Maxsus pedagogika fanining maqsad va vazifalari


Download 10.44 Kb.
bet2/3
Sana25.10.2023
Hajmi10.44 Kb.
#1720017
1   2   3
Bog'liq
Maxsus pedagogika fanining maqsad va vazifalari-www.genderi.org

Oligofrenopedagogika (Oligofreniya va pedagogika) — aqli zaif bolalarni oʻqitish, tarbiyalash, korreksiyalash (tuzatish), ijtimoiy xayotga jalb etish masalalarini oʻrganuvchi defektologiya tarmogʻi.
Oligofrenopedagogika umumiy va maxsus pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, genetika, nevropatologiya, pediatriya, oligofreniya klinikasi yutuklariga asoslanadi.

Oligofrenopedagogika ning asosiy vazifasi akli zaif bolalarning rivojlanishida korreksion tarbiyaning mohiyatini ochib berish, ulardagi nuqsonning rivojlanishini va nuqsonning oʻzini bartaraf etish yoʻllarini, maxsus maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida aqli zaif bolalar uchun maxsus taʼlimtarbiya va korreksion rivojlantiruvchi ish va metodlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat. 19-asr boshlarida tibbiyot va pedagogikaning rivojlanishi tufayli muayyan yoʻnalish sifatida vujudga keldi. Oʻsha asrning oʻrtalarida fransuz vrachi va pedagogi E.Segen (1812—80) aqli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasini ishlab chiqdi. Ayniqsa, uning "Aqliy normal boʻlmagan bolalar tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi" asari (1846) Oligofrenopedagogikada katta yutuq boʻldi. 


  • Oligofrenopedagogika ning asosiy vazifasi akli zaif bolalarning rivojlanishida korreksion tarbiyaning mohiyatini ochib berish, ulardagi nuqsonning rivojlanishini va nuqsonning oʻzini bartaraf etish yoʻllarini, maxsus maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida aqli zaif bolalar uchun maxsus taʼlimtarbiya va korreksion rivojlantiruvchi ish va metodlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat. 19-asr boshlarida tibbiyot va pedagogikaning rivojlanishi tufayli muayyan yoʻnalish sifatida vujudga keldi. Oʻsha asrning oʻrtalarida fransuz vrachi va pedagogi E.Segen (1812—80) aqli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasini ishlab chiqdi. Ayniqsa, uning "Aqliy normal boʻlmagan bolalar tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi" asari (1846) Oligofrenopedagogikada katta yutuq boʻldi.


Tiflopedagogika (yun. typhlos koʻr va pedagogika) -defektologiyaning koʻr va zaif koʻruvchi bolalarni oʻqitish, tarbiyalash hamda ularni mehnatga tayyorlash masalalarini ishlab chiquvchi sohasi.
Bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlishlarini, hayot va mehnatga tayyorlashni maqsad qilib qoʻyadi. Tiflopedagogika koʻr va zaif koʻruvchi bolalar uchun taʼlimni takomillashtirish yoʻllarini, oʻquvtarbiya jarayonini tashkil etish metodlarini, maxsus maktab hamda maktabgacha muassasalar tuzilmasini, ularning taʼlimtarbiyasining tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi. Tiflopedagogikaning eng muhim vazifasi bolalarda saklanib qolgan koʻrish imkoniyatlaridan oʻqish jarayonida toʻgʻri foydalanish va uni rivojlantirish, koʻrish imkoniyatlarini saqlash uchun sharoit vujudga keltirish, taʼlimning texnika vositalarini qoʻllashdan iborat.
Logopediya (logos va yun. paideia — tarbiyalash, oʻqitish) — pedagogika fani tarmogʻi nutqdagi kamchilik (duduqlik, til rivojlanmaganligi, oʻqish va yozuvdagi nuqson va boshqalar) sabablari, ularning oldini olish, tuzatish yoʻllarini hamda nutq faoliyati buzilishi mexanizmlari, alomatlarini maxsus taʼlim va tarbiya vositasida oʻrganadi.
Nutqdagi nuqsonlarni tuzatish masalalari dastlab 17-asrda Yevropa mamlakatlarida surdopedagogikaga oid ilmiy ishlarda tatbiq etila boshladi. 19-asr ning 2-yarmidan bu sohaga mustaqil ravishda, ammo tibbiyot nuqtai nazaridan yondashildi. Asta-sekin nutq faoliyatining tabiati haqidagi ilmiy tasavvur kengaya borib, Logopediya yoʻnalishi tubdan oʻzgardi, pedagogik mazmun birinchi oʻringa qoʻyiladigan boʻldi.

Download 10.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling