Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Harakatni idrok etish. 
Narsalarning fazodagi holatini idrok etish 
ko‘zi ojiz bolalar va kattalarda ko‘ruv doirasining torligidan, ko‘ruv 
o‘tkirligining pastligi, ko‘z soqqasining harakatchanligining pastligi 
(kamligi)dan sust kechadi.
Eshituv idroki. Bola
o ‘sib borishi bilan eshituv idroki murak- 
kablashib, tovushning uzoq-yaqinligini, tanish-notanishligini, 
yo‘nalishini va boshqa xususiyatlarini farqlashga o‘rganib boradi. 
Tovushlarni aniq va nafis idrok etish asosan maktabgacha va ki- 
chik maktab yoshida shakllanadi. Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar 
eshituv yordamida tashqi muhitni idrok etadilar. Ular eshituv bilan 
faqat tovushlarni, fazoni idrok etib qolmasdan, joyning tuzilishini
narsalarning katta-kichikligini, hatto go‘zalligini ham idrok etadi­
lar.
Masalan: barglarning shitirlashi, qushlarning sayrashi va boshqa 
narsalar tabiat va uning tuzilishi haqida, go‘zalligi haqida bu toifa 
bolalarga ko‘plab axborot beradi.
Teri yoki paypaslab idrok etish. 
Teri yordamida inson og‘irlikni, 
bosimni, yuzaning xossalarini, zichlikni, issiq-sovuqni, ogirlikni 
va boshqalarni sezadi va idrok etadi. Inson ko'ruv yordamida nar­
sa va obyektlarning В xil belgilarini farqlasa, teri yordamida pay­
paslab 11 xil toifadagi belgilarni farqlay oladi. Mehnat jarayonida 
chap va o‘ng qoilarning ish bajarishdagi vazifasida taqsimlanish 
yuz beradi. 0 ‘ng qo‘l asosan mehnatda, mehnat qurollaridan foy- 
dalanishda yetakchi rol o‘ynaydi, chap qo‘l yordamchi vazifani va 
nazorat vazifasini bajaradi. Shuningdek, barmoqlar ham ma’lum 
ish bajarishga ixtisoslashgan. Masalan, o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich 
barmog‘i bu toifa o‘quvchilarda relyefli nuqtalarni topish va farq-
226


lashga moslashgan bo‘lsa, chap qo‘lning ko‘rsatkich barm ogi shu 
olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi.
Paypaslab idrok etish uch xil yo‘l bilan amalga oshadi.

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling