Plastmassalardan detallar tayyorlash texnologiyasi. Quyish usuli Qizdirib presslash va bosim bilan quyish
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Plastmassalardan detallar tayyorlash texnologiyasi
1. Qizdirilgan gaz bilan payvandlash
Bu usul bilan qalinligi 1,5 — 20 mm bo‘lgan panel, quvur, gidroizolatsiya detallari, pol uchun qoplamalarni, shakldor detallarni payvandlash mumkin. Ularning materiali qattiq va yumshoq polivinilxlorid, qattiq va yumshoq polietilen, poliðropilen, polioksimetilen, polimetilmetakrilat, poliamidlar, poliizobutilen, polikarbonat bo‘lishi mumkin. Payvandlashni 57- rasmda ko‘rsatilgan sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Qattiq plastmassalarni standart soploli gorelka bilan qo‘lda payvandlash sxemasi 57- a rasmda ko‘rsatilgan, 57- b rasmda esa tez payvandlovchi soploli gorelka bilan qo‘lda payvandlash, 57- d rasmda yumshoq va qattiq termoplastmassalarni mexanizatsiyalashgan usulda payvandlash, 57- e rasmda yumshoq termoplastlar uchun standart soploli gorelkada qo‘lda payvandlash, 57- f rasmda yumshoq termoplastmassalarni qo‘lda tez payvandlovchi soploli gorelka bilan payvandlash, 57- g rasmda yumshoq termoplastmassalarni mexanizatsiyalashgan usulda tirqishli soploli gorelka bilan payvandlash ko‘rsatilgan. e) 57-rasm. Qizdirilgan gaz bilan payvandlash sxemasi. Ularda payvandlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: soplo 1 orqali qizdirilgan gaz payvand chokka yuboriladi. Bunda detal 2 ga qo‘shilayotgan material 3 uzluksiz berib turiladi. Qo‘shilayotgan material 3 ni yo‘naltiruvchilar 4 kerakli joyga yo‘naltirib turadi. Bunda moslama 5 yordamida dastlabki qizdirishni ham amalga oshirish mumkin. Ba’zi usullarda qizigan materiallar roliklar 6 yordamida eziladi, qo‘shilayotgan material 3 ga yoki roliklar 6 ga P yuklanish beriladi. Bunda quyidagi payvandlash ko‘rsatkichlari tanlab olinadi: v S = 7 — 25 sm/min; tez payvandlovchi soploli gorelkada qo‘lda payvandlashda yoki mexanizatsiyalashganda 25— 100 sm/min. Standart soploli payvandlashda qizdirilgan gaz sarfi 700—2400 l/soat, tez payvandlovchi soplolida 1000—3000 l/soatga teng bo‘ladi. Payvandlash apparatida qizdirilgan gaz bilan birga 36 l/soat asetilen va 120 l/soat vodorod ham qo‘llaniladi. 2. Qizdirilgan asbob bilan payvandlash Qizdirilgan asbob bilan payvandlash sxemasi 58rasmda ko‘rsatilgan. Payvandlash jarayoni quyidagicha bajariladi: payvandlanadigan detallar 1 orasiga qizdirilgan asbob 2 ni kiritiladi (58- a rasm) va detallar P kuch bilan yuklanib, ularning yuzasi kerakli holatgacha qizdiriladi. So‘ngra qizdirilgan asbob olinadi (58-b rasm) va detallarni bir- biriga P S kuch bilan biriktiriladi (58- d rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling