Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Download 301.59 Kb.
bet1/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova


0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Geografiya o`qitish
metodikasi

Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5141600«Boshlang'ich ta’lim va
sport, tarbiyaviy ish» kunduzgi bo`lim talabalari va bakalavriat ta`limi yo ‘nalishi
maxsus sirtqi bo`lim talabalari uchun «Geografiya o`qitish metodikasi» fanidan
о ‘quv qo`llanma sifatida tavsiya etilgan

Ushbu o'quv qo‘llanmada geografiya o`qitish metodikasi fanining asosiy mazmuni bayon qilingan bo‘lib, unda bu fanning nazariy asoslari, o‘qitish metodlari va shakllari, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi ko'rsatib berilgan. Har bir mavzu so‘nggida berilgan muammoli masala, topshiriq va savollar talabalarda bilim va o‘quv ko'nikmalarini shakliantirib, mavzulami chuqur o'zlashtirishiga inkon beradi.
O‘quv qo'llanmadan pedagogik yo'nalishdagi oliy o‘quv yurtlarining talabalari qatori maktabgacha tarbiya pedagoglari, boshlang'ich sinf va biologiya o‘qituvchilari, pedagogik kollej talabalari, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar o‘quv adabiyoti sifatida foydalanishlari mumkin.


KIRISH
O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani boshlang‘ich sinflarda amalga oshirishda geografiya fani muhim rol o'ynaydi. Bu predmetni o‘rganish kichik yoshdagi o'quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida bilimlar to‘plashga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ayniqsa, bo`lajak boshlang‘ich sinf o'qituvchilari, pedagogik o‘quv predmeti sifatida geografiyani o'qitish fanining ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish bo'lishlari kerak.
Geografiyaning o‘qitish metodikasini yaxshi bilish boshlang'ich maktab o'qituvchisiga bolalarni o‘qitishni to‘g‘ri tashkil qilish imkonini beradi. Metodika o‘qituvchini geografiya o`qitish nazariyasi bilan qurollantirib, o'qitish mahoratini egallab olishiga imkon yaratadi.
O‘quv materiallarining mazmunini ochib berishda xilma - xil o'qitish metodlaridan foydalanishga turlicha yondashish mumkin. U yoki bu metodni tanlashda o'qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, bu tanlash metodlar rivojlantiruvchi ta'limning vazifalarini ta'minlasin, o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirsin va bir paytning o'zida qayta axborot bersin, ya’ni muvaffaqiyatsizlik sababini aniqlash va o‘z vaqtida yordamga kelish uchun o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarning qanday o‘zlashtirilayotganligini tez va aniq ko'rsatib bersin. Shunga ko‘ra geografiya darslarida amaliy ishlar, suhbatlar, hissiyotni qo‘zg‘atuvchi hikoyalar, ayniqsa, mustaqil ishlardan ko'proq foydalanish kerak, bunda tadqiqiy yondashish, murakkab bo‘lmagan tahlil va sintez, taqqoslash va umumlashtirish, tabiat hodisalari o'rtasidagi sababiy bog'lanishlarni aniqlash o‘sha ishlarning majburiy tarkibiy qismlari bo‘lishi lozim. Bularning hammasi o‘quvchilar xotirasi, e’tibori, tasavvuri, tafakkurir faollashtiradi, tushuncha va ishonchniag vujudga kelishiga bilimni yaxshiroq egallashga, o'zlashtirgan bilimlarni yang vaziyatlarda qo'llay olish uquvlarini rivojlantirishga yordam berad:
O‘quvchilarning sezgilari qabul qilib olishlari va zehni rivojlanishlariga ta’sir etuvchi ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalari hamda ekskursiyalar o‘tkazilishi bilimlarning o‘zlash tirilishiga yordam beradi. Geografiyani o'qitish jarayonida; maktab bolalarida ilmiy dunyoqarash asoslari shakllantiriladi (o'qituvchi tabiat jismlari va voqea-hodisalarining moddiyligini ulaming o‘zaro bog‘liqligini izchillik bilan ochib beradi, tabiatda sodir bo'lib turadigan doimiy o‘zgarishlarni xarakterlaydi va hokazo), estetik tuyg'u, tabiatga muhabbat, uning to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va muhofaza etishga intilish tarbiyalanadi.
Bo‘lajak boshlang'ich sinf o‘qituvchilari uchun eng muhimi ta’lim-tarbiya tizimini tushunib olish, geografiyani o'qitish asoslarini, uning uchun xos bo‘lgan shakl, metod va uslublarni o‘quvchilarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o‘rganila olishdir. Shuningdek, o‘z o'lkasining tabiati va qishloq xo'jaligi xususiyatlarini yaxshi bilishi, o'quvchilar bilan ish olib borishda o'lkashunoslik materiallaridan muntazam ravishda foydalanib borishi zarur. Bu masalalarning barchasi mazkur o‘quv qo‘llanmada to'liq yoritilgan bo‘lib, unda asosan «Geografiya o`qitish metodikasi» o‘quv qo'llanmasining pedagogik va uslubi asoslari, o‘qitish usullari, yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar bayon etilgan.


  1. Download 301.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling