Maxsus tibbiy guruhlar jismoniy tarbiyasi Reja


Kasbiy jismoniy tayyorgarlik


Download 59.33 Kb.
bet8/14
Sana28.09.2023
Hajmi59.33 Kb.
#1689226
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Maxsus tibbiy guruhlar jismoniy tarbiyasi

Kasbiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  1. O’quvchilammg hunarga taalluqli va zaruriy jismoniy sifatlarini takomillashtirish va rivojlantirish.

  2. Aniq hunarga taalluqli va organizmga kerakli ruhiy-fiziologik faoliyatlami o’zlashtirish.

  3. Mehnat sharoitida gipodinamiya, majburiy ish vaziyati, harakatning yuqori va past shiddati, toliqish kabi noxush ta'sirlaming oldini olish.

Har bir kasb uchun zarur bo’lgan jismoniy sifatlar va harakat malakalari tanlangan mutaxassislikka o’rgatish jarayonida va mehnat jarayonining o’zida orttiriladi hamda takomillashib boradi. Agar kasbiy ta'lim jarayonini maxsus jismoniy mashg’ulotga qo’shib olib borilsa, ish operatsiyalarini o’rganib olish ancha tezroq bo’ladi. Ko’pincha jismoniy fazilatlaraing yetarli darajada taraqqiy etmagani kasbiy mahoratga erishish yo’lida yagona to’siq bo’ladi. Ko’p hollarda jismoniy mashg’ulot qilmagan kishini mutlaqo ishga qo’yib bo’lmaydi (reaktiv aviatsiya uchuvchilari, kosmonavtlar). Maxsus mashqlaming qo’llanishi professional ta'lim saviyasini yaxshilaydi va ayni vaqtda anchagina iqtisodiy foyda keltiradi, chunki bunda o’quv vaqti qisqaradi va kadrlar tayyorlashga sarflanadigan mablag’lar kamayadi. Jismoniy mashqlar insonlarni bevosita kasbiy mehnatga va mudofa faoliyatiga tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina masalalarni hal etishga yordam beradi. Xuddi shuning uchun ham sport yangi va murakkab kasblarni egallayotgan barcha kishilaming eng yaqin yordamchisi bo’lib qolmoqda. Tegishli jismoniy mashqlar, shuningdek, tashqi muhitning ko’pgina turdagi mehnat faoliyatida bo’ladigan salbiy ta'siriga (badanning qizib ketishi, sovib ketishi, atmosfera bosimining pastligi va boshqalarga) organizmning chidamliligini ham oshiradi.
Kasbiy tayyorgarlik qanchalik katta ahamiyatga ega bo’lmasin, u hech qachon insonni jismoniy tarbiyalashning mustahkam asosi bo’lgan umumiy jismoniy tarbiya оmini bosa olmaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kasbiy jismoniy tayyorgarlik uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi.
Jismoniy tarbiyaning ixtisoslashtirilgan jarayonlari turlaridan biri kasbiy jismoniy tayyorgarlik bo’lib, shaxsning jismoniy hamda ruhiy fazilatlarini rivojlantirishga, shuningdek, harakat, mahorat va malakalarini kasbiy faoliyatning aniq xususiyatlariga moslab shakllantirishga qaratilgandir.
Нагbir kasb bo’yicha jismoniy tayyorgarlik turining vazifasi va mazmuni aniq kasb faoliyatining o’ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek, faoliyat qanday sharoitda o’tayotganidan kelib chiqadi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida sport bilan muntazam shug’ullanuvchi o’quvchilar faqat dastur materiallari bilan chegaralanadigan o’quvchilar oldida jismoniy sifatlar rivojlanishida talaygina ustunlikka egadirlar.

  • Shuning uchun o’quvchilar oldiga o’quv me'yorlari hamda “Alpomish va Barchinoy” maxsus test me'yorini topshirishda jismoniy sifatlami muayyan darajada rivojlantirish uchun aniq vazifalar qo’yiladi: sport ixtisosligi talablari bilan bog’langan sifatlar o’sishini ta'minlash;.

  • litsey va kollej o’quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalash bo’yicha vazifalarni tabaqalashtirish professional faoliyat talablari bo’yicha yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Tayyorlov tibbiy guruhiga ba'zi morfologik va funktsional og'ishlari yoki jismoniy tayyorgarligi yomon bo'lgan amaliy sog'lom talabalarni kiritish; kamida 3-5 yil davomida doimiy remissiya bosqichida patologiyaning boshlanishi yoki surunkali kasalliklar bilan xavfli guruhlarga kiritilgan.

  • Ushbu guruhga biriktirilgan talabalarga o'quv rejasiga muvofiq, tanaga ko'tarilgan talablar bilan bog'liq bo'lgan harakat ko'nikmalari va qobiliyatlari majmuasini bosqichma-bosqich o'zlashtirish, jismoniy faollikning yanada qat'iy dozasi va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishga ruxsat beriladi. kontrendikativ harakatlarni bartaraf etish.

"A" doimiy (surunkali kasallik, kompensatsiya bosqichidagi tug'ma nuqsonlar) yoki vaqtinchalik sog'lig'i holatida nogiron talabalarni o'z ichiga oladi.
Ushbu guruhga tayinlangan talabalarga cheklangan jismoniy kuch va kontrendikativ jismoniy mashqlarni istisno qilgan holda jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishga ruxsat beriladi. Sinfda salomatlik, jismoniy va funktsional rivojlanishdagi og'ishlarning tabiati va jiddiyligini hisobga olish kerak.

Download 59.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling