Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja
Download 1.14 Mb.
|
ma\'ruza servis 2222222
Dukkakli don ekinlari. Bu ekinlarga no‘xat, loviya, yasmiq, soya va boshqalar kiradi. Ular oqsilga boy (20—30%), kraxmali — ko‘p (50% ga yaqin) va 2 dan 5% gacha yog‘ (soyada 22% gacha) bo‘ladi. Dukkakli ekinlar ikki urug‘palla va urug‘lik qobig‘i bilan qoplangan o‘simtadan iborat. No‘xat, loviya va yasmiq eng ko‘p tarqalgan dukkakli ekinlardir.
Po‘sti archilgan no‘xat oziq no‘xatdan, uning dag‘al, tuyimliligi kam qobig‘ini olib tashlab tayyorlanadi. Ishlov berilish usuliga qarab, archilgan no‘xat quyidagi turlarga bo‘linadi: pardozlanib butun archilgan no‘xat, yanchilib va pardozlanib archilgan no‘xat. Qayd etilgan no‘xat turlari sariq yoki yashil bo‘lishi mumkin. Namligi ko‘pi bilan 15%. Loviya qimmatbaho dukkakli ekinlardan bo‘lib, mamlakatimizning ayniqsa, janubiy rayonlarida keng tarqalgan. Loviya oqsili no‘xatdagi oqsilga qaraganda ancha yaxshi hazm bo‘ladi. Loviya oq, bir xil tusli va ola-bo‘la rangli bo‘ladi. Oq loviya bir necha turga: arpa yormasi- mon,ovalsimon, ilonchasimon, ko‘raksimon, qisqichbaqa-simonlarga bo‘linadi. Bir xil tusli loviya yashil, jigar rang, pistaqi, qizil, ola-bo‘la. Solod undirilgan javdar yoki arpa donini quritib va yanchib olinadi. Rangli loviya esa ola-bo‘la va to‘q ola-bo‘la bo‘ladi. Loviyaning barcha turlarida namlik 20 % dan oshmasligi lozim. Yasmiq — eng muhim dukkakli ekinlardan biri. Unda o‘rta hisobda 30% ga yaqin oqsil bo‘lib, ta’mi xushxo‘r, yaxshi pishadi. Uning barcha turlari ichida tarelkasimon yasmiq oziqlik ahamiyatiga ega. Ekilish joyiga qarab, u shimoliy va janubiy, rangiga qarab, yashil, och yashil va xilma- xil (qoramtir) turlarga bo‘linadi. Yashil va och yashil yasmiq sifat jihatidan eng yaxshi hisoblanadi. Yormalarning sifati uning rangi, ta’mi, hidi, namligi, yaxshi pishish-pishmasligi, aralashma va uning bor- yo‘qligiga, yaxshi sifatli yadro miqdoriga, buzilgan va uvalangan donning bor-yo‘qligiga, ombor zararkunandalari tekkan-tegmaganligi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi. Sarxil yorma ma’lum bir tur va navga xos bir xil tusdagi tiniq rang, normal ta’m va hidga ega bo‘ladi. Yot ta’m va hid yormaning sifatsizligidan dalolat beradi. Yormaning namligi 14—15% dan oshmasligi lozim. O‘ta nam bo‘lsa, yorma saqlanish davomida o‘z-o‘zidan qizib (bu mikroorganizmlarning rivojlanishiga imkon beradi), burqsib mog‘or bilan qoplanadi. Yormaning yirik-maydaligi ham muhim ko‘rsatkichdir. Ba’zi turdagi yormalarning yadrosi butun, yirik (yorma), boshqalarniki, aksincha, donning o‘zak qismidan olingan, mayda bo‘lishi lozim (manniy yormasi, arpa yormasi, poltavskiy yormasi va boshqalar). Ba’zi yormalar donasining yirik-maydaligiga qarab raqamlarga bo‘linadi (arpa yormasi, poltavskiy yormasi, makkajo‘xori yormasi). Barcha hollarda butun yadro yoki yorma donalarining taxminan bir xil o‘lchamda bo‘lishi talab yetiladi. Yormadagi aralashmalar (tozalanmagan, uvalangan, chirigan, mog‘orlagan, qizishdan buzilgan, maydalangan va muchelli donlar, qum, tosh, poxol, kepak, gul parchalari va h.k.) yormaning sifatini pasaytiradi. Yo‘l qo‘yiladigan har qanday aralashmalar miqdori standart bilan belgilanadi. Ko‘p yormalarning tovarlik navi yaxshi sifatli yadro miqdoriga qarab belgilanadi. Yaxshi sifatli yadro iste’molga tamomila yaroqli, shunga xos hid, ta’m va yaxshi tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan yorma donlaridir. Ombor zararkunandalari (qo‘ng‘iz, kapalak, kana yoki ularning lichinkalari) tekkan yorma savdoga chiqarilmaydi. Yorma sig‘imi 70— 75 kg lik yangi yoki avval ishlatilgan toza va pishiq qoplarga solinadi. Guruch, so‘k va manniy yormasi hech bo‘lmaganda II kategoriyali, ya’ni yamog‘i uchtadan oshmagan qoplarga, boshqa yormalarni III kategoriyali, ya’ni) yamogi beshtadan oshmagan qoplarga solish mumkin. Suli parchasi 250 g dan 1 kg gacha bo‘lgan karton yoki kog‘oz qutichalarga, talqoni esa sig‘imi 250, 300 va 350 g lik karton qutichalarga solinadi. Yorma quruq, yorug‘, toza, yaxshi shamollatiladigan omborlarda 0° dan 8°C gacha haroratda 60—70% nisbiy namlikdagi havoda saqlanadi, yormani minus temperaturada ham saqlash mumkin. Ammo temperaturaning keskin o‘zgarib turishiga sira yo‘l qo‘yilmaydi. Bug‘doy, javdar bug‘doy va arpa yormalari uzoq vaqt saqlana oladi. Tariq, suli va makkajo‘xori yormalari esa uzoq saqlana olmaydi, chunki ularda tez achiydigan yog‘ bor. Yil fasli va qayerda joylashishiga qarab yorma va dukkakli ekinlarga tabiiy kamayish normasi (0,25—0,30%) belgilangan. Yuqori navli un sarg‘imtir tiniq oq rangli, past navlari esa kul rang bo‘ladi. Yaxshi sifatli un asta chaynalsa, ta’mi shirinroq bo‘ladi. Noqulay sharoitda uzoq saqlangan unning ta’mi yomonlashadi: kislotaliligi ortadi, achimtir, dimiqqan va boshqa yoqimsiz ta’mlar paydo bo‘ladi. Unga xos hid sal kelib turishi lozim. Achimtir burqsigan va boshqa yot hidlar unning sifatsizligidan dalolat beradi. Tortish usuliga qarab, un oliy darajada tortilgan, mayin va dag‘al tortilgan bo‘lishi mumkin. Unning eng yaxshi navlari mayin tortilgan unlardir, chunki juda mayda va bir xil o‘lchamdagi zarralar bir vaqtda va ko‘proq ko‘pchiydi, natijada yaxshi sifatli hamir hosil bo‘ladi. Krupchatka bundan mustasnodir, bu xil unning zarrachalari yirik, biroq bir tekis bo‘ladi va yaxshi ko‘pchiydi. Unning kulliligi navini aniqlashning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir; u ko‘p jihatdan kepak miqdoriga bog‘liq, chunki kepak va don murtagida serun yadroga qaraganda mineral modda ko‘p bo‘ladi. Unda kepak qanchalik ko‘p bo‘lsa, u shunchalik serkul, tovarlik navi shunchalik past bo‘ladi. Bug‘doy unining sifati uning yopishqoqlik darajasi va sifatiga bog‘liq. Xamir qancha yopishqoq bo‘lsa, non shuncha ko‘pchib, g‘ovak- g‘ovak bo‘lib chiqadi. Yopishqoqligi 28—30% dan ortiq bo‘lgan bug‘doy uni yaxshi hisoblanadi. Un quruq, o‘rtacha quruq, nam va ho‘l turlarga bo‘linadi. Quruq unning namligi 14% dan oshmaydi. U uzoq saqlanadi va nonbop hisoblanadi. O‘rtacha quruq unda 14,5% dan 15,5% gacha nam bo‘lib, 0 dan 8°C gacha temperaturada yaxshi saqlanadi. 15,5 dan 17% gacha nami bo‘lgan un nam, 17% dan ortiq nami bo‘lgan un esa ho‘l un hisoblanadi. Nam va ho‘l un yaxshi saqlanmaydi, tez yopishib qoladi, qizib dimiqadi, mog‘orlaydi va ishdan chiqadi. Chaynab ko‘rilganda g‘ichirlagan (kumli), ombor zararkunandalari tekkan, mog‘orlagan, achimtir, yot narsalar aralashgan unlar savdoga chiqarilmaydi. Barcha navdagi unlar yangi yoki avval ishlatilgan, ammo toza, pishiq, ombor zararkunandalari tegmagan qoplarga joylanadi. Un kamida III kategoriyadagi va sig‘imi 70—80 kg lik qoplarga solinishi lozim. Un toza, quruq, yorug‘, yaxshi shamollatiladigan omborlarda saqlanadi. Unli qoplar tovar qo‘ygichlarda saqlanishi lozim. Shtabel (tax) larning balandligi, yil fasliga qarab, 8—14 qopdan oshmasligi kerak. Shtabellar orasi bilan tashqi devorlar orasidagi masofa kamida 0,75 m keladigan qilib joylashtiriladi, shtabellar orasidagi yo‘l esa kamida 0,5 m bo‘lishi lozim. Un 0 dan 10°C haroratda ham, minus haroratda ham saqlanishi mumkin. Un uzoq saqlanadigan binodagi havoning nisbiy namligi 50— 60%, qisqa muddat saqlansa, 65—75 % bo‘lishi lozim. Un uchun tabiiy kamayish rayonning qayerda joylashganligi va yil fasliga qarab 0,25— 0,30% ni tashkil etadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling