Maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat pedagogika instituti
Plastik massalar va ulardan detallar tayyorlash
Download 376.09 Kb.
|
Kodirova M
Plastik massalar va ulardan detallar tayyorlash. Plastik massalar tabiiy yoki sun’iy polimerlar asosida olingan materiallar bo‘lib, ularni olish yoki qayta ishlashning ma’lum bosqichida yuqori plastiklikka ega bo‘ladi. Plastik massalar oddiy va murakkab xillarga ajratiladi. Oddiy plastik massalar yolg‘iz polimerlardan iborat bo‘lib, ularga polietilen, polistirol, kapron, organik shisha va boshqalar kiradi.
Murakkab plastik massalarda bog‘lovchi polimerlardan tashqari toldiruvchilar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, katalizatorlar, moylovchi va bo‘yovchi moddalar ham bo‘ladi. Ba’zan bog‘lovchilar sifatida polimerlar o‘rniga bitum, asfalt, sementlardan ham foydalaniladi. To‘ldirgichlar plastmassalarni fizika-mexanik, kimyoviy va texnologik xossalarini yaxshilash bilan kam yeyiladigan qiladi. Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga zaruriyatiga ko‘ra 40–80% gacha to‘ldirgichlar sifatida yog‘och uni, paxta, qog‘oz, asbest, to‘qima va shisha tolalari, bo‘r, gips, grafit, kaolin, talk kukunlari va boshqa materiallar qo‘shiladi. Plastik massalarning plastikligi, elastikligi va oquvchanligini oshirish maqsadida plastifikatorlar kiritiladi va plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-kunjut moyi, glitserin, dibutilftolat va boshqalar. Stabilizatorlar plastik massalarga issiqlik, nur va boshqa faktorlar ta’sirida turg‘unligini oshirish maqsadida oltingugurtli birikmalar, fenollar va boshqalar ma’lum nisbatda qo‘shiladi. Katalizatorlar sifatida magneziya, urotropin, ohak va boshqa materiallardan foydalaniladi. Ular polimer materiallarning qotish jarayonini tezlatadi. Moylovchi moddalar plastmassalarni presslash jarayonini osonlashtirish uchun qo‘shiladi. Ularga mum, steorin, transformator moyi va boshqalar kiradi. Bo‘yoqlar plastmassaga kerakli rang beradi. Bo‘yoq sifatida oxra, rodanin, nigrozin va boshqalardan foydalaniladi. Plastik massalar xossalariga (molekulalararo bog‘lanish xarakteriga) ko‘ra termoplastik va termo-reaktiv xillarga ajratiladi. Termoplastik plastmassalarda polimer molekulalari o‘zaro bo‘shroq chiziqli bog‘lanadi. Ular qizdirilganda yumshab, sovitilganda qotadi. Shu sababli, ularni takror qizdirib ishlov beriladi. Bu holda xossalari saqlanadi. Termoreaktiv plastmassalar molekulalari o‘zaro kimyoviy puxta bog‘lanadi. Shu sababli, ularning xossalari termoplastiklardan keskin farqlanadi. Bu plastmassalar qizdirilganda yumshab borib, keyin ma’lum temperaturada suyuqlanmaydigan qattiq holatga o‘tadi. Shu sababli, ular qayta ishlanmaydi. Ular, odatda, maydalanib to‘ldirgichlar sifatida ishlatiladi. Mashinasozlikda korpus detallari, truba, shkiv, tishli g‘ildirak, podshipnik va boshqalarni tayyorlashda foydalaniladigan plastik massalar va ularning xossalari 15- jadvalda keltirilgan. Plastik massalardan turli shakldagi va o‘lchamdagi detallarni tayyorlashda qator texnologik usullar bo‘lib, ular ichida metall qoliplarga qizdirib bosim bilan quyish, presslash, siqib chiqarish usullari ko‘proq tarqalgan. Masalan, metall qolipga quyish usulidan termoplastik plastmassalar (polietilen, polistirol, poliamid va boshqalar)dan detallar tayyorlashda, qizdirib presslashdan termoreaktiv plastmassalar (epoksid, getinaks va boshqalar)dan detallar tayyorlanadi. Download 376.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling