Tibbiy aspektrlar. Kasalikka tashxis qo`yish va kasallik oqibatlari reja: Kirish
Download 61.22 Kb.
|
TIBBIY ASPEKTRLAR. KASALIKKA TASHXIS QO`YISH VA KASALLIK OQIBATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kasallik
TIBBIY ASPEKTRLAR. KASALIKKA TASHXIS QO`YISH VA KASALLIK OQIBATLARI REJA: Kirish Tibbiy aspektrlar. Kasalikka tashxis qo`yish va kasallik oqibatlari Tashxis qo’yuvchi doktor malakasi Tibbiy aspektrlar Kasalikka tashxis qo`yish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kasallik, betoblik, xastal i k — organizmga tashqi yoki ichki muhitning zararli omillari taʼsir etganda roʻy beradigan patologik jarayon. Kasallik haqidagi tushuncha tibbiyot tarixida oʻzgarib bordi. Kasallikning paydo boʻlishida tashqi muhit omillari yetakchi rol oʻynaydi, chunki ular organizmga bevosita taʼsir etish bilan birga uning ichki xususiyatlarini ham oʻzgartira oladi, bu oʻzgarishlar nasldan-naslga oʻtib, unda Kasallikni yuzaga keltirishi mumkin. Kasallik, koʻpincha, haddan tashqari kuchli taʼsirotlar, turli mikroorganizmlar, zaharlar taʼsirida vujudga keladi. Bunda organizmning tashqi muhitga moslashuvi susayib, uning muhit bilan oʻzaro muvozanati bu-ziladi. Organizmning rivojlanish nuqsonlari yoki irsiy kamchiliklar ham Kasallikka sabab boʻlish mumkin. Mas, muayyan kasalliklar, xususan, allergik kasalliklarga baʼzan tugʻilishdan moyillik boʻladi (qarang Allergiya). Kasallik paydo qiladigan agent organizmga taʼsir etib, uni zararlantiradi, ayni chogʻda bu agent organizmning himoya choralari va moslanish reaksiyalari safarbar boʻlishiga olib keladi. Demak, Kasallik, odatda, bir-biriga aloqador ikki jarayonning — zararlanish va unga qarshi himoyalanish jarayonining birga kelishi bilan ifodalanadi. Har bir Kasallik umuman butun organizm hayot faoliyatining buzilishiga olib keladi, lekin koʻpgina Kasalliklarda dardning badandagi oʻrni, shuningdek, maʼlum bir aʼzo yoki sistemaning koʻproq zararlanganini koʻrsatadigan belgilar aniq koʻrinib turadi. Masalan, meʼdada yara borligi butun organizmning umumiy kasalligi — yara kasalliginit mahalliy belgisi boʻlishi mumkin, yara kasalligi koʻpincha nerv sistemasi funksiyasining jismoniy yoki aqliy ishda haddan tashqari zoʻriqishi, noxush xrdisalarni boshdan kechirish tufayli buzilishidan kelib chiqadi. Aksincha, faqat maʼlum bir joyni shikastlaydigan har qanday taʼsirot, albatta, qanday boʻlmasin umumiy hodisalarga sabab boʻladi. Masalan, badanning biror joyiga chipqon chiqsa, odam isitmalab, lanj boʻlib yurishi, ishtahasi yoʻqolishi maʼlum va h.k. Kasallikning paydo boʻlish sabablari juda xilma-xil. U bitta omilning taʼsiridan yoki bir qancha sharoitlarning birga qoʻshilishidan kelib chiqishi mumkin. Mas, infeksion va parazitar Kasalliklar organizmga maʼlum bir turdagi mikroorganizmlar va parazitlar taʼsiridan, boshqalari esa bir qancha sabablarning birgalashib taʼsir etishidan kelib chiqadi (meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi — gastrit, odatda, tartibsiz ovqatlanish, kundalik rejimga rioya qilmaslik, chekish, ichkilik ichish, shuningdek, boshqa aʼzolarning Kasalliklari oqibatida paydo boʻladi). Kasallikni aniqlashda uning vujudga kelish sabablari (etiologiyasi), kasallik jarayonining rivojlanish mexanizmi (patogenezi), klinik koʻrinishi (belgilari yoki simptomlari) va h. k.larga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Kasallikning sodir boʻlishi va oʻtishida organizmning himoya kuchlari va moslanish imkoniyatlari hal qiluvchi rol oʻynaydi. Kasallikning oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xillari boʻladi. Kasallikning oʻtishida 4 bosqich yoki davr: yashirin (latent), prodromal (dastlabki), avj olish va tuzalish davri tafovut qilinadi. Birok, koʻpgina Kasalliklarning avj olishi va oʻtishida bunday davrlarni roʻyirost ajratib boʻlmaydi. Kasallikning yashirin davri (infeksion kasalliklarda bu davr inkubatsion davr deb ataladi) zararlovchi agent taʼsir etgandan boshlab to dardning dastlabki belgilari paydo boʻlguncha davom etadi; bu davr bir necha lahzadan (shikastlanishda) bir necha yilgacha boʻlishi mumkin. Prodromal davr Kasallikning ilk belgilari paydo boʻlgandan boshlab to u roʻyirost avj olguncha oʻtadigan vaqtni oʻz ichiga oladi. Bu davrda, odatda, talaygina Kasalliklarga xos boʻlgan bosh ogʻrigʻi, qaltirash, isitmalash, lanj boʻlish va boshqa boshlanadi. Xullas, bu davrda odamning dardga chalingani aniq boʻladi-yu, lekin qanday Kasallik bilan ogʻriganligini bilib boʻlmaydi. Kasallikka aniq tashhis qoʻyish uchun harakterli boʻlgan belgilar koʻpincha bu davrning oxirida, Kasallik rasmana avj olgan paytda koʻzga tashlanadi, lekin ayrim hollarda bular notayin boʻladi (Kasallikning bilinmaydigan shakli) yoki uncha avjiga chiqmasdan yoʻqolib ketadi (Kasallikning abortiv shakli). Biroq, Kasallik juda tipik boʻlib oʻtayotgan hollarda ham biror asorat yoki boshqa bir dard qoʻshilib qolishidan u boshqacha tus oladi. Kasallikning tugashi, yaʼni oxirgi tuzalish davri birdan boshlanishi yoki asta-sekin oʻtishi mumkin. Ayni vaqtda odam butunlay sogʻayib ketadi yoki biror aʼzosida Kasallikdan anchagacha yoʻqolmaydigan asorat qoladi; baʼzan Kasallik butunlay yoʻqolmasdan, vaqt-vaqti bilan qoʻzib turadigan surunkali xilga aylanadi. Kasallikning asorat qoldirmay, esonomon oʻtib ketishi koʻpincha unga qarshi oʻz vaqtida davo qilish hamda vrachning hamma buyurganlarini bekamu koʻst bajarishga bogʻliq. Shuning uchun odam oʻzini andek nosogʻ sezganida darhol vrachga borishi kerak. Zamonaviy tibbiyot bemor ahvoliga juda jiddiy qarab, uni kompleks tarzda tekshiradi; Kasallikning kelib chiqish sabablari va sharoitlari, avj olib borish mexanizmlari, qanday belgilar bilan oʻtishi, organizmning Kasallikka qarshi qanday kurashishi, himoya va moslashuv reaksiyalarining qonuniyatlarini oʻrganadi; olingan natijalarga qarab, Kasallikni aniklash, davolash va uning oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Har bir bemorga individual, yaʼni kasalligining xili, organizmning holati va boshqa koʻpgina xususiyatlarga qarab davo qilinadi. Ayni damda mamlakatimizda koronavirus yuqtirganlar soni 39 641 mingdan oshdi, shundan 35 869 mingdan ziyodi yoki 90 foizi sog‘aydi. Bunday natijalar albatta, yurtimiz tibbiyot xodimlarining buyuk xizmatidir. Negaki, sog‘liqni saqlash sohasida kasallikni davolashda davlat tibbiyot tashkiloti bo‘ladimi yoki nodavlat tibbiyot tashkiloti, ikkalasida ham birday javobgarlik mavjud. Chunki bu yerda inson hayoti va taqdiri yotadi. Tibbiyoti rivojlangan davlatlarda turli kasalliklarni davolash bo‘yicha protokol standartlar ishlab chiqish bo‘yicha shug‘ullanadigan, mamlakatda alohida yagona davlat tashkiloti mavjud. Bu yerda har bir yo‘nalishning eng yaxshi mutaxassislari tanlab olinib, ular tomonidan kasalliklar bo‘yicha davolash protokollari standartlari ishlab chiqiladi. Ushbu protokollar internetda joylanib, barcha shifokorlarga yetkaziladi. Boisi, shifokorlar ana shu standartlar asosida ish ko‘rishi kerak. Standartdan chetga chiqqan shifokorlarning litsenziyasi olib qo‘yilishi mumkin, bunga juda jiddiy qaraladi. Shu sababli fuqarolar markazdagi yoki eng chekka hududdagi poliklinikagami, davlat tibbiyot muassasasimi yohud nodavlat tibbiyot muassasasigami murojaat qilsa, bir xil dori vositalari ya’ni, protokol bo‘yicha isbotlangan tibbiyotdan o‘tgan dori vositalari tavsiya qilinadi. Afsuski, bizda kasal bo‘lib shifokorlarga murojaat qilsangiz, bir xil kasallik uchun ular tomonidan turli davolash dori vositalari yozib beriladi. Bu holat koronavirus kasalligi keng tarqalgan bir paytda yaqqol bilinib qoldi. Aholimiz najot istab shifokorlarga murojaat qilganda turli dori vositalari tavsiya qilindi, natijada bu o‘zining salbiy oqibatlarini ko‘rsatdi. — klinik tibbiyot va veterinariyaning kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini oʻrganadigan boʻlimi. D. fan sifatida uch asosiy qismga boʻlinadi: 1) bemorning shikoyatlarini yigʻish va oʻrganish metodikasi, kasallanish va hayot tarixi, shuningdek, diagnostik texnika, yaʼni bemorni tekshirish usullari; 2) kasalliklarda kuzatiladigan har xil belgilar (simptomlar) haqidagi taʼlimot (semiotika); 3) bemorni tekshirib, olingan maʼ-lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan baholab, tashqis qoʻyish uchun vrachning muhokama yuritish metodikasi, yaʼni tashhis metodikasi. Bemorni tekshirishda, avvalo, uning sezgilari, kasalligi qachon boshlangan va qanday oʻtgani, mehnat va turmush sharoiti yo oʻzidan, yoki yaqin kishilaridan (goʻdak bolani tekshirishda onasidan) soʻrab olinadi, yaʼni anamnez toʻplanadi. Anamnez toʻplash va bemorning kasallik tarixini toʻgʻri bayon qilib berish tashhis uchun gʻoyat katta ahamiyatga ega. Obyektiv tekshirishda bemor koʻzdan kechiriladi va palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya metodlari qoʻllaniladi. Nerv sistemasi va sezgi aʼzolarini tekshirishda reflekslar, sezuvchanlikning har xil turlari, koʻruv va eshituv, taʼm va hid biluv oʻtkirligini aniklash uchun maxsus usullar tatbiq etiladi. Oliy nerv faoliyatini oʻrganish D.ning muhim vazifalaridandir. Bundan tashqari, gavda temperaturasi va qismlari oʻlchanadi (termometriya va antropometriya), ichkariroqda joylashgan aʼzolarni tekshirishda har xil koʻzgular (quloq, burun, hiqildoq, qin koʻzgulari) va optik asboblar (koʻzni tekshirishda — oftalmoskop, qiziloʻngachni koʻrishda — ezofagofibroskop, meʼda-ichak tekshirishda — gastroduodenofibroskop, kolonoskop va h.k.)dan foydalaniladi. Yurak va tomir harakatlarini qogʻozga yoki foto-plyonkaga yozib olish (kardiografiya va sfigmografiya)ning ahamiyati katta. Yurak va miyadagi elektr potensiallarining oʻzgarishlarini qayd qilish (elektrokardiografiya va elektroensefalografiya) ayniqsa kimmatli usuldir. 20-asr oxirida ichki aʼzolar kasalliklari D.sida ultratovush texnikasi, magnit rezonans apparati, kompyuter tomografiya usullari keng qoʻllanila boshladi. Baʼzi kasalliklarni aniklashda radioaktiv izotoplar tatbiq etiladi. Bunda nafas olish, kon aylanish, ajratish aʼzolari va endokrin sistemalar holati, shuningdek, moddalar alma-shinuvining buzilishi aniklanadi. Lab.da qon, siydik, axlat, balgʻam, shuningdek, koʻmik, jigar, taloq, limfa tugunlarini punksiya qilib olingan materiallar mikroskopik, fizik va kimyo-viy tekshirishdan oʻtkaziladi ( Biopsiya). Kasallikni qoʻzgʻatgan mikroblar va immunitetnk aniklash maqsadida oʻtkaziladigan bakteriologik, immunologik va serologik metodlar D. uchun katta ahamiyatga ega. Hoz. radiotelemetrik D. usuli (biror koʻrsatkichni masofadan oʻlchash) ishlab chiqilgan. Ayrim hollarda kasallik simptomlari kam, chalkash boʻlishi yoki tipik boʻlmasligi mumkin. Bunday hollarda differensial D. usuli qoʻllaniladi: vrach bemorda topilgan simptomlarni taxmin qilinayotgan kasalliklarga mos kelish-kelmasligini mukammal tahlil qilib, taxmin qili-nayotgan kasalliklarni hisobdan chiqara boradi va shu yoʻl bilan muayyan xulosaga kelgach, kasallikka tashhis qoʻyadi. Funksional kasalliklar D.sida tashhis qoʻyishda asosiy va yoʻldosh kasalliklar hamda asoratlar sabablari aniklanadi, sistema va aʼzolar faoliyatining buzilish darajasi belgilanadi, tekshirilayotgan bemorning shunday kasallik bilan ogʻrigan boshqa bemordan farq kiladigan fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Patologo-anatomik D.da bemor vafot etganidan keyin uni yorib olingan maʼlumotlar va toʻqimalar biontatini taxlil qilish asosida tashhis qoʻyiladi. D.ni takomillashtirishda telekommunikatsiya, internet va elektron aloqalardan foydalanish mumkin. Veterinariya D.si umumiy va maxsus boʻladi. Umumiy D.da kasal hayvonni roʻyxatga olinadi, analizlar yigʻiladi, shilliq qavati, limfa tu-gunlari, yungi, terisi tekshiriladi, harorati oʻlchanadi va h. k. Maxsus D.da esa ichki aʼzolar, kon, siydik, oshqozon va ichaqdagi narsalar, orqa miya suyukligʻi, goʻngi va b. tekshiriladi. Eng yomoni, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari osma ukollar olmaslik xaqida OAV orqali qayta-qayta ta’kidlashiga qaramay, lekin ayrim shifokorlar osma ukollarni tavsiya qilaverdi. Yoki qaysidir shifokor bir dori vositasini samarali desa, ikkinchisi samarasiz dedi. Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Covid-19”ga chalingan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtincha tavsiyalar” palata ekspertizasiga taqdim qilinmagani haqida ma’lum qilgani to‘g‘risidagi xabar va bunga javoban “Covid-19”ga chalingan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalar”ning oltinchi nashri esa, amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat hisoblanmasligi va shuning uchun ham ekspertiza uchun Milliy palataga jo‘natilmagani katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirining “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash mezonlarini tartibga solish va retro-prospektiv tahlil o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan xususiy tibbiyot tashkilotlarining koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan bog‘liq faoliyati bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish, shu jumladan, ularning litsenziyalarini bekor qilish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalarini kiritilishi belgilandi. Ushbu holat esa jamoatchilik, jumladan, xususiy klinikalar o‘rtasida ko‘plab e’tirozlar va bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Aksincha tibbiyotimiz bugungi og‘ir bir vaziyatda turganda davlat budjetini iqtisod qilishga yordam beradigan bo‘g‘in bu birinchisi tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini ya’ni, poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari bo‘lsa, ikkinchisi xususiy nodavlat tibbiyot muassasalaridir. Shunday ekan, bugun davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari aholimiz salomatligi muhofazasi uchun birday javobgar bo‘lishi va bir-birini qo‘llab-quvvatlashi lozim. Bu borada quyidagi takliflarni o‘rtaga tashlamoqchiman. Download 61.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling