Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Jeneva (sistematik) nomenklaturasi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
Jeneva (sistematik) nomenklaturasi. Bu nomenklatura kimyogarlarning 1892-yilda Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro kengashida qabul qilingan. Shuning uchun ham Jeneva (sistematik) nomenklaturasi yoki xalqaro nomenklatura deb nom olgan. 1957-yilda Parij shahrida kimyo- garlarning syezdida bu nomenklatura qayta ishlab chiqilgan va o‘zgarishlar kiritilgan.
Uglevodorodlarning nomini Jeneva nomenklaturasi yorda- mida atash uchun ularni tashkil qiluvchi zanjirning tarmoq- langan yoki tarmoqlanmaganligini bilish zarur. Uglevodorod tarmoqlanmagan zanjirdan iborat bo‘lsa, ya’ni molekulani tashkil qiluvchi har bir uglerod shu molekuladagi boshqa ugle- rod atomlari (ikki uglerod atomidan ko‘p bo‘lmasligi shart) bilan birlamchi bog‘ vositasida ulangan bo‘lsa, u holda uglevo- dorod molekulasini tashkil qiluvchi uglerodning soni grek yoki lotin so‘zi bilan ifodalanadi va unga an qo‘shimchasi qo‘shiladi. Uglevodorod tarmoqlangan zanjirdan iborat bo‘lsa, ya’ni molekuladagi uglerod atomlari o‘zaro birlamchi bog‘ vositasida bog‘langan bo‘lsa, u holda uglevodorodlar jeneva nomenklatu- rasiga ko‘ra quyidagicha nomlanadi. Uglevodorodlarni atashda nomenklaturaning asosi qilib zanjirning eng uzun qismi olinadi va uning uglerodlari raqamlanadi. Uglerodni raqamlash zanjirning tarmoqlangan qismi qaysi uchiga yaqinroq bo‘lsa, shu uchidagi ugleroddan boshlanadi. So‘ngra uglevodorodning qaysi raqamli uglerodiga radikal (o‘rinbosar) birikkan bo‘lsa (o‘rinbosarlar zanjirda bir nechta bo‘lsa, avvalo ularning oddiysidan boshlanadi), avvalo shu raqam, keyin unga birik- kan radikal va so‘ngra eng uzun zanjirning nomi aytiladi. Agar uglevodorod molekulasining zanjirida bir xil radikallarning soni ko‘p bo‘lsa, u holda radikalning nomini atashdan ilgari ularning soni yoziladi, o‘rinbosarlarning raqamlari orqali vergul ajratiladi. Quyida uglevodorodlarni jeneva nomenklaturasi yordamida atashga misol keltiramiz: CH3 1 2 3 1 2 3 4 1 |2 3 C H3 — CH— CH3 ; CH3 — CH— CH2 — CH3 ; C H3 — C — C H3 | CH3 2-metilpropan | CH3 metilbutan | CH3 2, 2-dimetilpropan CH3 CH3 1 2 3 4 7 6 5 4 |3 |2 1 CH3—CH—CH—CH3 | | CH3—CH—CH2 —CH3—CH—C—CH3 | | CH3 CH3 CH3 CH3 2, 3-dimetilbutan 2, 2, 3, 6- tetrametilgeptan Organik birikmalarning molekulasidagi uglerod atomi shu molekuladagi faqatgina bitta boshqa uglerod atomi bilan bog‘langan bo‘lsa birlamchi, ikkita uglerod atomi bilan bog‘langan bo‘lsa ikkilamchi deyiladi va hokazo: Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling