Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja


Download 1.14 Mb.
bet4/57
Sana16.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1514987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
ma\'ruza servis 2222222

Nazorat uchun savollar

  1. Tikuv buyumlari materialshunosligi fanining rivojlanish tarixi qanday?

  2. Fanning ishlab chiqarishdagi axamiyatini yoriting?

  3. Tikuv buyumlari uchun xom ashyolar nimalardan iborat?



  1. TIKUVCHILIK MATERIALSHUNOSLIGI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. (2-soat)

Reja;

  1. Gazlama bilan ishlash xonasida texnika xavfsizligining asosiy qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari.

  2. Tехnikа xаvfsizligi qоidаlаri vа sаnitаriya-gigiyеnа tаlаblаri.

  3. Tikuv mashinasini ishga tayyorlash va undan samarali foydalanish mavzusida bir soatli namunaviy dars rejasini ishlab chiqish.

Mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida yuzaga keladigan shovq in ta’sirini kamaytirish uchun gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonalariga alohida joylashtiriladi. Xona bichish-tikish ishlarini olib borish uchun ixtisoslashtiriladi. Xona keng, yorug‘, quruq, 12–15 ta o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘l ib, bir burchagida kiyib ko‘rish xonasi ajratilishi, unda albatta ko‘zgu bo‘lishi kerak. Xonada bajarilgan ishlarni ko‘rsatish uchun ko‘rgazma javonlari va taxtalari, manekenlar, ko‘rgazmalar va texnik hujjatlarni saqlash uchun javonlar bo‘ladi. Xona o‘quvchilarning ishlarini targ‘ib qiluvchi stendlar bilan jihozl anib, ularni «Tikuvchilar qirolichasi», «Yosh tikuvchi», «Mohir tikuvchi», «Chokdan buyumgacha», «Yosh dizayner» deb nomlash mumkin.
Xonada har 2 ta o‘quvchi uchun bitta maishiy tikuv mashinasi, imkoniyat darajasida hamma foydalanishi uchun maxsus mashinalar, dazmol stoli suv purkagichli apparati bilan, bichish stoli bo‘ladi. Dazmollash stolining ustiga chit gazlamadan g‘ilof tikilib, vaqti-vaqti bilan tozalab va almashtirib turiladi. Dazmol bilan ishlaganda oyoq tagiga rezina gilamcha to‘shaladi. Xonada katta va kichik bichish qaychilari, katta lineykalar, santimetrli lenta, bir nechta ish qutilari bo‘ladi. Unda tikish jarayonida zarur bo‘lgan ish qurollari: qaychi, ignalar to‘plami, to‘g‘nag‘ichlar, pichoqli halqa, iz tushirgich, bo‘r, santimetr lenta, angishvona, qalam, masshtab lineykasi bo‘ladi. Mehnat xonasiga kirgan o‘quvchi ish kiyimida bo‘lishi talab etiladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling