Maxsus tarix fanlari
-yilda Rus astramonlar jamiyati kalendar islohoti bo'yicha komissiya
Download 120.09 Kb.
|
majmua maxsus 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Garbiy Yevropa kalendarlariga otildi
1899 -yilda Rus astramonlar jamiyati kalendar islohoti bo'yicha komissiya tuzdi. Bu ishga olim D.I.Mendeliyev asosiy rolo'ynadi.Professor I.G.Medler loyihasi ancha aniq edi. Boshqa takliflar ham bo'ldi. Biroq islohot uchun vaqt yetilmagan edi.
1918-yil 24-yanvarda RSFSR XKS dekreti bilan 1918-yilning fevralidan G'arbiy Yevropa kalendarlariga o'tildi. Rus, Ukrain, Bdarus, Bolgar, Chex, Serb, Horvat, Polyaklarda hafta kunlarining nomlari diniy urf odatlar bilan bo'g'liqdir.Qadimgi Rossiyada kunlarning hozirgi nomi Bolgariyadan kelgan. Xristian diniga e'tiqod qiluvchi kishilar yetti kunlik hafta olti kun davomida olamni yaratish ustida mehnat qilgan va yetti kun dam olgan xudo tomonidan belgilangan deb ishonishadi. Muqaddas kitob Bibliyada shanba kuni hech qanday ish qilmaslik faqat xudoga bu kunni bag’'ishlash aytiladi. Eramizning II asrida Rim Imperatori Andrian shanba kunini bayram sifatida nishonlashni ta'qiqlaydi. 324-yilda esa Imperator Konstantin davlat bayrami sifatida qonunlashtiradi. Bu vaqtgacha ham xristianlar o'z bayramlarini shanbadan yakshanbaga Iso payg'ambarning qayta tirilganligi sifatida nishonlar edilar. 1864 yilda I.Medler ( Derpit shahri, hozirgi Estoniyaning Tartu shahari) taklif etgan hamda 1899-yiIda Rossiya astonomik jamiyatining maxsus komissiyasi tavsiya qilgan loyiha yanada aniqroq va soddaroqdir. Bu loyihaga muvofiq har 128 yilda bitta kabisani tashlab ketish talab qilingan.Bunda 86,4 ming yil rfayomidagina lsutka tafovut hosil bo'lgan, 1923-yilda Yugaslaviya astronomi Milankovech "Yangi Yuliy" loyihasini taklif etdi. Bu kalendar Grigoriy kalendarlarida qaraganda aniqroqdir.Unda astronomik vaqtga nisbatan 1 sutkalik tafovut 43,2 ming yil davomida to'planadi.Ammo unda kabisa yillar tizimi murakkabroqdir. Har 900 yilda 7 ta kabisa yili chiqarib tashlanadi. 1920-30 yillardayoq Jenevadagi millatlar ligasi huzurida kalendar islohotini tayyorlash qumitalari tuzilgan. 2-jahon urushi tufayli bu ish to'xtab qolgan. 1353-yilda Xindiston yangi isloh lohyihasi bilan chiqdi.BMT ning iqtisodiy va sotsial kengashi hafta kunlari oy, kunlari bo'yicha ko'chib yurishni hamda haftalarning kvartallari o'rtasida bo'linib ketishini istisno qiluvchi doimiy kalendar loyihasini 1934-yilda ma'qulladi. Har bir kvartalda oylar o'rtasida bo'linmaydigan 13 tadan 7 kunlik hafta va yil oxirida 31-dekabr o'rniga qo'shimcha bayram tinchlik kunini joriy etish belgilandi. Loyihaga muofiq yilning olti oyig’a o'zgarish kiritish: Fevralga 2 kun, aprelda 1 kun qo'shish mart, may, avgust va dekabr oylaridan har biridan bir kunni olib tashlash talab qilindi.Shunda 4oyda 31 kundan 8 oyga 30 kundan bo'ladi. Kabisa kunini 29 fevraldan 31 iyun bilan 1 iyul oralig'iga ko'chirish sanasiz tarzda mo'ljallanadi va bayram kuni deb e'lon qilinadi. Bu loyiha qabul qilinmadi va 1956-yildan boshlab BMT da kalendar islohoti to'xtab qoldi. Download 120.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling