Maxsus ta’lim vazirligi


Sharof Rashidovich Rashidov


Download 400.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi400.93 Kb.
#221045
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ergasheva Nargizaxon

Sharof Rashidovich Rashidov 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tarjimai hol 

Sharof  Rashidovich  Rashidov  (1917-1983)  -  O‘zbek  SSR  davlat  arbobi  va  sovet 

partiyasi a’zosi. 1939 yildan Sovet Ittifoqi Partiyasi a’zosi. O‘zbek SSR Kommunistik 

Partiyasining  birinchi  kotibi,  Sovet  Ittifoqi  Kommunistik  Partiyasining  Markaziy 

ijroiyasining nomzod a’zosi. Sotsiolistik mehnat qahramoni (1974 yil, 1977 yil). O‘zbek 

yozuvchisi. 

Samarqanddagi  O‘zbek  davlat  universitetining  filologiya  fakultetini  (1941),   Sovet 

Ittifoqi  Kommunistik  partiyasi  Markaziy  qo‘mitasi  huzuridagi  Umumittifoq  partiya 

maktabini  (Oliy  partiya  maktabi)  (1948,  sirtdan)  tamomlagan.1935  yil  Jizzax 

pedagogika  texnikumini  tamomlab,  o‘rta  maktabda  dars  bergan.  1937-1941  yillar 

“Lenin  yo‘li”  nomli  Samarqand  viloyat  gazetasi  mas’ul  kotibi,  mas’ul  muharrir 

o‘rinbosari, muharriri. 

1941-1942  yillar  Sovet  armiyasi  tarkibida,  Ulug‘  Vatan  urushi  qatnashchisi.  Yarador 

bo‘lib,  O‘zbekistonga  qaytariladi.  1943-1944  yillar  “Lenin  yo‘li”  gazetasi  muharriri. 

1944-1947 yillar O‘zbekistondagi Samarqand viloyat qo‘mitasi Kommunistik Partiyasi 

kotibi. 1947-1979 yillar “Qizil O‘zbekiston” respublika gazetasining mas’ul kotibi. 

Rashidovning ilk she’riy to‘plami “G‘azabim” nomi ostida 1945  yil nashrdan chiqqan. 

Trilogiyasining  birinchi  qismi,  ya’ni  “G‘oliblar”  romanida  (1951)  yirik  yerlar  uchun 

xalqning  kurashi  aks  etgan.  Hamid  Olimjonning  Oyqiz  romanining  qahramoni  tuman 

qo‘mitasi  raisi  Jo‘raboyevning  kotibi  -  muhandis  Smirnov.  “Bo‘rondan  kuchli” 

romanida  (1958)  ham  xuddi  shu  qahramonlar  tasvirlangan.  Fe’l-atvorlar  to‘qnashuvi, 

g‘oyalar mojarosi va dunyoqarashlar yanada chuqurlashdi. “Balog‘at” (1971) romanida 

qahramonlarning  tadrijiy  rivoji  yakunlanadi.  “Qudratli  to‘lqin”  (1964)  romani  Ulug‘ 

Vatan urushi yillari front ortidagi sovet odamlarining qahramonliklariga bag‘ishlanadi. 

“Kashmir  qo‘shig‘i”  (1956)  nomli  o‘ychan  qissasida  hind  xalqining  ozodlik  uchun 

kurashi aks etgan. 

1950 yil Rashidov “Tarix hukmi” nomli publitsistik maqolalar to‘plamini chop ettiradi, 

1967 yil esa “Do‘stlik bayrog‘i” kitobi chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet 

adabiyotining dolzarb mavzulariga bag‘ishlanadi. 



1959 yil 14 mart kuni O‘zbekiston Kommunistik partiyasining Markaziy Qo‘mitasining 

Oliy  sudidagi  qizg‘in  muhokamalardan  so‘ng  Sharof  Rashidov  birinchi  kotib 

lavozimiga saylanadi. 

Mazkur 


lavozimda 

Rashidov 

Markaz 

tomonidan 

yetkaziluvchi 

buyruqlarni 

kamaytirishga  harakat  qilgan,  hom-ashyo  va  kerakli  resurslarni  yetarli  darajada 

ajratilishiga  muvaffaq  bo‘lgan.  Ko‘plab  muhim  inshootlarning  qurilishi,  Mirzacho‘l, 

Qarshi,  Jizzax,  Yozyavon,  Surxon-Sherobod  kabi  cho‘llarining  o‘zlashtirilishi  uning 

ismi  bilan  bog‘liq.  Mazkur  yerlar  obodonlashtirilib,  paxta  plantatsiyalari,  oziq-ovqat 

mahsulotlari  yetishtirila  boshladi.  1956  yilga  qadar  Mirzacho‘l  aholisining  soni  1,5 

mingdan  2000  nafargacha  oshdi.  Bularning  barchasi  uzoq  muddatli  istiqbolga 

mo‘ljallangan  keng  ko‘lamli  iqtisodiy  siyosatning  natijasi  edi.  Kechagi  qo‘riq  yerlar 

bugun ham mustaqil O‘zbekiston uchun xizmat qilishda davom etmoqda. 

1960  yildan  e’tiboran,  Rashidov  SSSRning  xalqaro  siyosatida  faol  ishtirok  eta 

boshlaydi.  Shunday  qilib,  1962  yil  Karib  orollari  inqirozi  paytida  sovet  vakillari 

tarkibida Fidel Kastro bilan muzokaralar olib borgan. Komandant va Rashidov o‘rtasida 

ko‘p yillarga do‘stona munosabatlar paydo bo‘ladi. 

Rashidov  davrida  O‘zbekistonning  xalqaro  salohiyati  o‘sadi.  1966  yili  Toshkentda 

Hindiston Bosh vaziri Lal Bahadur Shastri va Pokiston prezidenti Muhammad Ayubxon 

o‘rtasida  Vazirlar  Kengashi  Raisi  Aleksey  Kosyginning  vositachiligida  muzokaralar 

bo‘lib o‘tadi. Sharaf Rashidov ushbu muzokaralarni tayyorgarligida faol ishtirok etgan. 

Natijada, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi qonli urushni tugatilishi haqidagi mashhur 

“Toshkent deklaratsiyasi” imzolangan. 

1966  yil  sanasi  Toshkent  tarixida  vayrongarchilik  yer  qimirlashi  voqeasi  bilan 

muhrlanib  qolgan,  biroq,  shahar  bu  hodisani  g‘alaba  bilan  yengdi:  yangi  binolar  qad 

rostladi, tumanlar barpo etildi, O‘rta Osiyodagi birinchi Toshkent metropoliteni qurildi. 

Sharaf Rashidov O‘zbekiston aholisini tiklash bilan birga, butun sovet xalqini, asosiysi, 

SSSR rahbariyatini safarbar etishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi silkinishlardan so‘nggina 

Toshkentga  tezlik  bilan  Brejnev  va  Kosiginlar  yetib  kelishgan,  so‘ngra,  Sovet 

Ittifoqining  barcha  respublikalarining  ommaviy  qurilish  guruhlari  kelishni  boshlagan. 

Shahar  markazidan  aholi  yashashi  uchun  chodir  shaharchalar  tashkillashtirish  uchun 

armiya hizmatda bo‘lgan. 



Vayronaga  aylangan  shaharni  tiklashga  bo‘lgan  harakatni  hech  bir  mamlakat  xali 

ko‘rmagan  edi.  Shaharda  yangi  aholi  tumanlar  paydo  bo‘ldi:  Chilonzor,  Sergeli, 

Yunusobod,  Qoraqamish.  Paxsa  uylardan  butunlay  voz  kechildi.  Hukumatning  qarori 

bilan, ularning o‘rnida ko‘pqavatli uylar qad rostladi.  Toshkent 3,5 yil ichida butunday 

tiklandi. 

Sharof  Rashidovning  tashabbusi  bilan,  1968-1970  yillar  Toshkent  metropolitenining 

qurilishi  boshlanib,  uzunligi  12,2  km.ni  tashkil  qiluvchi,  to‘qqizta  bekatga  ega  bu 

yerosti  yo‘lining  ochilishi  1977  yil  bo‘lib  o‘tdi.  Qiziqarli  fakt  -  bugun  Toshkent 

metropolitenining  hech  bir  bekati  qurilish  ishlari  tepasida  bosh-qosh  bo‘lib  turgan  bu 

buyuk inson nomi bilan atalmagan. 

Mamlakatda  nafaqat  shaharning  ta’mirlanishi,  balki,  xalq  xo‘jaligining  yirik  qurilish 

obyektlarining  qurilish  ishlari  ham  amalga  oshirilgan.  Toshkent  markazida  1969  yil, 

sobiq  TurkVO  shtabida  S.  P.  Koroleva  nomidagi  Oy  va  Marsning  ilmiy  aerokosmik 

tadqiqotlari  bo‘yicha  OKB  filiali  tashkil  etilib,  keyinchalik  “O‘zbekkosmos”  nomini 

olgan. 

O‘zbekiston Sharqning sanoat markazlaridan biriga aylangan. Toshkent avatsiya zavodi 

(TAPOiCh) dunyodagi eng yirik korxonalar beshtaligidan joy olgan. Bu yerda yiliga 60 

dan  ziyod  yirik  harbiy-transport  va  fuqarolik  samolyotlari  chiqarila  boshlab,  Yevropa 

davlatlarining yirik aviatsiya uyushmalari bilan taqqoslana olgan. 

Toshkent  traktor  zavodi  yiliga  21  mingdan  ziyod  traktorlar  ishlab  chiqargan, 

“Tashselmash” - yiliga 10 mingdan ortiq paxta terish mashinalari ishlab chiqargan. 

2017  yil  Rashidov  tavalludining  100-yilligi  keng  nishonlandi.  Jizzaxda  Sharof 

Rashidovning  uy-muzeyi  tashkil  etilib,  haykali  o‘rnatildi,  uning  xotirasiga  atalgan 

“Xalqning  atoqli  o‘g‘loni”  nomli  xotira  kitobi,  shuningdek,  Rashidovning  sara  asarlar 

to‘plami nashr etildi.


Download 400.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling