Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja
Download 1.14 Mb.
|
ma\'ruza servis 2222222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makkajo‘xori yormasi.
Suli yormasi. Suli doni po‘stli, oq, sariq yoki qora rangli, shakli yoysimon yoki noksimon bo‘ladi. Suli donida, oqsil va kraxmaldan tashqari, yog‘ ko‘p, shu tufayli u o‘ta to‘yimli, biroq o‘rtacha ta’mi va yaxshi saqlanmasligi uning qimmatini pasaytiradi. Xo‘jalikka mo‘ljal- lanishiga qarab, suli ozuqa-yembop hamda yormabop xillarga bo‘linadi. Yormabop sulidan bug‘lanib silliqlangan butun yorma, yassilangan suli yormasi, suli parchalari hamda talqoni ishlab chiqariladi.
Bug‘lanib silliqlangan butun suli yormasi gul parda va qisman mevali va urug‘lik qobig‘idan tozalangan, murtaklaridan holi bo‘lgan butun suli donidir. Suli yormasini hosil qilishda, odatda, suli bug‘lanadi. Bug‘lash yormaning ta’mini yaxshilaydi va saqlaganda chidamliligini oshiradi. Bu yorma sifatiga qarab, oliy va 1-navlarga bo‘linadi. Oliy nav yormada kamida 99%, 1-navda 98,5% yaxshi sifatli yadro bo‘ladi. Yassilangan suli yormasi maydalanmay bug‘lanib, silliqlangan yormani nov shaklidagi taramlash valslarida bosib hosil qilinadi. Bu yorma ham sifatiga qarab, oliy va 1- navlarga bo‘linadi. Oliy navda yorma kamida 99%, 1navida 98,5% yaxshi sifatli yadro bo‘ladi. Uzoq saqlashga mo‘ljallangan yormaning namligi 12,5%, kundalik iste’molga mo‘ljallanganida esa 14% bo‘ladi. Suli parchalari (gerkules) maydalanmay silliqlangan oliy nav sulini bug‘lash, keyin guritish yo‘li bilan hosil qilinadi. Uning rangi sarg‘imtir oq, namligi 12%. Suli parchalari navlarga bo‘linmaydi. Suli parchasi ko‘pi bilan 20 min da pishishi lozim. Suli yormasida 12—16% oqsil, 60—65% kraxmal, 6—8% yog‘lar, 2% qand, fosfor, kaliy, kalsiy, temir va boshqa moddalar bo‘ladi. Makkajo‘xori yormasi. Makkajo‘xori tishsimon, yarim tishsimon, oq tosh, yog‘iluvchi, guruchli va kraxmalli turlarga bo‘linadi. Makkajo‘xori doni oq va sariq, ba’zan qizil va ko‘k rangda bo‘ladi. Makkajo‘xori yormasi ishlov berish usuliga qarab, silliqlangan Makkajo‘xori yormasi, maydalangan makkajo‘xori yormasi va makkajo‘xori parchalariga bo‘linadi. Silliqlangan makkajo‘xori yormasi qobiq va murtagidan tozalangan yoriluvchi va oq tosh makkajo‘xorining maydalangan yadrosidir; Donasining yirik-maydaligiga qarab, yorma besh raqamga bo‘linadi. 1-, 2- va 3-raqamlar yirik, 4- va 5-raqamlar esa mayda bo‘ladi. Maydalangan makkajo‘xori yormasi qobiq va murtagidan tozalanib maydalangan yarim tishsimon va tishsimon oq va sariq makkajo‘xoridir. Donasining mayda-yirikligiga qarab, yorma uch raqamga bo‘linadi (yirik, o‘rta va mayda). Makkajo‘xori yormasi navlarga bo‘linmaydi, namligi 15%. Makkajo‘xori parchalari oq guruchsimon makkajo‘xoridan ishlab chiqariladi. Bu jo‘xori qobig‘i va murtagidan tozalanib, keyin yanchiladi. Uni shakar sharbatida tuz va solod ekstrakti qo‘shib qaynatiladi. Pishgan yumshoq yorma yassilanib qizarguncha qovuriladi. Makkajo‘xori parchasi navlarga bo‘linmaydi. Makkajo‘xori yormasida oqsil va vitaminlar kam bo‘lganidan, ozuqalik qimmati ham yuqori emasdir. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling