Maxsus ta’lim vazirligi
Download 97.44 Kb.
|
1 2
Bog'liqToshkent moliya instituti moliya fakulteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya bolimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
- 3. Tuman byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablaglarni tejamli hamda maqsadli ishlatadi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYA FAKULTETI “MOLIYA” TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA TANISHUV AMALIYOTI H I S O B O T I Tayyorladi: MM-54i guruh talabasi ____________________ Amaliyot rahbari: _______________ Kafedra tomonidan ro’yxatga olingan tartib raqami №_____ “___” ________2021y. ______ (imzo) Hisobot bahosi: _____ ball. Komissiya a’zolari: _______________ ________ _______________ ________ _______________ ________ Hisobot himoyaga tavsiya qilindi (qilinmadi). “___” __________2021y. Rahbar: _______________ _______ (imzo) Toshkent-2021 Reja: Kirish. Amaliyot obyektining faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish. Amaliyot obyetkining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish
Ishlab chiqarish amaliyoti davomida “Moliya” mutaxassislik fanlari bo’yicha o’zlashtirgan nazariy bilimlarimni chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, kasb layoqati va ko’nikmalarini shakllantirishga harakat qildim. Ishlab chiqarish davomida quyidagilarni o’rganishga harakat qildim: - nazariy bilimlarimni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirdim; - sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim; - amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'plab, ulardan unumli foydalandim hamda tizimlashtirdim; - amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy- iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilib, omilli bog'liqlikda xulosalar yozdim; - amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlab, unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini yoritdim. Shuningdek, malakaviy amaliyot o’tash davrida moliya bo’limining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham ishtirok etdim. Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid amaliy ma’lumotlarni va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman. Amaliyot obyektining faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish. Men bu mavzu bo'yicha tuman hokimiyati qoshidagi moliya bo'limining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi vazifalari va funktsiyalarini o'rgandim. Shuningdek, moliya bo'limining tarkibiy tuzilmasi bilan tanishib, barcha bo'limlarning ish faoliyatini o'rgandim. Moliya bo'limi tuman byudjetining loyihasi tuzadi, tuman byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosi, tuman byudjetida nazarda tutilgan tadbirlarni zarur bo'lgan moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash, shuningdek tuman byudjeti bo'yicha moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlanadigan boshqa tadbirlar uchun javobgardir, tuman hudida ehtiyojlari uchun moliyaviy mablag'larining safarbar qilinishi ta'minlaydi. Moliya bo'limi O'zbekiston Respublikasining funktsiya va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy asosini yaratish, tuman byudjetini ishlab chiqish va ijrosi, hamda moliyaviy o'ta oqilona va iqtisodli foydalanishlarni ta'minlaydi. Moliya bo'limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:1. Moliya bo'limi ijtimoiy ishlab chiqarishning samarasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag'larni ishlatishni ta'minlaydi.2. Iqtisodiyot taraqqiyoti hamda aholi hayoti miqiyosining moddiy va madaniy o'stirish bo'yicha tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida mablag' bilan ta'minlashga moliyaviy mablag' yo'llaydi.3. Tuman byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag'larni tejamli hamda maqsadli ishlatadi.4. Tuman hududidagi birlashmalar, korxona va tashkilotlar byudjet oldida moliyaviy majburiyatlari hamda davlat moliyaviy intizomiga rioya qilishini taminlaydi.5. Iqtisodiyot hamda ijtimoiy-madaniy sohalarni moliyaviy mablag' bilan ta'minlaydi, tumanning tijorat, ijtimoiy va ishlab-chiqarish taraqqiyoti uchun moliyaviy baza yaratadi.Moliya bo'limi o'ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi. O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ko'rsatmalariga binoan xo'jaliklarning moliyaviy – byudjet rejasi hamda moliyaviy mablag' bilan ta'minlashini metodik ravishda bajaradi: moddiy va pul mablag'larining safarbar qilinishini aniqlash, iqtisod rejasini ta'minlash maqsadida tuman maxalliy xo'jaliklari sohalarining iqtisodiy va moliyaviy ahvolini o'rganadi. Shuningdek, tuman hokimligi, belgilagani bo'yicha kelasi yil tuman byudjeti loyixasining tuzish ishlarini tashkil qiladi,tuman byudjetining daromad va xarajatlari to'g'risida takliflar kiritadi, o'zi moliyaviy mablag' bilan ta'minlaydigan tuman Hokimligi bo'lim va boshqarmalarning maorif, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot va tuman byudjetidagi boshqa tadbirlar uchun belgilangan mablag'larning jamlangan smeta loyixasini hamda tuman Hokimi Mahkamasi, shuningdek uning bo'lim va boshqarmalarining mablag' bilan ta'minlovchi xarajatlar smetasini ko'rib chiqadi.Moliya bo'limi tuman byudjetining ijrosini tashkil qiladi, byudjetining daromad va xarajat qismlarini bo'linmalarga bo'ladi, tuman byudjetining ijrosini bajaradi, tuman byudjetining daromad qismi uchun nazarda tutilgan mablag' tushishini ta'minlashini, byudjet mablag'larini maqsadli ishlatilishining iqtisodchi va ishlab chiqarish hamda moliyaviy rejalar bajarilishi bo'yicha tadbirlar o'tkazadi, byudjetining ijrosi masalalari bo'yicha takliflarni tuman Hokimligiga olib chiqadi. Tuman Hokimi Mahkamasining boshqarma va bo'limlari smeta xarajatlari ijrosi bo'yicha hisobotlarni ko'rib chiqadi, tuman byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot tuzadi hamda viloyat Moliya boshqarmasiga taqdim etadi.Tuman Hokimi Mahkamasi bo'limlari va boshqarmalarining hisob-kitob hisobotlari hamda mezonlarini ko'rib chiqadi, shuningdek byudjet hisobidan moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlanadigan tuman tasarrufidagi ayrim tashkilotlar va korxonalarning hisob-kitob xisobotlari va mezonlarini ko'rib chiqadi hamda byudjetdan ajratilgan moliyaviy mablag'lar bo'yicha moliyaviy majburiyatlar bajarilishini tekshiradi, tuman Hokimi Mahkamasi bo'limlari moliyaviy xo'jalik faoliyatlarida aniqlangan kamchiliklarni bartiraf etish talablarini qo'yadi, zarur hollarda tuman Hokimi boshqarma va bo'limlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatlari yuzasidan tuman Hokimiga axborot beradi, noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo'yicha tadbirlar o'tkazadi, mablag'larni samarali sarflanishi yuzasidan takliflar kiritadi.-muassasalar, korxona va tashkilotlar davlat moliya intizomiga rioya qilishlarini hamda moliyaviy mablag‘larining iqtisodiy xarajatlari to‘g‘riligini tahlil qiladi. -tuman Hokimligi boshqarma va bo‘limlari, markazlashtirilgan muxosabalari ishida hisob-kitob va hisobotlar ahvolini tahlil qiladi. -o‘zining vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan fuqarolarning shikoyatlari, taklif va xatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi, fuqarolar xabar bergan kamchiliklarini yo‘qotish uchun tadbirlar ishlab chiqadi. -tuman Hokimi Mahkamasining bo‘lim va boshqarmalari, muassasalar, korxona va tashkilotlarning ma’sul xodimlari bilan moliyaviy masalalar yuzasidan majlislar o‘tkazadi. -aholining ijtimoiy muhofazasini hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘ manbaalarni aniqlaydi va ta’minlaydi. -davlat boshqaruv idoralarining tashkiliy tartibini yaxshilashga hamda ular uchun mo‘ljallangan xarajatlari kamaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi. Moliya bo‘limi quyidagi huquqlargi ega: -korxona va tashkilotlar, muassalaridan tuman byudjetini tuzish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy reja, smeta hamda boshqa materiallar, muxosoba hisobotlari shuningdek muassasalar, korxona va tashkilotlar davlat moliya intizomiga rioya qilishlarini hamda davlat oldida moliyaviy majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish, mablag‘ bilan ta’minlash, tuman byudjetini rejalashtirish uchun boshqa materiallar va hisobot ma’lumotlari oladi. -tuman byudjeti hisobidagi muassasalarining moliyaviy faoliyatlarini, shuningdek tahlil qilingan korxona va tashkilotlar rahbarlariga moliyaviy intizomda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini olish to‘g‘risida ijro uchun majburiy ko‘rsatmalar beradi. -mablag‘lar ortig‘i bilan ishlatilgan hollarda va tashkilotlarni byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashini cheklaydi, zarur hollarda to‘xtatadi, shuningdek ular ilgari ajratilgan mablag‘lar xarajati to‘g‘risida hisobot topshirganda hamda boshqa belgilangan hisobotlarda xato va kamchiliklar aniqlangan holda tegishli vazirliklar rahbarlariga bu haqida ma’lumaot berib o‘z dalolati miqiyosida, amaldagi qonunchilikka suyanib boshqa chora va tadbir qo‘llaydi. -muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning hisobotlarida aniqlangan xato va kamchiliklarni tuzatish to‘g‘risida takliflar kiritadi, shuningdek ushbu takliflar bajarilishini tekshiradi. -Bo‘lim xodimlarini taftishva tekshiruvlar natijasida aniqlangan mablag‘lar ortiq ishlatilgani, kamomad, g‘ayri qonuniy xarajatlari, aniqlangan qo‘shimcha daromad mablag‘idan qismiga tushadigan mablag‘larining 10 foizi hisobidan moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasini tuzadi. Chilonzor tuman Moliya bo‘limi Nizomda qayd etilgan huquqlari bilan bir qatorda amaldagi qonunchilik hamda hokimlik qarorlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega. Chilonzor tumani Hokimi Mahkamasining Moliya bo‘limini Moliya Vazirligi hay’ati qaroriga asosan, tuman Hokimi bilan kelishilgan, viloyat Moliya Bosh Boshqarmasiga tasdiqlagan bo‘lim mudiri boshqaradi. Moliya bo‘limi mudirining bosh boshqarma boshlig‘i tavsiyasiga binoan tayinlangan va tasdiqlangan o‘rinbosari mavjud. Moliya bo‘limi mudiri bo‘lim zimmasiga yuklangan vazifasini va majburiyatlar bajarilashiga shaxsan javobgardir, mudir o‘rinbosari, tarkibiy bo‘linmalar mutaxasislarning javobgarlik darajasini belgilaydi. Moliya bo‘limi tarkibi, soni, xodimlar ish haqi jamg‘armasi miqdori shahar Moliya Bosh Boshqramasi tomonidan tasdiqlanadi. Xatirchi tuman Moliya bo‘limi yuridik shaxs huquqlardan foydalanadi, Davlat tilida nomi bitilgan O‘zbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan o‘z muxriga ega. Ushbu mavzu bo‘yicha amaliyot hisobotiga moliya bo‘limining Nizomi, moliya bo‘limining tarkibiy tuzilmasi va moliya bo‘limi xodimlarining funksional vazifalarini ilova qilmoqdaman. 2. Moliya bo’limining faoliyati tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash. O’zbekiston Respublikasi 14 ta ma’muriy hududdan iborat bo’lib (Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri), ularning har biri iqtisodiyoti o’ziga xos tabiiy - iqlim sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy tarqqiyoti darajasi va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. Mamlakatning har bir hududi iqtisodiyotining o’ziga xos tarmoq tarkibi, mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv asosida ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmasiga ega bo’lib, mahalliy boshqaruv organlari orqali tartibga solinadi. Moliya bo’limi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar va moliya tizimini rivojlanishiga xizmat qiluvchi ichki yo’riqnomalar mavjud ekan.Misol qilib Mirzo Ulug’bek tumani hokimi mahkamasi moliya bo’limining nizomida moliya bo’limini tartibga solish to’g’risida bir qancha qoidalar hamda moliya ishlarini to’g’ri tashkil etish to’g’risida ko’rsatib o’tilgan.Ushbu nizom O’zbekiston Reaspublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 23 noyabr 553 sonli qaror bilan tasdiqlangan. Nizomda moliya bo’limiga tegishli umumiy qoidalar 1-bo’limda ko’rsatilgan. Unda har bir tumani Hokimi maxkamasining moliya bo’limi O’zbekiston Reaspublikasi qonunchiligiga muvofiq o’z faoliyatida aynan o’z tuman hokimiga hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga va Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasiga bo’ysunadi.Tuman Hokimi maxkamasining Moliya bo’limi tuman byudjetining loyihasini tuzadi, tuman byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosi, tuman byudjetida nazarda tutilgan tadbirlarni zarur bo’lgan moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash, shuningdek tuman byudjeti bo’yicha moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlanadigan boshqa tadbirlar uchun javobgardir, tuman hududida umumdavlat extiyojlari uchun moliyaviymablag’larning sarf qilinishini ta’minlaydi. Download 97.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling