Bozorda” mavzusida 4- sinfida bir soatlik dars ishlanmasi I mavzu


Download 113.97 Kb.
Sana04.01.2023
Hajmi113.97 Kb.
#1078080
Bog'liq
Bir soatlik dars ishlanmasi Bozorda



Bozorda
MAVZUSIDA
4- SINFIDA

BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI


I Mavzu: Bozor munosabati
II Dars maqsadi.
A) Тa'limiy maqsad: O’quvchilarni bozor munosabati haqida egallagan bilimlarini boyitib, uni hayot bilan bog‘lab olishga o’rgatish. Ularni to’g‘ri ongli , irodali va qiroat bilan o’qish malakalarini takomillashtirish.
B) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ongiga “Vatan tuyg‘usi”ni singdirish, o’z yurtiga bo’lgan muhabbatni oshirish, vatanparvarlik ruhidatarbiyalash va dunyoqarashlarini shakllantirish
S) Rivojlantiruvchi maqsad: Nutq madaniyati va lug‘at boyligini oshirish doirasi, o’z fikrini himoya qila olish. o’zini boshqarish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish.
III Dars turi: suhbat, savol - javob
IV Dars metodi: Guruhlar bilan ishlash, aqliy hujum.
V Dars jihozlari: Darslik, kartochkalar, rasmlar
VI Darsning borishi
A) Salomlashish
B) Davomotni aniqlash
S) Uy ishini so’rash va tekshirish
Baholash nizomlari
Qizil - 5 ball
Sariq - 4 ball
Yashil - 3 ball
Oq - 2 ball
O’quvchilarni dars boshidan ikkita guruhga bo’lingan holda joylashtiriladi.
1 - Guruh: Chaqqonlar.
Bizni shiorimiz: А'lo o’qish burchimiz.
2 - Guruh: Zukkolar.
Bizni shiorimiz: Bilimga chaqqon, quvnoq bolamiz.
O’quvchilar tomonidan guruhlarga faolashtiruvchi savollar beradi.
1 - Shart: “Guruhingni himoya qil!”
Ushbu o’yinda o’tilgan mavzular yuzasidan tezkor savollar.
1-Guruh.
1. Kuz faslida qaysi poliz ekinlari pishib yetiladi?
2. Sabzavotlar nima uchun kuzda yig’ib olinadi?
3. Bolalar kuz faslida nima qiladilar?
4. Kuz faslida qaysi mevalar pishadi?
2-Guruh.
1. Polizdan qanday sabzavotlarni yig’ib olinadi?
2. Kuz faslida havo qanday bo’ladi?
3. Bog’da qanday mevali daraxtlar bor?
4. Qaysi mevalardan sharbat tayyorlanadilar?
2 - Shart: Sirli alifbo
Har bir guruhga qavs ichida berilgan raqam o’rniga alifbo tartibidagi harfni qo’yib maqollarni topadilar.
1 guruh
1) M(4)hnat - (12) yehna (19)ning t(1)gi (15)ohat
2) Tin(28)lik ur(20)shni yen(6)ar
2 guruh
1) (16)o’sh(13)ning tinch - sen t(8)nch
2) (2)ahorgi ha(15)akat k(20)zgi bara(10)at
VII Yangi mavzu bayoni.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar kuz fasli sentyabr oyidan boshlanadi. Ammo bizning o’lkamizga sentabr oyining o’rtalaridan havo yozdagidekissiq bo’ladi. Kuzda yomg’ir ko’p yog’adi. Ekilgan sabzavot ekinlari, handalak, bodring, pomidor butkul yetiladi.
Mevalardan shaftoli, o’rik, olxo’ri va olmalar pishadi. Bog’bonlar kuzgi meva va sabzavotlar teriladi. Hosil omborda saqlanadi. Shaharliklarga sabzavotlar, mevalar yetkaziladi.
1-mashq. Bozordagi meva, sabzavot va boshqa mahsulotlar haqida namunadagidek gaplar tuzing va ko’chiring.
Namuna:

  • Sizga bu olmadan necha kilogram kerak?

  • Menga shu olmadan ikki kilogramm bering.

3-mashq. Nuqtalar o’rniga qavs ichidagi so’zlardan mosini qo’yib gaplarni o’qing va ko’chiring.
1.Bir bog’ ……(olma, anor, kashnich) kerak. 2. Biz bozordan 2 kilogramm …. (limon, olma, qalampir) sotib oldik. 3. Menga 3 kilogramm ….(piyoz, ukrop, zira) bering. 4. Dasturxonga 5 dona ….(suzma, anor, limon) qo’ying.
3 - Shart: “Olg‘a - qadam” metodi.
Bu o’yinda har bir guruhga yil fasllariga oid kartochkalar beriladi. Har bir faslda qilinadigan



ishlar, o’yinlar, bayramlar yozilgan kartochkalarni o’z fasliga joylashtiriladi.
4 - Shart. Gapni davom ettir”
Bu mashqni qoidasiga ko’ra, bir o’quvchi bitta qisqa gap aytadi, boshqa o’quvchi aynan shu gapga so’z qo’yib boraveradi.
Masalan:
Birinchi o’quvchi: Kuzda havo iliq bo’ladi.
Ikkinchi o’quvchi: Kuzda havo iliq bo’lib, quyosh yerni qizdirishni pasaytiradi.
Uchinchi o’quvchi: Kuzda havo iliq bo’lib, quyosh yerni qizdiradi, meva va sabzavotlar butkul pishadi.


5 - Shart. Topishmoq aytish
Har bir guruh bir biriga topishmoq aytadilar, qaysi guruh topishmoq nomini ko’p topsa, o’shaguruhg’olib bo’ladi.
1 - guruh
Qavat - qavatdir to’ni,
Fe'li yomondir uni.
Yechsang agar to’nini
Yig’lashadi bil shuni.
(piyoz)
2 - guruh
Eta bahor ekamiz,
O’zi ko’m ko’k ham silliq.
Archib tuzlab yesangiz,
Juda muzdek ham suvlik.
(bodring)
VII Mustahkamlash.
Barcha o’tkazilgan o’yinlar bo’yicha guruhlar yg‘gan ballari jamlanib, g‘olib guruh ainqlanadi. O’quvchilar darsdagi fa'oliyati asosida baholanib chiqadi.
Uyga vazifa:
Download 113.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling