Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet61/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Geterosiklik birikmalar. Bu sinfga molekulasida ugle- roddan boshqa element atomlari (geteroatom) ham bo‘ladigan

halqasimon birikmalar kiradi. Odatda, geteroatom rolini azot, oltingugurt va kislorod bajaradi:


HC — CH HC — N
HC CH HC CH O S
furan tiazol

Organik birikmalarning ko‘rib chiqilgan klassifikatsiyasini qisqacha sxema holida tasvirlash mumkin:





Geterosiklik

Alifatik




Aromatik

Alisiklik

To‘yinmagan

To‘yingan

Organik birikmalarning molekuladagi funksional gruppalar bo‘yicha klassifikatsiyasi. Organik birikmalarning kimyoviy xususiyatlari ularning tarkibiga kiruvchi atomlardan tashkil topgan gruppalarning xususiyatlariga bog‘liq. Molekuladagi bu gruppalar funksional gruppalar deb ataladi. Masalan, molekulada gidroksil — „OH“ funksional gruppa bo‘lsa — modda spirt, karboksil — „COOH“ funksional gruppa bo‘lsa — modda kislota, amin — „NH2“ funksional gruppa bo‘lsa —
modda asos xususiyatiga ega bo‘ladi va hokazo. Funksional
gruppa, odatda, moddaning kimyoviy xossasini belgilaydi.
Yuqoridagi uchta asosiy gruppa (alifatik, karbosiklik, geterosiklik) birikmalarning bitta yoki bir necha vodorod ato- mi tegishli funksional gruppaga almashinishi natijasida yangi sinf birikmalari olinadi. Shunga ko‘ra, organik birikmalar quyidagi sinflarga bo‘linadi:

  1. Uglevodorodlar.


105



  1. Galogenli hosilalar — uglevodorodlardagi bir yoki bir necha vodorod atomlarining galogenga almashinishidan hosil bo‘lgan birikmalar.

  2. Spirtlar — molekulasida gidroksil gruppa bo‘ladigan birikmalar.

  3. Oddiy efirlar — molekulasida ikkita uglevodorod radikali kislorod orqali birlashgan moddalar.

  4. Aldegid va ketonlar — molekulasida karbonil (C=O) gruppasi bor moddalar. Bular orasidagi farq shundaki, aldegidlarda karbonildagi uglerod atomi bir bog‘i vodorod bilan, ikkinchisi uglevodorod radikali bilan, ketonlarda esa karbonildagi uglerod atomining ikkala bog‘i ham uglevodorod radikali bilan bog‘langan.

  5. Karbon kislotalar — molekulalarida karboksil gruppasi (–COOH) bor birikmalar.

  6. Fenollar — aromatik halqali gidroksil gruppasi bo‘ladigan birikmalar.

  7. Funksional gruppasida azot atomi bor hosilalar. Ularga birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar, nitrillar, nitro- birikmalar, aminokislotalar, azobirikmalar va diazobirikmalar kiradi.






Reaksiyaga kirishuvchi birikmalarning tabiatiga ko‘ra orga- nik reaksiyalar quyidagi 4 ta guruhga:

    1. o‘rin olish, b) birikish, d) ajralish, e) qayta grup- palanish va boshqa guruhlarga bo‘lish mumkin.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling