta'lim oluvchilarning huquqiy, farmasevtika bilimlari darajasini, shuningdek, ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish; sifatli ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta'lim va kadrlar tayyor- lash sohasida shaxsning jamiyat va davlatning vazifalarini himoya qilish; kadrlar tayyorlash sifatini va ta'lim faoliyati mezonlari va tartibini baholash; ta'lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluk- sizligini ta'minlash, ta'limning barcha turlari va kurslarida o‘quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish; mehnat va ta'lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta'minlash. Shu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlat ta'lim standartlariningm vazifalari belgilandi, ular: ta'lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga ko‘rsitiladigan ta'lim xizmatlari nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash; ta'limga va uning pirovard natijalariga, ta'lim oluvchilarning bilim va kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek, ta'lim faoliyati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me'yoriy bazani yaratish; xalqning boy ma'naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta'lim oluvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasining samarali shakllari va usullarini joriy etish; ta'limning barcha turlari mazmunini hamda olib boriladigan ta'lim va tarbiyani kelishib olish, ularning o‘zaro bog‘liqligini uzluksiz ta'lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta'minlash; pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan ta'minlanishiga, ta'lim darajasini nazorat qilishga, ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me'yorlar va talablarni belgilash; ta'lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis qismini, ta'lim muassasalarining attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash; milliy standartlar talabi bilan ta'lim sifati va kadrlar tayyor- lashning xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash. DTSga o‘zgartirishlar kiritish respublikaning ijtimoiy farmasevtika rivojlanishiga muvofiq ravishda ta'lim darajasi va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar o‘zgarishi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga talab va ta'lim mazmunidan kelib chiqqan holda: • Davlat ta'lim standartlari; • asosiy qoidalari bo‘yicha tayanch o‘quv rejasi ishlab chiqiladi; • tayanch o‘quv rejalari ta'lim muassasalarining ishchi-o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Tayanch o’quv rejalari va ular asosida fanlar tarkibi va soatini aniqlash Oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat yo‘nalishida o‘qishning normativ muddati 4 yil. Nazariy o‘qish 136 hafta. Nazariy o‘qish 136x54 = 7344 soat. Bir yilda 2 semestr o‘qiladi, har ikki semestr ham 20 haftalik. Attestatsiya 13—19 haftagacha. Amaliyot o‘tish 12—24 haftagacha. Ta'til 27—36 haftagacha (bitirgandan so‘nggi 4 haftani ham qo‘shib). Bitirav malakaviy ishiga 5 haftagacha vaqt ajratiladi, hammasi bo‘lib bakalavriat yo‘nalishida o‘qitgan talabaga 1 kursga qabul qilinib, institutga qadam qo‘yganidan boshlab, bitirib ketguncha belgilangan muddat 204 haftani tashkil qiladi. O‘rganiladigan ta'lim fanlarining tarkibi quyidagi bloklarga bo‘lingan bo‘lib: I blok. Gumanitar va ijtimoiy-farmasevtika fanlar: 1689 soat yoki umumiy belgilangan vaqtning 25 %ini tashkil qiladi. II blok. Matematika va tabiiy fanlar: ta'lim yo‘nalishiga ko‘ra 700 soatdan 1836 soatgacha bo‘lib, taxminan 9 %dan 25 %ini tashkil etadi. III blok. Umum mutaxassislik fanlari ta'lim yo‘nalishiga ko‘ra umumiy ajratilgan vaqtni 50 %gacha yetadi. VI blok. Maxsus mutaxassislik fanlari —10 % gacha. V blok. Maxsus fakultativ fanlar 5 % gacha yetadi O‘quv yuklamasining maksimal darajasi auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar bilan birgalikda haftasiga 54 soat belgilangan. Auditoriya mashg‘ulotlarining yuqori hajmi haftasiga 36 soat. Akademik erkinlik va talabalarni o‘z ustida ishlashga o‘rgatish oliy o‘quv yurti faoliyatining asosini tashkil etadi. Tendensiya shundayki, nazariy kurs ta'limga ajratilgan vaqtning 15 % atrofida. Qolgan vaqtlar, seminar ilmiy faoliyat, mustaqil ishlarni bajarish, talabalarni o‘z ustida ishlashi kabilardan tashkil topadi. Oliy o‘quv yurtida, ayniqsa, talabalarni o‘z ustida mustaqil ishlashiga alohida diqqat qaratiladi. Texnologik xarita — ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda texnologik operatsiyalar ketma-ketligini yorituvchi texnik hujjat. Texnologik operatsiyalar esa ishchi tomonidan o‘zining ish o‘rnida bajariladigan yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi texnologik jarayonning bir qismi.Texnologik xaritada ana shu operatsiyalar va ularni qanday ketma-ketlikda qanday bajarilishi ko‘rsatiladi. Xuddi mahsulot ishlab chiqarishda bo‘lganidek o‘quv yurtlarining «mahsuloti» ko‘zda tutilgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yoshlardir. Xaritada ana shu jarayon, unda bajariladigan «operatsiya»lar ketma-ketligi, muddati ko‘rsatiladi. Tuzilgan texnologik xarita kafedra majlisida tasdiqlanadi hamda majlis bayonnomasi tartib raqami qo‘yilib, kafedra mudiri, fakultet dekani, o‘quv bo‘limi boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Xarita 2 nusxada tuziladi. Nusxalarni kafedra va o‘quv bo‘limida saqlanadi. Xaritaning aslidan olingan nusxa fan bo‘yicha dars beruvchi o‘qituvchi qo‘lida bo‘lib, rejada belgilangan dars va mustaqil ishlarni haqiqatda bajarilishi bilan kuzatib, nazorat qilib boriladi. Texnologik xarita o‘quv dasturi asosida o‘tiladigan fanlardan tashqari har -bir mavzu, har bir dars bo‘yicha ham ishlab chiqiladi. Dars jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda kalendar reja ham muhim o‘rin tutadi. Kalendar reja odatda, o‘quv dasturi, o‘quv texnologik xarita va dars jadvali asosida tuziladi. O‘quv dasturi bo‘yicha o‘rganiladigan fandan kalendar reja, har bir o‘qituvchi tomonidan har bir akademguruh uchun tuzilib, unda mavzular bo‘yicha ajratilgan soat va uni ma'ruza, amaliy (seminar) mashg‘uloti, mustaqil ishlar bo‘yicha taqsimlanishi bo‘yicha reja bo‘yicha o‘tiladigan sana va soati, haqiqatda bajarilishi ko‘rsatiladi. Kalendar reja orqali har bir mavzuni belgilangan muddat va ajratilgan soat bo‘yicha dars o‘tishni nazorat qilish amalga oshiri-ladi. O’quv majmuasi va uning tarkibi, o’quv dasturining tutgan o’rni Fanni o‘rganish uchun rejalashtirilgan mavzular ta'lim stan-dartlaridan kelib chiqqan holda, qo‘yilgan maqsadga ko‘ra o‘quv dasturida o‘z ifodasini topadi. O‘quv dasturi fanni o‘rganish bo‘yicha hujjat hisoblanib, bo‘lajak mutaxassisga qo‘yilgan talablarga mos holda ta'lim maz-munini va uni o‘quvchi, talabalar tomonidan o‘zlashtirishni tashkil etish usullarini aks ettiradi. O‘quv dasturlari alohida o‘quv piedmetlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni va hajmini, ularni o‘rganish ketma-ketligini belgilaydi. Har bir mavzu bo‘yicha fan uchun ajratilgan soatdan kelib chiqqan holda, mavzuning mazmunini o‘zlashtirish uchun uning xususiyatlarini, mavzuni murakkabligi, o‘zlashtirish zarur bo‘lgan masalalar, qo‘yilgan muammo va boshqalarni hisobga olib o‘quv jarayonini tashkiliy shakllari bo‘yicha vaqt ajratiladi. Har bir mavzu o‘rganiladigan fanning shu mavzu doirasidagi qisqacha mazmunini ifodalaydi. Dastur fanning mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda tarmoq standartlariga muvofiq ravishda shu fan o‘quvchi-talabalarda qanday bilim va ko‘nikmalarni shakllantirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda tayyorlanadi. o‘quv dasturi namunaviy va ishchi o‘quv dasturidan iborat bo‘lib, ishchi o‘quv dasturi namunaviy dastur asosida toziladi. O’quv dasturlari quyidagi talablarga javob berishi zarur: -Dastur aniq qoidaga asoslangan bo‘lishi kerak. Jamiyat taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda o‘quv dasturini ishlab chiqish metodikasiga muvofiq bo‘lishi zarur. o‘quv dasturi ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablarga javob berishi, unga muvofiq o‘quv dasturi tarkibini belgilash lozim. -Ilmiylik prinsipiga asoslanishi. Dastur ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida tuziladi. O‘quv dasturlari ishlab chiqishda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida respublikada joriy etilgan uzluksiz ta‘lirn tizimining ta'lim turlari (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, bakalavriat, magis-tratura) o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash, fanlarda mavzular ketma-ketligiga, oddiydan murakkabga, . xususiydan umumiylikka o‘tib borishga, ta'lim turlari bo‘yicha mavzular tak-rorlanmasligiga alohida e'tibor qaratish kerak. Dastur fan, texnika, texnologiyaning so‘nggi yutuqlari, ta'lim tizimining rivojlanishi, jahon tendensiyasini hisobga olishi zarur. Download 48.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling