Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konfiguratsiya
Zanjir izomerlari (yuqorida ko‘rib o‘tilgan butan va izobutan).
Holat izomerlari:karrali bog‘larning holatiga ko‘ra C4H8 CH2 = CH — CH2 — CH3 CH3 — CH = CH — CH3 1-buten 2-buten funksional gruppalarning holatiga ko‘ra C3H8O CH3 — CH2 — CH2OH CH3 — CHOH — CH3 1- propanol 2- propanol Funksional gruppalar izomeriyasi O CH3 — C — CH3 C3H6O CH3 — CH2 — C H O propanal propanon Tuzilish izomerlari organik birikmalarning ko‘p sonlili- gining sabablaridan biridir. Masalan, C13H28 tarkibli to‘yingan uglevodorodga 802 ta, C20H42 tarkibligiga esa 366319 ta izomer to‘g‘ri keladi. Organik birikmalarning fazoviy tuzilishini fazoviy kimyo o‘rganadi. Fazoviy kimyoni uch o‘lchovli fazodagi birikma- larning kimyosi deb atash mumkin. Birikmalarning fazoviy tuzilishi faqatgina moddalarning fizik va kimyoviy xossalari bilan bog‘liq bo‘lmay, balki ularning biologik aktivligi bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Fazoviy kimyoda fazoviy tafovutlarni tasvirlash uchun ikkita eng muhim tushunchalar — konfigu- ratsiya va konformatsiyalardan foydalaniladi. Atomlarning molekula ichida fazoda bir yoki bir necha s- bog‘lar atrofida aylanishidan hosil bo‘ladigan molekulalarning turli holatlariga konformatsiya deb ataladi. Binobarin, konformatsion izomerlar (konformerlar) — bu fazoviy izomerlar bo‘lib, ular orasidagi farq molekulaning ayrim qismlarini oddiy bog‘ atrofida aylanishi natijasida kelib chiqadi. Konfiguratsiya — fazoda molekuladagi atomlarning ma’lum tartibda joylashishidir. Bir xil tarkibga va bir xil kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan organik birikmalar konfiguratsiyasi bilan farqlanishi mumkin. Bunday birikmalar konfiguratsion izomerlar deb ataladi. Shunday qilib, izomerlarning tasnifini umumiy tarzda quyidagicha tasavvur qilish mumkin: Izomerlar Funksional gruppa izomerlari Tuzilish izomerlari
Holat izomerlar Zanjir izomerlar Konfiguratsion izomerlar Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling