Maxsus pedagogika va inklyuziv Ta`lim fakulteti dekani D. A. Nurkeldiyeva
L.S.Vigotskiyning birlamchi va ikkilamchi nuqson nazariyasi
Download 115.5 Kb.
|
Документ (3)
1.2. L.S.Vigotskiyning birlamchi va ikkilamchi nuqson nazariyasi
L.S.Vigotskiy insonning oliy psixik funksiyalari rivojlanishini tushunish uchun, biologik bo’lmagan, boshqacha yondashuv zarurligini ta’kidlagan. U bolaning rivojlanishi uchun nafaqat ijtimoiy muhit muhimligini ko‘rsatgan, balki bu ta’sirning aniq mexanizmini aniqlashga harakat qilgan. L.S.Vigotskiy quyi elementar psixik funksiyalarni tabiiy rivojlanish davri va yuqori psixik funksiyalarni madaniy rivojlanish davri ajratgan. L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari surilgan faraz, elementar va oliy psixik funksiyalar o‘rtasidagi aloqa muammolarining yangi yechimini taklif etgan. Ular o‘rtasidagi asosiy farq ixtiyoriylik darajasidadir, ya’ni tabiiy psixik jarayonlar inson tomonidan boshqarib bo‘linmaydi, oliy psixik funksiyalarni odamlar ongli boshqarishi mumkin. L.S.Vigotskiy ongli boshqarish bevosita xarakteri bilan bog‘liq, degan xulosaga keldi. L.S.Vigotskiy eng avvalo noaniqlikning bu klassik vaziyati yoki muammoli holat ikkita teng imkoniyatlar o‘rtasidagi tanlov yuzaga kelgan vaziyatni tubdan o‘zgartirishga yordam beradigan vositalar nuqtayi nazaridan qiziqtirgan. L.S.Vigotskiy bo‘yicha, inson tomonidan tashlangan qur’a vosita hisoblanib, uning yordamida inson ushbu vaziyatni tubdan o‘zgartiradi va hal etadi. Inson reaksiyasi va ta’sir ko‘rsatuvchi stimullar qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in orqali qo‘shimcha aloqa hosil bo‘ladi — stimul vosita yoki belgi. Belgilar yoki stimul vositalar bu - psixik qurol boMib, mehnat qurolidan farqli ravishda, fizik olamni emas, balki unda harakat qiluvchi subyektning ongini o‘zgartiradi. Belgi — bu ma’lum bir ma’no ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday shartli belgidir, stimuldir, timsoldir. Inson tomonidan yaratilgan boiishi mumkin bo‘lgan stimul vositadan farqli ravishda, masalan, ro‘molchadagi tugun yoki harorat o‘lchagich o‘rniga tayoqcha, belgilar bolalar tomonidan yaratilmaydi, biroq kattalar bilan bo‘lgan muloqotda ular tomonidan egallanadi. Inson uchun xos bolgan oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, bolaning psixikasi o‘zgarish mexanizmi — bu psixik faoliyatni tartibga solish vositasi sifatida belgilar interiorizatsiyasi mexanizmidir. 1931—1934-yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan aqliy taraqqiyot va ta’limning aloqasi muammosiga bevosita taalluqli bo‘lgan eksperimental tadqiqot o‘tkazilgan bo‘lib, unda bolalarni kundalik va ilmiy tushunchalarni ona tili va chet tillarini og‘zaki va yozma nutqni o‘zlashtirishlari qiyosiy o‘rganilgan. Bu tadqiqot ma’lumotlari ta’lim va rivojlanish muammolarini tushunishda yangi darajaga chiqishga imkon berdi. Ta’lim rivojlanishga aynan o‘xshash emas. Har qaysi ta’lim rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuch rolini bajarmaydi, hatto u befoyda bo‘lishi yoki rivojlanishni tormozlab qo‘yishi ham mumkin. Ta’lim rivojlantiruvchi bo‘lishi uchun u rivojlanishning tugallangan sikliga, davriga emas, balki bolaning yaqin rivojlanish chegarasida, doirasida yuzaga keladigan e’tiborini, diqqatini, ahamiyatini qaratishi kerak. Yaqin rivojlanish chegarasi shakllanayotgan funksiyalarni rivojlanish mahsuli emas, balki rivojlanish kurtagi, rivojlanish gullari deb atash mumkin. L.S.Vigotskiy tomonidan yaqin rivojlanish chegarasi bolaning zarur, muhim, aktual aqliy rivojlanish darajasi hamda ehtimoli mavjud bo‘lgan rivojlanish darajasi o‘rtasidagi oraliq tafovut sifatida aniqlanadi. Bola tomonidan mustaqil ravishda hal etilayotgan topshiriqning murakkablik darajasi zarur aktual rivojlanish darajasini anglatadi. Kattalar ishtiroki ostida hal etilayotgan topshiriqning murakkablik darajasi potentsial imkoniyat darajasini aniqlaydi. Yaqin rivojlanish chegarasida bola va kattalarning hamkorlikdagi faoliyatida shakllanadigan psixik jarayonlar turadi, shakllanish bosqichi tugallangandan so‘ng u bolaning o‘zini aktual muhim zarur rivojlanish shakliga aylanadi. Bolaning yaqin rivojlanish chegarasidagi o‘zgarish dinamikasi rivojlanishi va ta’lim o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqani yashiradi. Yaqin rivojlanish chegarasi fenomeni bolaning aqliy rivojlanishida ta’limning yetakchi roli haqida dalolat beradi, biroq har qanday ta’lim ta’sirli hisoblanmaydi, L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, faqatgina rivojlanishni oldinga undaydigani ta’sirlidir. Har bir bolada yaqin rivojlanish chegarasining kengligi farqlanadi va uning chuqurligini aniqlash amaliy prognostik taxminiy ahamiyatga ega. M e’yoriy yoshga bog‘liq diagnostika erishilgan rivojlanishning faqat tashqi, aniq ko‘rinishini kolleksiya qilmasdan, to‘plamasdan, balki rivojlanishning ikkala darajasi — aktual muhim va ehtimolli mavjud bo‘lganini aniqlashni o‘z ichiga olishi kerak, yaqin rivojlanish chegarasi bolaning potensial imkoniyatlarini chuqur xarakterlaydi, ilmiy asoslangan prognoz, bashorat, taxmin qilishga hamda amaliy tavsiyalar berishga yordam beradi. L.S.Vigotskiy bolalar taraqqiyotining 4 ta asosiy qonuniyatlari yoki o‘ziga xos xususiyatlarini aniqladi. 1. Davriylik. Davr mobaynida rivojlanish murakkab tuzilmaga ega bolib, rivojlanish tempi, tezligi sur’ati hamda tuzilishi bolalik davri mobaynida o‘zgarib boradi. O‘sish jadi rivojlanish, susayish, sekinlashish, so‘nishga o‘zgaradi. Bolaning hayotida oyning ahamiyati, u rivojlanish davrlarida qanday o‘rinni egallashi bilan aniqlanadi, go‘daklikdagi oylar o‘smirlikdagi oylarga nomutanosib. 2. Rivojlanishning notekisligi. Shaxsning turli tomonlari, xususan psixik funksiyalar ham notekis rivojlanadi. Funksiya ustunlik qiladigan davrlar mavjud, bu uning birmuncha darajada jadal muvofiq sur’atda rivojlanish davridir qolgan funksiyalar esa ong ustida boiadi hamda ustun bo‘lgan funksiyadan tobe bog‘liq bo‘ladi. Har bir yangi yosh davri funksiyalararo aloqalarni o‘zgarganligidan dalolat beradi - markazga boshqa funksiya chiqadi, boshqa funksiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikning yangi munosabati aniqlanadi. 3. Bola taraqqiyotidagi «metamofozalar». Rivojlanish miqdoriy o‘zgarishga olib kelmaydi bu o‘sish emas, balki sifat jihatdan o‘zgarish qatoridir (zanjirdir). Har bir yosh bosqichida bolaning psixikasi o‘ziga xos boiib u sifat jihatdan avvalgilaridan va keyingilaridan sifatliroqdir. 4. Bola taraqqiyotida evolutsiya va involutsiya jarayonlarining muvofiqligi. Involutsiya jarayonlari jadal rivojlanishga tabiiy sur’atda hosil bo‘lganlar yo‘q qilinadi yoki (yangidan tuziladi) tubdan yangilanadi. Masalan, (gapirishni) so‘zlashni o‘rgangan bola g‘uldurab (noaniq) gapirmay qo‘yadi. Psixika rivojlanishini yoshga oid davrlashtirish masalalari A.N.Leontev, L.I.Bojovich, V.V.Davidov, M.I.Lisina, A.V.Petrovskiy, D.I.Feldshteyn va boshqalarning ishlarida batafsil ko‘rib chiqilgan. V.I.Slobodchikov va R.A.Tsukermanlar yoshga oid davrlashtirishning birmuncha mashhur ikki modelini E.Erikson va D.B.Elkonin ta’limotlarini tahlil qilgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu ikki ta’limot «muvozanatlashmagan» va «to‘liqsiz»ligi bilan farqlanadi. E.Erikson birinchi o‘ringa rivojlanishning ichki manbalarini qo‘ysa, D.B.Elkonin-tashqi muhitni qo‘ydi. Mualliflar umumiy psixik rivojlanish va davrlashtirish nazariyasi asosiga, bir vaqtning o‘zida rivojlanishning ikki tomonini – uning ob’ekti va manba’sini o‘z ichiga oluvchi «mavjudlik birligi» tushunchasini qo‘yishni taklif qilganlar har qanday insoniy birlikni (mavjudlikni) tuzilishida kamida ikki kishi ishtirok etadi va birlikning mazmuni va shaklini almashinuvi hamkorning almashinuvi bilan kuzatiladi. Psixik rivojlanishning integral davrlashuvini umumiy ko‘rinishi o‘zida bazis (asos) birlikning har-hil turlarida shaxs rivojlanishining sub’ekti sifatida inson rivojlanish bosqichlarini aks ettiradi. Har bir bosqich murakkab tuzilishiga ega: mavjudlikni shakllanish bosqichi va mustaqillikni shakllanish bosqichi, tug‘ilish inqirozi (yangi birlikka o‘tish) va rivojlanish inqirozi (yangi birlikni o‘zlashtirish) farqlanadi. Yondashuvni keng batafsil yoritmasdan ajratilgan bosqichlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: I. Jonlanish (tug‘ilgandan 12 oylikkacha, katta yoshdagi qondoshi bilan umumiylik. Bola o‘zining jismoniy psixosomatik individualligini egallaydi. II. Ruhlanish (11oylik-6,5yosh) – katta yoshdagi yaqinlari bilan umumiylik (birlik). Bola o‘zi uchun ilk bora o‘zining o‘zligini (mashhur bo‘lgan «Mening o‘zim!») kashf etadi, o‘zining shahsiy hohish va qobiliyatini sub’ekti deb biladi. III. Shaxsiylashuv (5,5-18 yosh)-qo‘liga qalam tutgan insonning hamkori bo‘lib, madaniyat sohasidagi ijtimoiy kattalar hisoblanadi; o‘qituvchi, murabbiy, ustoz va b.r. Inson birinchi marotaba o‘zini shaxsiy tarjimai holining muallifi ekanini anglaydi, kelajagi uchun shaxsiy javobgarligini his qiladi, boshqa odamlar bilan birgalikdagi turmush ichida o‘zining ular bilan o‘xshashlik chegaralarini aniqlaydi. IV. Individuallashuv (17-42yosh)-insonning hamkori bo‘lib, ijtimoiy qadriyatlar va ideallar tizimi bilan asoslangan, faoliyat munosabatlariga u bilan kirishuvchi insoniyat hisoblanadi. Sub’ekt rivojlanishining ushbu bosqichini mohiyati – insonning shaxsiy mavqeini o‘lchashiga ko‘ra ijtimoiy qadriyatlarni individuallashuvidir. Inson o‘z mustaqilligi uchun javobgar bo‘lib boradi. V. Universallashuv (39yoshdan yuqori) har qancha rivojlangan individuallik chegaralaridan tashqariga chiqish va bir vaqtning o‘zida umumiy-yuqori insoniy, ekzistensial qadriyatlar doirasiga «o‘zining boshqasiga» kirish. Ilohiy insoniyat universal voqelikni anglashdagi suhbatdosh va tuzishdagi ishtirokchi sifatidadir. Slobodchikov va Sukermenlar kimyodagi Mendeleyev jadvali yoki biologiyadagi evolyutsion shajara bilan davrlashtirish chizmasining ahamiyatini taqqoslab, davrlashtirish chizmasini katta amaliy ahamiyatiga ishonch hosil qildilar: «Agar rivojlanishning umumiy haritasi tuzilsa, psixolog va pedagoglar turli yoshdagi odamlar uchun rivojlanishning maqbul yo‘llarini (ma’lum bir qadriyatlar nuqtai-nazaridan) ta’minlash uchun, ular yaratadigan madaniy - ta’limiy kenglikdagi bo‘shliqlar, oq dog‘larni ko‘rishlari mumkin. So‘nggi yillarda psixik rivojlanishda inqirozlar g‘oyasini nazariy va eksperimental o‘rganish keng avj oldi. Inqiroz davrlarining yangi tuzilishi L.I.Bershedova tomonidan yoshga bog‘liq rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishga psixologik tayyorlik shaklida tahlil qilingan. K.N.Polivanova ishlarida og‘ir «inqirozli» yosh davrlarida ontogenetik rivojlanishda real va ideal shakllarni o‘zaro o‘tishi sodir bo‘lib, bu o‘zaro ta’sirning murakkab ichki mehanizmi ochiladi. Bu mantiqda inqiroz (og‘ir) yoshi zaruriyat yuzasidan bir qator keyingi keluvchi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Psixologlar diqqat markaziga nafaqat yoshdagi yangi tuzilmalar balki, «yo‘qotishlar», (me’yoriy yoshga doir involyutsiya belgilari) ham kiritilishiga e’tibor qaratiladi. Yoshga oid dinamika nafaqat kattalar nuqtai nazaridan (yetilishning psixofiziologik me’yori va yoshning madaniy me’yoriga muvofiqlikni bola tomonidan egallanishi nuqtaidan) balki «o‘zini his qilish» bolalik me’zonlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqilishi kerak.zamonaviy psixologlar postindustrial axborotli davrda ijtimoiy hayotning yangi yondashuvlariga ahamiyat qaratmoqdalar. XX asrning oxiri XXI asrning boshi hayotning odatiy davrlarini chegarasi va yoshga oid barqaror orientatsiyalarning yemirilishi bilan harakterlanadi. Davr xodisalari tobora vaqt va kenglikda individuallashadi va keng o‘lchamda turlanadi (o‘zgaradi): maktabga chiqish vaqti, talabalik davri, mutaxassisligi bo‘yicha ish boali, shuningdek nikohga kirish, erta va kech farzand tug‘ilishi. K.N.Polivanova «yosh g‘oyasi», «madaniy yosh» (tushunchalari) kategoriyalari insonga munosabat vositasi sifatida (o‘zining ahamiyatini) uning jamiyatdagi o‘rnini aniqlab, unga ma’lum bir talab va kutuvlarni qo‘yib, o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Biroq, zamonaviy holat yagona «yosh pog‘onalardan» individual rivojlanishning noaniqligiga o‘tishni aks ettiradi. Ayrim tadqiqotlar davrlashtirish yondashuviga muqobil sifatida hayotiy hodisalar psixologiyasini rivojlantirishni taklif qiladilar. Bu muammoda ko‘p jihatlar o‘rganilmay qolmoqda, lekin uning o‘rganish usullari nazariy jihatdan yetarli darajada aniq yoritilgan. D.B.Elьkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontьev) nazariyasiga, har qaysirivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi rolьi nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.D.B.Elьkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim toshdi: 1. Go’daklik davri - tug’ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat -bevosita emotsional muloqot; 2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat -predmetlar bilan nozik harakatlar qilish; 3. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolьli o’yinlar; 4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o’qish; 5. Kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot; 6. Katta o’smirlik yoki ilk uspirinlik davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - yetakchi faoliyat - o’qish, kasb tanlash davri. D.B.Elьkonin tasnifini ko’pchilik psixologlar tomonidan e’tirof etilsa-da, biroq uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud. Umuman D.B.Elьkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o’rin to’tadi. Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyondasi A.ALyublinskaya inson kamolotini yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi; 1. Chaqaloqlik davri - tug’ilgandan bir oylikkacha; 2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha; 3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha; 4. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 5 yoshgacha; 5. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 6. O’rta maktab yoshi davri (uspirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha: 7. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha. Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyondasi B,A.Krutetstkiy insoning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi: 1. CHaqaloklik (tug’ilgandan 10 kunlikkacha); 2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha); 3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); 4. Bog’chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha}; 5. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha); 6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha); 7. O’smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha); 8. Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha). Yuqoridagi barcha tasniflar ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan qat’iy nazar inson kamolotini to’la ifodalab berishga ojizlik qiladi. Download 115.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling