Maxsus tarix fanidan


I BOB. Markaziy davlat arxivi faoliyati


Download 147.88 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi147.88 Kb.
#1612687
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Markaziy davlat arxivi faoliyati

I BOB. Markaziy davlat arxivi faoliyati
1.1.O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati.
1917-yil boshlarida bu farqni aniqlashga harakat qilgan V. Lenin chor imperiya hududlari bo‘ylab rus shovinizmini cheklab qo‘ydi. Bolsheviklarning xalqaro doiradagi yetakchilari inqilobni sharq tomon yoyish maqsadida osiyolik faollarni jalb etdi va ular sotsializm rivojlangan sobiq mustamlakalar holatini ko‘rsatish uchun O‘rta Osiyodan foydalanishga umid qilganlar1. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxiviida mavjud bo‘lgan hujjatlar arxiv qoidasiga muofiq saqlanmoqda. Arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtirish maqsadida “Ko‘rsatgich” (Putevoditel)lar nashr qilingan. Bular esa arxivda saqlanayotgan fondlarning ma’no va mazmunini ochib beradi hamda hujjatlarni o‘rganuvchilarga qulaylik tug‘diradi. Bugungi kunga qadar beshta Ko‘rsatgich nashr etildi.
Birinchi Ko‘rsatgich. Oktyabr inqilobidan oldingi arxiv fondlarida saqlanayotgan hujjatlar uchun tuzilgan ko‘rsatgich bilan tanishib chiqamiz2. Bu ko‘rsatgich 7 bo‘limdan iborat3.
I bo‘lim “Davlat ma’muriy boshqaruv organlari” deb ataladi. U yetti bobdan iborat. Birinchi bob – “Turkiston viloyat Boshqaruv organlari” haqidagi hujjatlar 336-fondda; ikkinchi bob – “O‘lka tashkilotlari, ya’ni Turkiston general- gubernatori kanselyariyasi, uning Kengashi, diplomatik amaldorlar bo‘limi, Buxorodagi imperatorning “siyosiy agentligi”ga oid hujjatlar arxivining 1-fondida; uchinchi bob – “Xon hokimiyati organlari: Xiva xonligi kanselyariyasi, amir Buxoro Qo‘shbegi boshqarmasi” haqidagi hujjatlar 125, 126-fondlarda; to‘rtinchi bob – Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Zarafshon okrugi boshlig‘i, Samarqand viloyat boshqarmasi, Farg‘ona viloyat harbiy gubernasi kanselyariyasi Boshqarmasi, davlat dumasiga saylov o‘tkazish komissiyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi, qochoqlarni ishga joylash Farg‘ona viloyat komiteti kabi hujjatlar 5, 17, 18, 19, 274, 276, 284, 525- fondlarda saqlanmoqda; beshinchi bob – shahar, uezd, rayon va uchastka tashkilotlari deb nomlangan, unda Toshkent shahar boshqarma boshliqlari, Sirdaryo viloyat Qurama uezdi boshqarmasi, Jizzax, Samarqand, Andijon, Qo‘qon,Namangan, Chimyon va Uchqo‘rg‘on uezdlarining har xil hujjatlari arxivining 36, 24, 21, 22, 20, 25, 300, 329, 360, 23, 15, 349, 296, 172, 299, 320-fondlarida saqlanmoqda; Oltinchi bob – “Jandarm-politsiya nazorati organlari” deb nomlangan va unda Turkiston rayonlarini himoya qilish bo‘limlari, Temir yo‘l jandarm- politsiya bo‘limi, Toshkent eski va yangi shahar politsiya bo‘limlari, Andijon va Jizzax politsiya pristavlari haqidagi hujjatlar 461, 467, 677, 468, 462, 463, 464, 465, 590, 620 va 531-fandlarda saqlanmoqda; ettinchi bob – “Qamoqxonalar va qamoqxona qo‘mitalari” bo‘lib, u materiallar 80, 270, 325, 75-fondlarda saqlanmoqda4.

Download 147.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling