O’rta Osiyoda qadimgi diniy e’tiqodlar
Download 47.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqO’rta Osiyoda qadimgi diniy e’tiqodlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajaruvchi talaba: Narzullayev S. Qabul qiluvchi о qituvchi: Madaminovna G. ТАSHКЕNТ-2022 Kirish
О' ZBEКISTON RESPUBLIКASI OLIY VA O'RTA МAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ALFRAGANUS UNIVERSITY Sport faoliyati kafedrasi "Gimnastika" fanidan FANLAR FARQINI TOPSHIRISH GIMNASTIKANING UMUMLASHTIRUVCHI TURLARI Guruh: __ 21-03 _____ Bajaruvchi talaba: Narzullayev S. Qabul qiluvchi о' qituvchi: Madaminovna G. ТАSHКЕNТ-2022 Kirish Gimnastika mashg‘ulotlari shug‘ullanuvchilarga nisbatan alohida talablar qo‘yib, ularga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Gimnastika mashqlari muallim, musiqa va mashg‘ulotlar olib borish sharoitlari bilan hamjihatlikda insonning bilim olishga bo'lgan ishtiyoqini oshiradi, shuningdek, amaliy faoliyat subyekti sifatida katta ta’sirga ega. Darslikdan o‘rin olgan ma’lumotlar gimnastika bilan shug‘ullanuvchilaming maxsus bilimi, ko‘nikma va malakalarini boyitib, ulaming pedagogik tajribasi ortishida ko‘maklashadi. Kitob talabalarning nafaqat gimnastika fani, balki boshqa turdosh fanlarga oid o‘quv materiallarini samarali o'zlashtirishida to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatadi. Bu esa, o‘z navbatida, bo‘lajak muallimning gimnastika bo‘yicha har tomonlarna puxta tayyorlanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda darslik ustida ish olib borgan mualliflar jamoasi quyidagi tamoyillarni dasturilamal deb biladi: 1. Gimnastika — sport-pedagogik fan bo‘lib, shug‘ullanuvchilarga nisbatan o‘ziga xos ta’sir etish vosita va uslublari, nazariya va tarixiga egadir. 2. Gimnastika mashg‘ulotlari boshqa vositalar bilan birgalikda organizmning harakati, u orqali boshqa funksiyalariga, insonning ruhiy va shaxsiy xislatlariga tanlama va turlicha ta’sir ko‘rsatadi. 3. Gimnastika mashqlari ko‘p tuzilmali va ko‘p funksiyali bo‘lib, sog‘lomlashtirish, ta’lim-tarbiyaviy va amaliy maqsadlarda mashqlami tanlash va ulami qo‘Uash uslublarini takomillashtirish uchun keng imkoniyatlami ochib beradi. 4. Gimnastika mashqlarini o‘zlashtirish jarayonida organizmning barcha organlad va tizimlari, jumladan, shug‘ullanuvchilar ruhiyatining ham o“zaro faol harakati kuzatiladi. Natijada, ular shaxs, bilim olish hamda amaliy faoliyat subyektlari sifatida gavdalanadi. 5. Gimnastika mashqlari hamda ular asosida shakllangan rnajmualardan sinamalar ko‘rinishida har xil sport turlari bilan shug'ullanish moyiliigini, shuningdek, o‘quv va kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash uchun foydalanish mumkin. 6. Gimnastika sohasida bilim, harakat malakalari va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdagi muvaffaqiyat shug‘ullanuvchilaming qobiliyati va muallimning uslubiy mahoratiga ko‘ra baholanadi. Muailim va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaxsiy xarakterga ega, chunki ular biri-birini har tomonlama yaxshi bilishi zarur. Ulaming o‘zaro muloqoti bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin: o‘quv materiali, jamoa a’zolari va gimnastika bilan shug‘ullanuvchilaming ta’limi va tarbiyasi bilan bog‘liq boshqa shaxslar orqali. 7. Darslikning uslubiyat asosi bo‘lib, shaxs, faoliyat va qobiliyat to‘g‘risidagi ta’limot, bilim olish nazariyasi, o‘rganilayotgan hodisalarga nisbatan tizimli-tuzilmaviy hamda tarixiy yondashuv xizmat qiladi. Darslik to‘rtta mustaqil, shu bilan bir vaqtda, biri-biri bilan mantiqan uzviy bog‘liq qismlardan iborat. Birinchi qismda gimnastika nazariya va uslubiyatining asoslari haqida ma’lumotlar berilib, unga sport-pedagogik fan sifatida ta’rif berilgan. Asosiy va snaryadli gimnastikada qo‘llaniladigan terminologiyaning to‘liq ro‘yxati keltirilgan. Ikkinchi qismda gimnastikaning asosiy vositalari: safli, umumrivojlantiruvchi, amaliy, akrobatik mashqlar, gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar hamda badiiy va ritmik gimnastika haqida flkr yuritilgan. Gimnastika mashqlarining texnika asoslari va o‘rgatish uslublari ochib berilgan. Sport jarohatlarining oldini olish, jismoniy tarbiya zallari, gimnastika maydonchalari va ularda o'rnatiladigan jihozlaming xarakteristikasi borasida tushunchalar keltirib o‘tilgan. Mazkur qism gimnastika sohasida ilmiy izlanishlar olib borish borasidagi tavsiyalar aks ettirilgan bob bilan tugatilgan. Uchinchi va to£rtinchi qismlar sport va umumta’lim maktablarida gimnastika bilan shug‘ullanish shakllariga, gimnastika darsiga, ommaviy gimnastika chiqishlariga, gimnastikada ish rejalashtirish va hisobotni olib borishga, musobaqalami tashkillashtirish va o‘tkazish hamda sog!lomlashtiruvchi-rivojlantinivchi gimnastikaga bag‘ishlangan. Darslikni tayyorlashda turli o‘quv-uslubtv manbalardan, eng avvalo, M .N .U m arov, A.K. Eshtayev, D.R. Ishtayev, G.M. Xasanova, Shannon Miller muharrirligi ostida tayyorlangan gimnastika bo!yicha darsliklar va o‘quv qollanmalaridan foydalanildi. Darslikni tayyorlashdan maqsad - kelgusida kasbiy faoliyat joyida, turli ta’lim muassasalarida va sport tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida gimnastika mashqlarini o‘qitishda nazariy bilim va amaliy ko'nikmalaming talabalar tomonidan izchil o‘zlashtirilishini ta’minlash. Mazkur darslikdagi materiallaridan 0 ‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari, oliy o‘quv yurtlarining Jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari, o‘rta maxsus kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, jismoniy tarbiya murabbiylari va umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ham foydalanishlari mumkin. Download 47.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling