Maxsus pedagogika
Maxsus ta’lim maktablari
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus kasb-hunar ta’limi
31
Maxsus ta’lim maktablari (5—9-sinflar) Maxsus yordamchi maktablar umumiy o ‘rta ta ’lim maktablaridan keskin farq qiladi. Maxsus o‘rta ta’limda aqli zaif o'quvchilarga fizika, kimyo, algebra va boshqa aqliy kuch ko‘p talab etiladigan predmetlar o ‘tilmaydi, qolgan fanlarning esa faqat asoslari va o ‘quvchilar aqliy faoliyatiga mos tuzilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim beriladi. Maxsus maktablaming asosiy maqsadi o ‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash va hayotga moslashtirish boiganligi uchun mehnat darslari asosiy fan hisoblanadi. Maxsus maktab o‘zining korreksion rivojlantiruvchi, ta’lim-tarbiya beruvchi vazifalarini aynan ana shu mehnat ta’limi, mehnat tarbiyasi orqali amalga oshiradi. Shu bois ham maxsus maktablarda o ‘quvchilarda mehnatga munosabatni to ‘g‘ri shakllantirish taqozo etiladi. Ular hayotida mehnat asosiy rol o ‘ynaydi. Shu bilan birga, mehnatga oid zamonaviy bilimlar beriladi. 0 ‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o ‘stirib, olgan nazariy bilimlarini amalda qo'Uashga, hayotga tatbiq qilishga o‘rgatadi. Bu esa o‘z navbatida kasb tanlashga yo‘naltiradi, biror-bir o‘ziga mos kasbni egallash imkoniyatini beradi. Ulami kelgusi hayotga tayyorlashda maxsus ta’lim markazlari mavjud. Jumladan, Toshkent shahrida «L.Mo‘minova markazi» aynan ruhiy va jismoniy kamchilikka ega bo‘lgan bolalami reabilitatsiya qilish masalalari ustida ish olib bormoqda. Maxsus kasb-hunar ta’limi 0 ‘zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta ’limining asosiy maqsadi yoshlarni mehnat va kasb-hunar ko‘nikmalariga, kasbiy madaniyatga o ‘rgatish, ishchi xodimlar tayyorlash, ular malakasini oshirish va qayta tayyorgarlikdan o ‘tkazishdir. Hunar-texnika ta ’limi, malakali ishchilar tayyorlash Respublikaning o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari, o‘quv ishlab chiqarish, o ‘quv kurs korxonalari, markazlari va boshqa ishlab chiqarish bilan bogliq bolgan o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. Lekin aqli zaif o ‘quvchilar uchun maxsus o‘rta kasb-hunar ta’limini tashkil etish maxsus dastur asosida, defektolog-o'qituvchilar tomonidan amalga oshirilishi shart bo‘ladi. Chunki maxsus yondashuv maxsus korreksion ta’lim-tarbiyaviy ishlami aqli zaif o‘quvchilar shaxsini yaxshi bilgan yetuk mutaxassislargina samarali amalga oshira oladi. Maktabdan tashqari ta’lim 0 ‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 10—23-moddasiga asoslangan bolalar va o ‘smirlaming ehtiyojlarini, xohish-istaklarini to ‘laroq ro'yobga chiqarish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida davlat muassasalari, turli mulk shakllariga ega bolgan korxonalar, jamoat tashkilotlari, ilmiy-badiiy, ilmiy-tibbiy, texnik, 32 sport va boshqa yo‘nalishdagi maktabdan tashqari ta ’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. 0 ‘zbekiston Respublikasida shunday maktabdan tashqari tarbiya muassasalari faoliyati davlat tomonidan qo‘llab-quwatlanadi, xalq ta’limi bo'limlari tomonidan ular ishi nazorat qilinadi. Maktabdan tashqari muassasalaming asosiy vazifasi maxsus yordamchi maktab va mutaxassis-defektolog bilan hamkorlikda yordamchi maktab o ‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning mayl va xohishlariga qarab turli to‘garak ishlariga jalb etishdan, bor qobiliyatini mumkin qadar maksimal rivojlantirishdan, olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llashga va hayotga tatbiq etishga o‘rgatishdan iboratdir. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling