Maxsus tarix fanidan


Download 147.88 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi147.88 Kb.
#1612687
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Markaziy davlat arxivi faoliyati

Sakkizinchi bo‘lim “Shaxsiy fond” deb nomlangan bo‘lib, bular 1726, 1591- fondlarda saqlanadi.dlarda joylashgan. Shaxsiy fondlar tarkib topishi jixatidan shaxsiy arxiv fondi hisoblanib, ayrim shaxs, oila, shajara hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan hujjatlardan tarkib topgan arxiv hujjatlari sanaladi10. Shaxsiy fond hujjatlariga fond egasiga tegishli biografik ma’lumotlar, ilmiy tadqiqotlar, dissertatsiya ko‘chirmalari, shaxsiy yozishmalar, shaxsiy hayotiga va faoliyatiga doir turli rasmiy hujjatlar, xizmat yoxud ijtimoiy ishga tegishli hujjatlar, kundaliklar, har xil fotosuratlar, yozishmalar, hadya bitiklar, maktublar, magnit tasmalari, turli yillardagi davriy matbuot nashrlaridan olingan qirqimlar, ayrim tarixiy manbalar, kitob, jurnal va gazetalar, fond egasi to‘g‘risidagi turli shaxslarning chikishlari, fond egasi tomonidan, topshirilishi kerak, deb hisoblangan turli qo‘lyozmalar va boshqa hujjatlar kiradi11.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxiviida 220 tadan ortiq tarixiy shaxslarning shaxsiy fondlari saqdanadi. Fondlar turli davr va sohalarda ijtimoiy faoliyat olib borgan shaxslarga tegishlidir. Ularning orasida davlat va jamoat arboblari, ijtimoiy va tabiy soxa olimlari, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, ma’lum soxa buyicha xizmat ko‘rsatgan faollar (arxitektor, irrigator, muxandis, diniy arbob), madaniyat xodimlari, teatr va kino mutaxassislari, jurnalistlar, taniqli sportchilar, urush qaxramonlari va hokazolar bor.
Shaxsiy fond hujjatlari nafaqat ma’lum shaxslarning personal tarixi, balki, ijtimoiy tarix, ma’lum bir fan, soha tarixini o‘rganish buyicha daliliy materiallar berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Eng muhimi shundaki, ayrim tarixchi olimlarning fondlaridagi hujjatlar faqatgina “shaxsiy” bo‘lmay, mamlakatimiz, umuman O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishga doir ko‘plab noyob hujjatlar uchraydi12.
Shaxsiy fondda rus sharqshunos olimi va rassomi V.L.Vyatkin, tarix fanlari doktorlari, akademiklar M.E. Masson va G.A. Pugachenkova, YA.E. G‘ulomov,K.E. Jitov, K.Sh. Shoniyozov, S.A. Azimjonova, fan doktorlari. O.D.Chexovich,B.V. Lunin, L.I.Rempel, G.N. Chabrov, M.Yu.Yuldashev, X.Sh. Inoyatov, A.Ya.Sokolov, A.X.Boboxujaev, L.V. Gentshke, M.A. Axunova, T.G.Abaeva, P.A. Kovalev, tarix fanlari nomzodlari L.M.Landa, G.L.Dmitriev, M.I.Vekselman, M.E.Voronets, I.G.Polinov kabi olimlarning, bundan tashqari, tarixchi - kutubxonachi E.K.Betger, arxeolog G.V.Parfenov, etnograf V.I.Anuchin, tarixchi V.P.Savitskiy, arxitektor-sharqshunos B.N.Zasipkin, antrapolog L.V.Oshanin, sharqshunos I.D.Yagello kabi o‘lkashunoslarning shaxsiy arxiv hujjatlar jamlanmasi saqlanmoqda.1943-yilda tashkil etilgan Tarix va arxeologiya instituti o‘z faoliyati mobaynida O‘rta Osiyo tarixiga doir tadqiqotlar va manbalarni nashr etish ishlarini, umuman sohaga oid barcha ishlarni ma’lum ilmiy yunalishda rejaga asosan amalga oshirib kelmoqda. Tarix va arxeologiya instituti tashkil bo‘lgan dastlabki chog‘larda olimlar asosan o‘z ilmiy ishlarini Rossiyaning etakchi shaharlarida boshlagan. bo‘lsalarda, keyinchalik O‘zbekistonda ham soha buyicha ilmiy kengash tuzila boshlandi. Shunga ko‘ra, mutaxassislarning ilmiy salohiyat oshib bordi. Buni O‘zR MDAda saqlanayotgan shaxsiy fondlar ham tasdiqlaydi.
O‘zbekistonda tarix ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgan va ko‘plab shogirdlar etishtirgan olimlardan yana biri professor Boris Vladimirovich Lunin bo‘lib, u 1953- yildan umrining oxirigacha Tarix institutida faoliyat olib bordi. B.V. Lunin ilmiy kotib, katta ilmiy xodim, 1968-yildan Tarix instituta tarixshunoslik sektorini boshqargan. Uning rahbarligida o‘ndan ziyod nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan. Uning “O‘zbekistonda arxeologiya, tarix, etnografiya, falsafa va huquq fanlari buyicha bibliografik ko‘rsatkichlar”i tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy amaliy qimmatga ega13.
B.V.Luninga tegishli barcha shaxsiy arxiv hujjatlari uning qizi S.V. Lunina tomonidan 2002-yilda O‘zbekistan Respublikasi Markaziy davlat arxiviga topshirilgan. O‘sha yiliyoq 1876-2002-yillarga tegishli mazkur shaxsiy hujjatlar ilmiy-texnik ishlovdan o‘tkazilib, jami 425 yigmajildning (fond R-2868) opisi tuzilgan. B.V.Lunin shaxsiy fondi hujjatlari “B.V.Luninning ilmiy ishlari”, “Ilmiy xizmat materiallari”, “Biografik materiallar”, “Xatlar”, “B.V.Lunin haqidagi maqolalar”, “Xadya bitiklar”, “Boshka shaxsga tegishli materiallar” dan iborat.
O‘zR MDAda 2888-fond raqami ostida saqlanayotgan hujjatlar akademiklar Karim Shoniyozovich Shoniyozov (1924-2000) va uning rafiqasi Saboxat Azimjonovna Azimjonova (1922-2001) larning birlashgan fondi bo‘lib, hujjatlar ikki yirik olimning hayoti va ilmiy faoliyatining juda ko‘p qirralarini aks ettiradi14.
1957-yilda K. Shoniyozov O‘zR FA Tarix instituta aspiranturasiga o‘qishga qabul qilindi. 1960-yilda Moskva shahrida «Историко этнографической очерк карлуков юэчжых и западных раёнов Узбекистана» nomli nomzodlik, 1977- yilda esa «К этнической истории узбекского народа» nomli doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. 1960-yildan boshlab Tarix institutining turli lavozimlarida ilmiy faoliyat olib bordi. 1990-yildan umrining oxirigacha mazkur dargoxda etnik jarayon va o‘zbek xalqining etnik tarixi muammolarini o‘rganuvchi ilmiy tadqiqot guruxiga rahbarlik qildi15.
K.Shoniyozov shaxsiy fondidan biografik ma’lumotlar, xotiranomalar (qo‘lyozma), olimning ilmiy ishlari ro‘yxati, rejalari, monografiyalari, maqolalar, ma’ruzalar, taqrizlar, olim ilmiy rahbarlik qilgan tadqiqotchilarning ro‘yxati va ularning dissertatsiyalari, kundalik daftarlar (qo‘lyozma), olimning ilmiy ishlari uchun to‘plangan materiallari, hayotiga doir shaxsiy hujjatlari, yozishmalar, ijtimoiy faoliyatiga doir hujjatlar, faxriy yorliqlar, olim haqida boshqa shaxslarning ishlari muhim o‘rin olgan. K.Shoniyozovning “O‘zbeklar”, “Qarluq davlati va qarluqlar”, “O‘zbek xalkining shakllanish jarayoni”, “Toshkent shahri tarixidan lavha”, “O‘zbek xalqining etnogeneziga oid ba’zi nazariy masalalar”, “Qang‘ davlati va qang‘lilar”16, “IX-X asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalarida etnik va madaniy jarayon”, “O‘zbek xalqining san’at tarixidan bir lavha”, “Mahalliy turklar kimlar: turkmi yoki turkiy?” kabi ilmiy ishlariga doir hujjatlar saqlanadi. Shuningdek, O’zbekiston FA akademigi, arxeolog olim Yahyo G’ulomov (1908-1977)ning ishlari O‘zR MDA 2883-fondida, Baris Vladimirovich Lunin (1906-2001)ning ilmiy ishlari 2868-fondda, etnograf olim Nil Sergeyevich Likoshin (1860-1923)ga tegishli arxiv hujjatlar 2499-fondda, shaqshunos va lignvist olim Vladimir Petrovich Nalivkin (1852-1918)ning hujjatlari 2409-fondda, tarixchi olima Axunova Melixon Axunovna (1928-1987)ning ishlari 2800-fondda, arxeolog olim Mixail Evgenevich Masson (1897-1986) ning ilmiy ishlari 2773-fondda, O’zbekiston SSR xalq rassomi Lutfulla Abdullaevning asarlari 2707-fondda, O’zbekiston SSR FA Prezidenti Abdullaev Habib Muxamedovich (1912-1962) ning hujjatlari 2575-fondda. Arxivlarning paydo bo’lishi yozuv kashf qilingan davrga borib taqaladi. Arxeologlarning izlanishi dastlabki hujjatxonalar Mesopotamiya, Misr va Kichik Osiyo ibodatxonalarida, saroylarda saqlanganligini ko’rsatadi. Ma’lumotlar turli xil sopol lavhalarga, randalangan taxtachalarga, papirus va oshirilgan charmlarga bitilgan.
O’zbekiston hududida arxivlarning paydo bo’lishi bevosita uning uch ming yillik davlatchilik tarixi bilan bog’liq. Bugungi kungacha saqlanib qolgan arxiv hujjatlarida asosan O’rta Osiyo hukmdorlarining ma’lum imtiyoz va mukofotlar berish to’g’risidagi yozuvlar, soliqlarni yig’ish to’g’risidagi ma’lumotlar, soliqlarni to’lash to’g’risidagi to’lov qog’ozlari, iqtisodiy tusdagi turli xil yozishmalar hamda kamdan-kam hujjatlar nusxalari yoki ma’lumotlar aks etgan. Buxoro amirligi va Xiva xonligida ish yuritish, hujjatlarnisaqlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan devonbegi, parvonachi, kitobdor, shotir kabi lavozimlar mavjud bo’lgan. Arxivlarning paydo bo’lishi yozuv kashf qilingan davrga borib taqaladi. Arxeologlarning izlanishi dastlabki hujjatxonalar Mesopotamiya, Misr va Kichik Osiyo ibodatxonalarida, saroylarda saqlanganligini ko’rsatadi. Ma’lumotlar turli xil sopol lavhalarga, randalangan taxtachalarga, papirus va oshirilgan charmlarga bitilgan. O’zbekiston hududida arxivlarning paydo bo’lishi bevosita uning uch ming yillik davlatchilik tarixi bilan bog’liq. Bugungi kungacha saqlanib qolgan arxiv hujjatlarida asosan O’rta Osiyo hukmdorlarining ma’lum imtiyoz va mukofotlar berish to’g’risidagi yozuvlar, soliqlarni yig’ish to’g’risidagi ma’lumotlar, soliqlarni to’lash to’g’risidagi to’lov qog’ozlari, iqtisodiy tusdagi turli xil yozishmalar hamda kamdan-kam hujjatlar nusxalari yoki ma’lumotlar aks etgan. Buxoro amirligi va Xiva xonligida ish yuritish, hujjatlarnisaqlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan devonbegi, parvonachi, kitobdor, shotir kabi lavozimlar mavjud bo’lgan. O’zbekiston arxivlarida saqlanyotgan eng qadimiy hujjat IX asrga tegishli bo’lib u Buxoro shohi Ismoil Somoniyning o’z avlodlariga atab vaqf qilingan yerlar to’g’risidagi hujjatdir. Arxivlarda 1500 dan ortiq vaqf hujjatlari saqlanib, ularning eng uzuni 83 metr, eng qisqasi 20 santimetrni tashkil qiladi.
O’rta Osiyoda zamonaviy ma’nodagi mutaxassislar ishlaydigan alohida, maxsus muassasa sifatida arxiv XIX asr oxirida shakllangan. 1870 yildan boshlab viloyat kengashlari qoshida maxsus idoraviy arxivlar tashkil etilgan. Mahalliy milliy muassasalar qozi va biy sudlari, mahalliy oqsoqollar faoliyati natijasida to’plangan hujjatlar ish xonalarida saqlanar edi. 1919 yil 5 noyabrda Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo’mitasining "Turkiston ASSRda arxiv ishini qayta tashkil etish va markazlashtirish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu huquqiy hujjatni qabul qilinishi arxiv hujjatlarini maxsus muassasa tomonidan tartibli jamlash va saqlash uchun zamin yaratdi. Sobiq davlat idoralari arxivlarini idoraviy arxiv sifatida tugatish to’g’risida qaror qabul qilindi va ilmiy, tarixiy, madaniy hamda ma’rifiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar davlat mulki deb e’lon qilinib, Turkiston Respublikasining YAgona Davlat arxiv fondiga topshirilishi belgilab berildi.
O’rta Osiyo respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi va 1925-1926 yillarda O’zbekiston SSR tuzilishi bilan viloyat ijroiya qo’mitalari huzurida hududiy arxiv buyurolari tashkil etildi. 1930 yillarning boshlarida respublikada markaziy arxivlar tarmog’i shakllana boshladi, bu esa ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarni jamlashni ta’minladi. 1931 yil Markaziy Davlat tarix arxivi (MDTA) va Oktyabr inqilobi Markaziy arxivi (OIMA), XX asrning 30-yillari o’rtalarida Markaziy harbiy arxivi, 1942 yil Kasaba uyushmasi harakatining Markaziy arxivi, 1943 yilda kino va fotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivi tashkil etildi.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi mamlakat arxiv muassasalari faoliyatini murakkablashtirdi. Arxiv muassasalari xodimlari front orti ishlarida, ish vaqtidan tashqari ishlarni bajarish, mablag’larni Milliy mudofaa jamg’armasiga o’tkazish, kasalxonalar, mehribonlik uylari, ko’chirib kelingan oilalar va bolalar bilan ishlashda faol ishtirok etishdi. SHu bilan birga, respublika arxiv fondini saqlash va to’ldirish bo’yicha ishlar davom etdi.
XX asrning 50-yillari ikkinchi yarmida respublikaning arxiv tizimi qayta tashkil etishning navbatdagi bosqichini boshidan kechirdi.
1958 yil 20 noyabrda O’zSSR Ministrlar Kengashi tomonidan davlat va idoraviy arxivlar ishini boshqarish hamda nazoratini yanada takomillashtirish maqsadida arxiv bo’limini O’zbekiston SSR Ichki ishlar vazirligining Arxiv bo’limiga aylantirish va Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi hamda Markaziy davlat arxivini yagona Markaziy davlat arxiviga birlashtirish to’g’risida qaror qabul qilindi.
1959 yil 5 iyunda arxiv ishi, Markaziy davlat arxivi va respublikaning markaziy va viloyat arxivlari tarmog’iga oid maxsus nizom tasdiqlandi. 1962 yilda O’zbekiston tibbiyot ilmi va amaliyotining to’plangan tajribasidan to’liq foydalanish uchun O’zbeksiton SSR Markaziy davlat tibbiyot arxivi tashkil etildi, 1965 yilda ilmiy-texnik va tibbiy hujjatlar markaziy davlat arxivi deb o’zgartirildi.
XX asrning 70-yillari boshlarida respublika arxivlari saqlovxonalarning hujjatlar sig’imdorligi muammosiga duch keldi. Arxivlarning tarkibi va hujjatlarini ko’rib chiqish talab qilindi. 1973 yil 16 fevralda "Respublikada arxiv ishining ahvoli va uni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror qabul qilindi, unda arxiv ishi va mahalliy hujjatlarni rasmiylashtirish va tashkil etishni takomillashtirishga alohida e’tibor berildi. Xodimlarga doir hujjatlarni saqlash va fuqarolarni ijtimoiy-huquqiy so’rovlarini mahalliy ijroiya qo’mitalarida bajarish uchun xo’jalik hisobidagi idoralararo shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari tarmog’i (XHISHTHA) yaratildi 1980 yilda respublika arxiv boshqarmasi O’zbekiston Ministrlar Kengashi qoshidagi Bosh arxiv boshqarmasiga aylantirildi.
Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab O’zbekiston arxiv muassasalarining me’yoriy hujjatlariga o’zgartirishlar kiritila boshladi. 1992 yil 19 iyunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi ("O’zbosharxiv”) to’g’risidagi nizomni va Respublika davlat arxivlari tarmog’ini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu me’yoriy hujjatga muvofiq arxiv ishini boshqarish bo’yicha davlat organi "O’zbosharxiv” zimmasiga arxiv fondi va respublikaning arxiv tashkilotlarini boshqarish yuklandi.
2004 yil 3 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 49-son qaroriga asosan "O’zbosharxiv” "O’zarxiv” agentligiga aylantirildi.
"O’zarxiv” agentligi tizimida 3 ta Milliy arrxivlar, 100 ta davlat arxivlari, 109 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari, 11 ta nodavlat arxivlari mavjud bo’lib ularda 16 million saqlov birligidan ortiq hujjatlar saqlanadi.
Navoiy viloyati hududidagi birinchilardan bo’lib Nurota tumanidavlat arxivi 1936 yil 10 sentyabrda Nurotatumani ijroiya komitetining qaroriga asosan Nurota tumani ijroiyakomiteti qoshida tashkil etilgan.1957 yilda Samarqand viloyati davlat arxivi filialiga aylantirilgan.
Navoiy viloyati 1982 yil 20 aprelda tashkil etilgan bo’lib, 19 mayda Navoiy viloyati ijroiya qo’mitasi tarkibidagi tashkilotlar bilan bir qatorda arxiv bo’limi tashkil etildi. SHu yili 15 oktyabrda Navoiy viloyati davlat arxivi va uning filiallar tarmog’i tashkil etilib uning tarkibiga Zarafshon, Qiziltepa, Konimex, Navoiy, Nurota, Tomdi va Xatirchi filiallari kiritildi. Navoiy viloyati xalq deputatlari kengashi Ijroiya ko’mitasining 1983 yil 28 yanvardagi qarori bilan Navoiy viloyati davlat arxivi qoshida hujjatlarga ilmiy-texnikaviy ishlov berish xo’jalik guruhi tashkil etildi. 1989 yil 6 sentyabrda Navoiy viloyati Samarqand viloyati tarkibiga kiritildi va Navoiy viloyati davlat arxivi faoliyati to’xtatilib uning tarmog’idagi arxiv filiallari Samarqand viloyati davlat arxiviga o’tkazilgan. 1989 yil 13 fevralda Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashi Ijroiya ko’mitasining Arxiv bo’limining 1989 yil 28 fevraldagi buyrug’iga asosan Navoiy viloyati davlat arxivi tugatildi, Navoiy viloyati davlat arxivi qoshidagi xo’jalik guruhi Samarqand viloyat davlat arxivi qoshidagi ho’jalik guruhi tarkibiga qo’shildi.
1992 yil 27 yanvarda Navoiy viloyati qayta tashkil etilishi bilan o’sha yili 6 aprelda Navoiy viloyati hokimligi arxiv bo’limi ro’yxatdan o’tkazildi. 1993 yil 7 yanvardagi Navoiy viloyati hokimligining qarori bilan Navoiy viloyati davlat arxivi tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yildagi 3 fevraldagi 49-son qaroriga asosan Navoiy viloyati arxiv bo’limi viloyat arxiv ishi boshqarmasiga aylantirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-son qarori asosan Navoiy viloyati davlat arxivining shahar va tuman filiallari tegishli tartibda shahar tuman davlat arxivlari shaklida qayta tashkil etildi.
Bugungi kunda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida viloyat, 7 ta shahar va tumani davlat arxivlari hamda 5 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari mavjud. Davlat arxivlarida jami 279 657 saqlov birligida hujjatlar saqlanayotgan bo’lib, ular 199 435 saqlov birligida boshqaruv, 77 699 saqlov birligida shaxsiy tarkib, 1491 saqlov birligida shaxsiy kelib chiqish va 1032 saqlov birligida surat hujjatlaridan iborat. SHaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida 76 250 saqlov birligida shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanmoqda.
9 iyunni – "Xalqaro arxivlar kuni” sifatida nishonlash Xalqaro arxivlar kengashining 2007 yil noyabr oyida Kanadaning Kvebek shahrida o’tkazilgan yig’ilishida kelishib olingan. 1948 yil 9 iyunda YUNESKO tomonidan Xalqaro arxivlar kengashiga asos solinganligi bu kun tasodifiy emasligini ko’rsatadi. Birinchi marta Xalqaro arxivlar kuni 2008 yil 9 iyunda Xalqaro arxivlar kengashining tashkil etilganligining 60 yillik yubileyi bilan birgalikda nishonlangan. Bugungi kunda Xalqaro arxivlar kengashining (International Council on Archives, ICA) 199 ta mamlakatda 1900 ta a’zolari mavjud."O’zarxiv” agentligi 2009 yildan Xalqaro Arxivlar Kengashining to’laqonli a’zosi hisoblanadi. U Xalqaro Arxivlar Kengashining yeVRAZIKA (Evrosiyo) bo’linmasiga a’zo sifatida kiritilgan bo’lib, mazkur bo’linma tarkibiga Armaniston, Belarus, Gruziya, Qirg’iziston, Qozog’iston, Moldova, Mongoliya, Rossiya, Ukraina arxiv xizmatlari ham kirgan.


Download 147.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling