Plastmassalardan detallar tayyorlash texnologiyasi. Quyish usuli Qizdirib presslash va bosim bilan quyish
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Plastmassalardan detallar tayyorlash texnologiyasi
Plastmassalardan detallar tayyorlash texnologiyasi. 1.Quyish usuli 2.Qizdirib presslash va bosim bilan quyish, 1.Siqib chiqarish va presslash usulida detallar tayyorlash. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Plastik - bu juda yumshoq, bolalarning o'yin xamirini eslatuvchi material. U yaxshi cho'ziladi, rulon va mog'orlanadi. Issiqlik bilan ishlov berishdan keyingi mahsulotlar plastikka o'xshaydi. Ushbu material kattalar ijodkorligi uchun ham, bolalar uchun ham javob beradi. Rangli plastmassadan hayvon haykalchalari va turli xil zargarlik buyumlarini yasashingiz mumkin.Plastik massalar va ulardan detallar tayyorlash. Plastik massalar tabiiy yoki sun’iy polimerlar asosida olingan materiallar bo‘lib, ularni olish yoki qayta ishlashning ma’lum bosqichida yuqori plastiklikka ega bo‘ladi. Plastik massalar oddiy va murakkab xillarga ajratiladi. Oddiy plastik massalar yolg‘iz polimerlardan iborat bo‘lib, ularga polietilen, polistirol, kapron, organik shisha va boshqalar kiradi. Plastmassalar, plastik massalar, plastiklar — tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqlik yoki bosim taʼsirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini mustahkam saqlaydi. P.dan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiq-sovuqni oʻtkazmasligi, atmosfera taʼsirlariga chidamliligi, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin oʻzgarishiga bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi. P. polimerlarning turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga boʻlinadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va boshqalar) bor. Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan P. tarkibida plastifikatorlar, boʻyagichlar ham boʻladi. Plastifikatorlar yuqori temperaturada P.ning plastikliligini oshiradi va qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60—100° dan yuqori temperaturada mustahkamligini tez yoʻqotadi. Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar oʻrtacha kuch va 60—100° temperaturada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) asbob qismlari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy taʼsirlarga oʻta chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, polietilente- reftalat), optik shaffof (polimetil -metakrilat, polistirol) boʻladi. Reaktoplastlar tarkibida isitilganda yoki katalizatorlar (fenolformaldegid va karbamid smolalar) hamda qotirgichlar (epoksid smolalari, polisiloksanlar, toʻyinmagan poliefirlar) taʼsirida toʻrsimon tuzilishga ega boʻlgan polimerlar hosil qilib qotadigan polimerlar boʻladi. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlar qotganidan keyin issiqlik taʼsirida buzilmagunicha oʻzining shishasimon holatini saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida toʻldirgichlar, chiziqsimon polimerlar: qotish jarayonini rostlagichlar, boʻyagichlar, termostabilizator, antiseptiklar boʻladi. Reaktoplastlar toʻldirgichlar turiga koʻra, kukunli (yogʻoch uni, asbest kukuni, kvars uni va h.k.), tolali (ip-gazlama, asbest tolasi, shisha tolasi), listli (qogʻoz, ip-gazlama, shisha toʻqimasi, yogʻoch shpon) xillarga boʻlinadi. Qotirilgan P. dan tayyorlangan buyumlar 100—350°da kuchning uzoq, muddatli taʼsiriga bardosh beradi (polimer va toʻldirgich turiga qarab). Reaktoplastlar yuqori kuchda ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera taʼsiriga bardosh beradigan va yaxshi dielektrik xossali boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida olinadigan P. qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki P. selluloid boʻlib, u 1872-yilda AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-tida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin P. sanoati 2-jaxon urushidan keyingina rivojlandi, 20-asr 50-yillarida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen P. koʻplab ishlab chiqarila boshladi. Oʻzbekistonda 10 ga yaqin korxona P.ni qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa zavodi, Ohangaron qurilish buyumlari zavodi, Jizzax plastmassa ishlab chiqarish zavodi ixtisoslashgan korxonalardir. Qurilishda P. pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, gidro va termoizolyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari ishlab chiqarishda, yopmalar, deraza, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik pavilonlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida P. yetakchi oʻrinni egallaydi. P. mahsulotlar tannarxini arzonlashtiradi, mashinalarning muhim texnik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va h.k. oshadi. P.dan tishli gʻildiraklar, podshipniklar, roliklar, stanok yoʻnaltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va boshqa ishlab chiqariladi. P.ning aviatsiyasozlikda keng qoʻllanilishiga sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini oʻzgartirish imkoniyatiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar ishlab chiqarishda ham P. muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, gʻildiraklar, shassi ustunlari, vertolyotlarning parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilgʻi baklari tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va h.k. ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. P. kemasozlikda kemalarning korpusi va korpusli konstruksiyalar (asosan, shishaplastlar), kema mexanizmlarining detallarini tayyorlashda, kema xonalarini pardozlash, ularni issiq, tovush va gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Avtomobil sozlikda P.dan avtomobil kabinalari, kuzovlari va ularning yirik gabaritli qismlari, dvigatel, transmissiya shassi detallari tayyorlanadi.Murakkab plastik massalarda bog‘lovchi polimerlardan tashqari toldiruvchilar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, katalizatorlar, moylovchi va bo‘yovchi moddalar ham bo‘ladi. Ba’zan bog‘lovchilar sifatida polimerlar o‘rniga bitum, asfalt, sementlardan ham foydalaniladi. To‘ldirgichlar plastmassalarni fizika- mexanik, kimyoviy va texnologik xossalarini yaxshilash bilan kam yeyiladigan qiladi. Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga zaruriyatiga ko‘ra 40–80% gacha to‘ldirgichlar sifatida yog‘och uni, paxta, qog‘oz, asbest, to‘qima va shisha tolalari, bo‘r, gips, grafit, kaolin, talk kukunlari va boshqa materiallar qo‘shiladi. Plastik massalarning plastikligi, elastikligi va oquvchanligini oshirish maqsadida plastifikatorlar kiritiladi va plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-kunjut moyi, glitserin, dibutilftolat va boshqalar. Stabilizatorlar plastik massalarga issiqlik, nur va boshqa faktorlar ta’sirida turg‘unligini oshirish maqsadida oltingugurtli birikmalar, fenollar va boshqalar ma’lum nisbatda qo‘shiladi. Katalizatorlar sifatida magneziya, urotropin, ohak va boshqa materiallardan foydalaniladi. Ular polimer materiallarning qotish jarayonini tezlatadi. Moylovchi moddalar plastmassalarni presslash jarayonini osonlashtirish uchun qo‘shiladi. Ularga mum, steorin, transformator moyi va boshqalar kiradi. Bo‘yoqlar plastmassaga kerakli rang beradi. Bo‘yoq sifatida oxra, rodanin, nigrozin va boshqalardan foydalaniladi. Plastik massalar xossalariga (molekulalararo bog‘lanish xarakteriga) ko‘ra termoplastik va termo-reaktiv xillarga ajratiladi. Termoplastik plastmassalarda polimer molekulalari o‘zaro bo‘shroq chiziqli bog‘lanadi. Ular qizdirilganda yumshab, sovitilganda qotadi. Shu sababli, ularni takror qizdirib ishlov beriladi. Bu holda xossalari saqlanadi. Polistirolning o'zi atrof-muhitga zarar etkazmaydi, ammo unga asoslangan ba'zi turdagi materiallar sog'liq uchun xavfli bo'lishi mumkinBu yonuvchan materialdir. Polistirolning xususiyatlari va maqsadiga qarab, umumiy foydalanish uchun markalar o'rnatiladi, shuning uchun iste'molchi ushbu belgilardan foydalangan holda ma'lum bir markaning polimer xususiyatlari va qo'llanilishi haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkinPolistirol uchun birinchi patent (ommaviy ravishda o'z-o'zidan polimerizatsiya yo'li bilan) 1911 yilda Germaniyada olingan. U erda 1920 yilda polimerni sanoat ishlab chiqarish boshlandi. 1936 yilda Yiliga 6000 tonna ishlab chiqarilgan. Germaniyadan tashqarida polistirol ishlab chiqarishning o'sishi uzoq vaqt davomida monomerning yuqori narxi tufayli cheklangan. Ikkinchi jahon urushi yillarida AQShda stirol-butadien kauchuk ishlab chiqaradigan katta tonnali ishlab chiqarish AQShda tez rivojlanishga turtki bo'lib, tabiiy ravishda stirol narxining pasayishiga olib keldi. Urushdan so'ng, tarkibida 50 foizdan ortiq stirol bo'lgan (stirol butadien kauchukidan farqli o'laroq, stirol qariyb 30 foiz bo'lgan) polistirol va stirol kopolimerlari ishlab chiqarish mustaqil ravishda rivojlandi. Bunday samarali mahsulotlarni ishlab chiqish; kengaytirilgan polistirol, yuqori ta'sirli stirol polimerlari, ABS plastmassalari, polistirol plastmassalar, umuman olganda, polietilen va polivinilxloriddan so'ng global plastmassa sanoatida uchinchi o'rinni egalladi. Polistirol va yuqori ta'sirli polistirol stirolni ommaviy polimerizatsiya qilish yo'li bilan olinadi. Plastik massalardan turli shakldagi va o‘lchamdagi detallarni tayyorlashda qator texnologik usullar mavjud bo‘lib, ular ichida bosim bilan quyish, siqib chiqarish, presslash usullari ko‘proq tarqalgan. 1. Quyish usuli mashinasozlikda termoplastik plastmassalar (polietilen, viniplast, polistirol, poliamid va boshqalar) dan turli shakl va o‘lchamdagi detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. 1-rasmda bunday mashinaning tuzilishi va ishlashi sxematik tarzda keltirilgan. Sxemadan ko‘rinadiki, bunker 7 ga kiritilgan granula yoki kukun materialni dozator 8 dan elektr qizdirgich 4 li silindr 5 ga uzatadi. Plunjer 6 ning chapga yurishida bu material silindrning qizigan zonasiga o‘tib 150—300° temperaturada qizib suyuqlangach, soplo 3 orqali 10—200 MPa bosimda pressforma 1 bo‘shlig‘i 2 ni to‘ldiradi. U yerda bir necha sekund saqlangandan so‘ng plunjer 6 dastlabki joyiga qaytarilgach, pressforma ajratilib detal olinadi. Bu usul serunumligi (5—20 s. da detal olish), mahsulotning geometrik aniqligi va tashqi yuzasining juda tekisligi sababli mexanik ishlov berish talab etilmaydi. Termoplastlardan tayyorlangan buyumlarni juda yuqori bo`lmagan hariratlarda qayta ishlab boshqa shakldagi buyumlar tayyorlash mumkin. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlarni qayta eritib boshqa buyum tayyorlksh mumkin emas . bunga uning tarkibidagi elementlarning erish temperaturalaridagi uchuvchanligi , barqaror xossalarga ega bo`lmasligi va eritish jarayoning zararli ekenligi bilan asoslanadi.Sanoatda termoplastlar kimyo , oziq-ovqat , farmasevtika sohalarida keng qo`laniladi.reaktoplastlar esa ayrim mehanik xossalarining yuqoriligi sababli elektrotexnika, elektr simlarining izolyatsiyasi va turli jihozlarning korpuslarini tayyorlashda qo`llaniladi. material Zichli gi , g/sm3 CHo‘zilishi ga puxaligi, kgk/mm2 Nisbiy uzayishi, % Qattiqli gi NV, kgk/m m2 Zarbiy qovushqoqli gi, kgk/sm2 Martens bo‘yich a issiqlik ka damlili gi Termoplastik plastmassalar Polietilin Pliamidlar Fotoroplas-4 Plivinil-xlorid Organik shisha 0,93 1,1- 1,4 2,3 1,5 1,2- 1,8 0,8-1,4 5-10 1,6-3,1 5-7 4 100-300 100-300 250-400 250-400 4 1,4-2,5 10-15 3-4 - 17 20-160 100-170 100 100 20 110 80-120 260 170 80-95 Termoreaktiv plastmassalar Fenolformaldegi tlar Epoksidlar Poldiefirlar Getinaks Tekstolit 1,2- 1,6 1,2- 1,7 1,3- 1,4 1,0- 1,4 1,4 1,5-3,5 2,8-7 4,2-7 8-10 6,5-10 1-5 3-6 2 - 1 -3 25-30 - 10-20 25-30 20-35 1 gacha 1 gacha 1 13-15 25-30 125 - - 150 120 2 . E k s t r u d e r d e b a t a l u v c h i c h e r v y a k l i m a s h i n a d a s i q i b c h i q a r i s h u s u l i d a d e t a l l a r n i t a y y o r l a sh. 2- rasmda uzluksiz ezib ishlash mashinasining ishlash sxemasi keltirilgan. Sxemadan ko‘rinadiki, granula yoki kukunsimon termoplast bunker 1 ga kirib, u yerdan ish silindri 3 ga o‘tadi. Chervyak 2 aylanganda silindr 3 dagi qizdirilgan zona 4 dagi termoplast siqilib matritsa ko‘zidan o‘tkaziladi. Bu yerda u qizib oquvchan qovushoq holatga o‘tadi. Bunday holatdagi plastik massani uzluksiz aylanayotgan chervyak kallak 6 ning kalibrlangan teshigi orqali ezib chiqaradi. Bu usul chiviqlar, turli profilli mahsulotlar, lenta, truba, simni izolyatsiya bilan qoplashda qo‘llaniladi. 3. Qizdirib presslash. 37 Bu usuldan termoreaktiv plastmassalardan turli shakl va o‘lchamdagi detallar tayyorlashda foydalaniladi. Bunda pressformaga kiritilgan pressmaterialni oquvchan qovushoq holatga keltirish uchun u zarur temperaturagacha qizdiriladi. Pressforma tayyorlanuvchi detal kopstruksiyasiga ko‘ra bir yoki rasm Bosim bilan quyish 2-rasm Uzluksuz ezib ishlash mashinasining sxemasi: mashina sining ishlash sxemasi: 1 — pressforma; 2 — pressforma bo‘shlirr; 1-bunker: 2 — chervyak; 3 — silindr; 3 — ssplo; 4 — elektr qizdirgich; 5 — si- 4- qizdirilgan zona, 5 — spravka; a—kall.chk, lindr; 6—plukjer; 7—bunker; 8—dozator o‘p detallar tayyorlash uchun yarokli bo‘ladi. 3-rasmda to‘rg‘i presslash sxemasi keltirilgan. Magritsa 1 ga pressmaterial 2 yuklanguncha u zarur temperaturagacha kizdirilib, keyin puanson 3 bilan presslanadi. Presslashda ajralib uchuvchi moddalar va namlik buyumda gaz bo‘shliqlari hosil qilmasligi uchun puanson 2 — 4s pressfermadan ko‘tariladi. Odatda, bu operatsiya 2 — 3 marta takrorlanadi. Keyin pressmaterial pressformada ma’lum vaqt bosim ostida tutib turiladi. Bunda polimerlash jarayoni to‘la kechishi bilan buyum zarur fizik-mexanik xossaga ega bo‘ladi. Pressformada material ma’lum vaqt saqlangandan keyin bosim olingach, tayyor buyum 3 turtkich 2 yordamida . press formadan ajratiladi va zarur bo‘lsa Tozalanad Plastmassalar hamma sohada keng qo‘llaniladi. Ulardan har xil sodda o‘rovchi material tayyorlash bilan birga detallar ham tayyorlanadi. Shuning uchun metallar kabi ularni ham payvandlash mumkin. Plastmassalarni payvandlashda bir xil yoki har xil turdagi plastmassalarni issiqlik va bosim yoki bosimsiz biriktiriladi. Payvandlash jarayoni plastmassani termoplastik holati chegarasida amalga oshiriladi. Payvandlash usullarining ko‘pi metallarni payvandlash usullari bilan bir xildir. Ulardan ko‘proq qo‘llaniladiganini quyida ko‘rib chiqamiz. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling