Qadimgi rimliklar kalendari qamariy - shamsiy kalendar edi. Bu kalendar dindorlar ko‘liga berib ko‘yilgan bo‘lib, ular ko‘shimcha ko‘yishda adashib ketdilar. Og’ir ijtimoiy muammolar, noqulayliklar kechiqtirib bo‘lmaydigan kalendar islohotini talab etdi. Bunday islohot 2000 yil avval, eramizdan avvalgi 46 - yilda o‘tkazildi. Uning tashabbuskori Rim davlati arbobi Yuliy Sezar edi.
Yuliy Sezar eramizdan avval 100-44 yillarda yashagan Rim davlat arbobi va lashkarboshisidir.U eramizdan avval 46 yili Rimda oliy hokimiyatni egallaydi. Birmuncha oldinroq esa u oliy Qoxin qilib saylangan edi. Bu vaqtda u qadimgi dunyo fani va madaniyatining markazi hisoblangan Misrga borib, mirsliklar kalendarining asosiy xususiyatlari bilan kelgan edi. Sezar misrliklar kalendarini Evergetning Kanop dekretida ko‘rsatilgan tuzatishlari bilan o‘z davlatida joriy etmoqchi bo‘ladi. Shu maqsadda u Sozigen boshlik bir gruppa aleksandriyalik astronomlarga yangi kalendar tuzishni topshirdi.
Kalendar islohoti mazmuni asosini quyoshning yulduzlar orasidagi o‘z o‘rnini yil davomida o‘zgartirishi asos qilib olindi. Yilning o‘rtacha uzunligi 365 kun va 6 soat qilib olindi. Kalendar yilining boshlanishi doim ma’lum bir kunga va kunning doim bir vaqtda to‘gri kelishini ta’minlash yilini esa 366 kundan deb hisoblashga qaror qilinadi. Bu to‘rtinchi yil kabisa yulduzdir. Eski kalendardagi noqulay marchedoniy oyidan kutilish kerak edi. Marsedoniyni yo‘kotishgach, kalendarda 355 kun qoladi. Endi to‘la yil bo‘lishi uchun 101 kun yetmasdi. Sozigen barcha qisqa, 29 kunlik (fevral 28 kun edi) oylarda 10 ta kunni tarkatib ko‘shgan. Bunday qisqa oylar kalendarda sakkizta edi. Ulardan beshtasiga bir kundan, uchtasiga esa ikki kundan ko‘shilgan. Hammasi bo‘lib o‘n kun ko‘shish kerak edi, ya’ni kalendarda faqat 10 kun yetmas edi, xolos. Sozigen esa o‘n bir kun ko‘shib yubordi. 31 kunga ega bo‘lgan oqtabrdan bir kunni olishga to‘gri kelgan va oqtabrda 30 kun qolgan.
Endi kalendar birmuncha tartibga tushgan edi. U islohotdan oldingidagi singari 12 oydan iborat bo‘lib, ularning eskicha nomlari ham saqlanib qolingan edi. Yilning birinchi oyi qilib yanvar qabul qilinadi. Eramizdan avvalgi 153 yilda yangi saylangan Rim konsullari davlat amaldorlari o‘z vazifalarini 1 yanvardan bajarishga kirishardilar. Hamma toq oylar kunlarning toq soniga (31 kundan), barcha juft oylar esa kunlarning juft (30) soniga ega bo‘ldi. Bu tartibni 29 kunga ega bo‘lgan eng qisqa fevral oyi buzib turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |