Maxsus tibbiy guruhlar jismoniy tarbiyasi Reja


Tibbiy guruhlar yordamida tashkil etish va dars-ishlanmalar


Download 59.33 Kb.
bet5/14
Sana28.09.2023
Hajmi59.33 Kb.
#1689226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Maxsus tibbiy guruhlar jismoniy tarbiyasi

2. Tibbiy guruhlar yordamida tashkil etish va dars-ishlanmalar
O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarni tarbiya konsepsiyasida ko‘rsatilganiga ko‘ra maktabgacha tarbiya maqsadi bolani shaxs sifatida oyoqqa turg‘azishdir, oldindan tuzilgan dasturga asosan qayta qurish yemas. Jamoa maktabgacha tarbiya tizimi oilaviy tarbiya bilan bog‘liq holda olib borilganidagina, uni to‘ldiruvchi bo‘lgandagina, oiladan ajratilmagan holdagina bolalarga yordam berish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda etnik va etnopsixologik xususiyatlarni hisobga olish zarur. Bolaning psixik va shaxsiy rivojlanishida oiladagi tarbiya o‘zining ahamiyati jihatidan yuqori bo‘lishi kerak. Oilada bola birinchi marta o‘z halqining madaniyati va turmushi bilan to‘qnashadi, milliy odatlarini o‘zlashtira boradi. Oiladagi tarbiya bola himoyasini amalga oshiradi, va jismoniy va hissiy qulayliklar yaratadi. Shu narsani ta‘kidlash kerakki, umumittifoq dasturi O‘zbekiston sharoitida oqlanmadi. Mintaљa xususiyati (jug‘rofiyasi, yil fasllarining davomiyligi), jismoniy tarbiya tizimiga original yondashishni talab etadi, uning muvaffaqiyati bo‘lishiga o‘quvchining psixologiyasi va sog‘ligi ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Iqlim sharoiti o‘quvchilar faoliyatining ko‘p qismini ochiq havoda tashkil yetishga imkoniyat yaratadi (bunga hamma amaliy mashg‘ulotlar kiradi). O‘quvchilar faoliyatini mumkin qadar tabiiy shakllarga yaqinlashtirish bolaning harakatga bo‘lgan talabini hisobga olishdir. O‘quvchining o‘z kuchiga qarab ishga jalb yetish har doim ham yemosional hissiyotini hosil qiladi hamda faollikdagi bolalar talabini amalga oshiradi. Tarbiya muassasalarida yoshlikdan boshlab sog‘liqni saqlashni odatga kirita borish kerak. Bolani sog‘lom, chaqqon, mard, kuchli bo‘lishi kun tartibiga rioya qilish, harakatli halq o‘yinlarini sevib bajarishi uchun sharoit yaratish kerakki, unda irodalilikni namoyon yetishga, jismoniy va psixologik xarakterdagi qiyinchilikni yengishga intilish zarur. Bunda qiz va o‘g‘il bolalarni jismoniy tarbiya asosida kelajakdagi qiz va yigitlarning sifatlarini tarbiyalab, o‘ziga hos xususiyatlarni hisobga olish zarur. Juda kichik yoshdan boshlab bolalarda sog‘liq uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirib borish darkor. Gigiyenik tarbiyalarda kelajakdagi sog‘lom turmush kechishi uchun qo‘yilgan yo‘riqlarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ozodalik madaniyati asosdir.Gigiyenik va jismoniy salomatlik ko‘p jihatdan sog‘liqni saqlash va halq ta‘limining birgalikda olib boriladigan ishlariga bog‘liqdir. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya oliygohi ilmiy-metodik laboratoriyasi Farzandingiz sog‘lom bo‘lishini istasangiz deb nomlangan, 3-6 yoshli bolalarga mo‘lljalangan, oilada o‘tkaziladigan jismoniy mashqlar qo‘shimcha mashg‘ulotlari haqida metodik tavsiyanomalar shuningdek, bolalarda jismoniy madaniyat va sport, mustaqillikni tarbiyalash sohasidagi bilimlarni shakllantirish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqdilar. 2. Ta‟limiy vazifalari – o‘quvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta‘limiy vazifalarni: harakat ko‘nikmalarini va malakani shakllantirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena qo‘nikmalarini singdirib borish, maxsus bilimlarni yegallash, mustaqillik ko‘nikmasini singdirish kabilarni ham hal etib borish zarur.Ko‘pgina harakatlar (emaklab yurish, yurish, yugurish, velosoped uchish va boshqalar) oddiy hayotda bolalar tomonidan ko‘p foydalaniladi, bu yesa atrofmuhit bilan aloqani yengillashtiradi va uni bilish imkonini beradi. Yemaklay boshlagan bolaning o‘zi uni qiziqtirayotgan buyum oldiga kelib kuzata boshlaydi. Velosipedda uchuvchi bola havoni, suzishni biluvchi bola yesa suv hossalarini yaxshi bilib oladilar. Mustahkam harakat ko‘nikma va malakalari jismoniy kuchni tejashga imkon beradi. Chunki u oson, kuchlanish katta bo‘lmagan holda bajaradi hamda mashq bajarishga asab-mushak energiyasini kam sarflaydi. Mustahkam shakllangan harakat malaka va ko‘nikmalaridan foydalanish harakat jarayonida, ayniqsa o‘yin faoliyatida ko‘nikmagan holatlarda vujudga keladigan vazifalarni tushunib olishga imkon beradi. Masalan: yugurib kelib uzunlikka sakrashni o‘rganib olgan bola Fovurdagi Bo‘ri o‘yinida chuqur ustida qanday sakrash haqida o‘ylamasdan, balki Bo‘ridan qanday qutilish kerakligini o‘ylaydi. 7 yoshgacha bolalarda shakllanib olingan harakat malaka va ko‘nikmalari maktabda uni takomillishtirib borish uchun fundament bo‘ladi, murakkabroq harakatlarni egallashni yengillashtiradi va kelajakda sport sohasida yuqoriroq natijaga yerishishga imkon beradi. O‘quvchilarda shakllantirib borish zarur bo‘lgan harakat malaka va ko‘nikmalarni hajmi barcha jismoniy tarbiya dasturida berilgan, lekin u tarbiya muassasalaridagi sharoit, bolalarning tayyorgarligiga, tarbiyachilar tajribalari va bilimlarini hisobga olib kengaytirilishi mumkin. Erta yoshdan boshlab bolalarda jimoniy sifatlarni (chaqqonlik, tezkorlik, yegiluvchanlik, kuch, chidamlilik, harakat koordinatsiyasi, ko‘z bilan chamalash va shu kabi) rivojlantirib borish zarur. Agar bolada u yoki bu asosiy jismoniy sifatlar u yoki bu darajada rivojlanmagan bo‘lsa, u hatto oddiy mashqlar ham bajara olmas yedi. O‘quvchilarda o‘tirgan, turgan va yugurgan vaqtda tanani to‘g‘ri shakllantirib borish juda muhimdir. To‘g‘ri qaddi-qomat butun ichki organlar va o‘quvchi organizmi tizimining bir me‘yordagi faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Muassasa va oilada shaxsiy va jamoa gigiyenasi malaka va odatlarini (qo‘llarni yuvish, jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin zarur xonaga borish, tana, kiyim, oyoq kiyim, o‘yinchoq, jihozlar, xona va h.k. tozaligi haqida g‘amho‘rlik qilish) singdirib borishga katta e‘tibor berish zarur. Yoshlarning sog‘ligi ko‘p jihatdan shularga ham bog‘liq. O‘quvchilar uchun qulay tilda jismoniy tarbiya bilan bog‘liq bilimlarni (mashg‘ulotlar foydasi, mohiyatini, jismoniy shakllar va jismoniy tarbiya sifatlarini ahamiyati va h.k.) berish va singdirib borish muhimdir. O‘quvchi tana qismlarining nomlarini, harakat yo‘nalishlarini (yuqori, pastga, oldinga, o‘ngga, chapga), jihozlarining nomlarini bilishlari zarur.



Download 59.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling